• Tovar belgisi
  • Tovar markasi
  • Marka nomi
  • Biznesni boshqarish va axborot texnologiyalari fakulteti biznesni boshqarish kafedrasi




    Download 0,88 Mb.
    bet65/72
    Sana26.12.2023
    Hajmi0,88 Mb.
    #128546
    1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   72
    Bog'liq
    Biznesni boshqarish va axborot texnologiyalari fakulteti biznesn

    Assortiment siyosati o’z ichiga quyidagilarni oladi: tovarlar assortiment guruhlarini umumiy soni; alohida tovarlar umumiy sonini; assortimentlar guruhi doirasida har bir alohida tovarni taklif variantlari.

    Tovar nomenklaturasining tuzilmasini alohida tovarlar hayotiylik davrining bosqichlari, tovarlar hayotiylik davrini uzaytirish usullari, korxonaning tovarlar strategiyasini asoslanishini tashkil etadi.


    Korxona faoliyatining biznes-rejasini ishlab chiqishda u tomonidan ishlab chiqarilayotgan turli tovarlarning hayotiylik davri bir-biriga ulanib ketishiga e’tibor berish lozim. Bu shuni bildiradiki, bir tovarga to’yinish yuzaga kelganda ikkinchi bir tovarni ishlab chiqarishga kiritish kerak bo’ladi. Aks xolda bozordagi sotish miqyoslarini oldini olish qiyin bo’ladi.
    Biznes-rejada tovarning bozor atributlariga alohida e’tibor berish lozim. Chunki uning tashkil etuvchilari tovarni iste’molchi tomonidan qabul qilinishida katta ahamiyatga egadir. Shuning uchun tovarning markasi, qadoqlanishi, xossalari va bajaradigan vazifalarini mufassal bayon etish lozim.

    Tovar belgisi - huquqiy himoya qilingan tovar markasi yoki uning bir qismi bo’lib, tovar sotuvchisining faqatgina o’ziga marka nomi va marka belgisidan foydalanish huquqini beradi. Tovar belgisi sifat kafolatlari, individuallik, reklama va markani himoya qilish vazifalarini bajaradi. Tovar markasi uning bozor atributlari asosiy elementi bo’lib, bozordagi qiyofasini shakllantirishning asosini tashkil etadi.

     Tovar markasi - bu ramz, belgi, surat, nom bo’lib, bir yoki bir necha ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarning solishtirishni (identifikatsiya) va raqobatchilar mahsulotlaridan farqlanishini ta’minlaydi.

    Markalar o’z ichiga maxsus ramzli belgilar, rasmlar, nomlar va ularning qo’shilmalarini qamrab olishi mumkin.



     Marka nomi - markaning bir qismi bo’lib, talaffuz qilish mumkin bo’lgan xarf, so’z yoki ularning qo’shilmasi tarzida ifodalanishi mumkin (masalan, «Mersedes-bents», «Tip-top»).

    Marka belgisi - markaning bir qismi bo’lib, talaffuz qilinmaydi va oson tanib olinadigan belgi, rasm shaklida bo’lishi mumkin (masalan, «Jeneral motors» uchun «GM» belgisi).

    Firmaning nomi, markasi belgisi o’rnatilagan tartibda ro’yxatdan o’tgan, ya’ni huquqiy himoyalangan bo’lsagina kuchga kiradi.




    Download 0,88 Mb.
    1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   72




    Download 0,88 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Biznesni boshqarish va axborot texnologiyalari fakulteti biznesni boshqarish kafedrasi

    Download 0,88 Mb.