• Bitkoin
  • Ikki martalik sarf-xarajatlar muammosi.
  • Joriy kurs bo‘yicha sotib olish




    Download 8,33 Mb.
    bet9/48
    Sana08.01.2024
    Hajmi8,33 Mb.
    #132044
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   48
    Bog'liq
    Doc1
    ттт77, Surayyo nazorat ishi, 13.1 ma\'ruza, 1 amaliy, 1699934324 (1), 3-topshiriq Bajarilish muddati, 8-Ameliy jumis, Arxiv ishi nazariyasi va amalyoti X.A.Buriyev .pdf 2 (1), mustaqil ish 2 semestr, Stansiya va podstansiyalarning elektr qismi, Министрество высшего и среднего образования республики узбекиста, AF5F643D 1097 4329 92AD FBBF30CA2304 5MK0tVA7ogjlOvBmZ prxDqN tMmOvyc, 3-labaratoriya ish, reyting-daftar-351201103311
    Joriy kurs bo‘yicha sotib olish. Ma’lum birjalar yoki onlayn valyuta almashtirish servislari orqali sotib olish mumkin.
    Kriptovalyutalarning invistisiyalar sohasida qo‘llanilishi ham ommalashib bormoqda.
    Kriptovalyuta tangalarini yaratishda ishlatiladigan blokcheyn texnologiyasi raqamli pullarning cheksiz sonli turlarini yaratishga imkon beradi. Ammo hamma kriptovalyutalar ham yuqori mashhurlikka erisha olmaydi va ko‘p sonli foydalanuvchilarni mayningga (yangi kriptovalyuta ishlab chiqarish jarayoni) jalb eta olmaydi. Rivojlangan tarmoqsiz (ya’ni keng tarqalmagan) "tangalar (kriptovalyuta birligi)" soni minimal bo‘ladi va bunday "valyuta" jamoatchilikni qiziqtirmaydi.
    Keng tarqalgan kriptovalyutalar:
    Bitkoin. Kripto valyutaning birinchi varianti 2009 yilda paydo bo‘lgan.
    Efirium. 2015 yilda yaratilgan. Ushbu texnologiya bitimlarni ro‘yxatdan o‘tkazishda, resurslarni/mualliflik huquqlarini uzatishda foydalaniladi.
    1.8. Bitkoin kriptovalyutasi
    Bitkoin (inglizcha Bitcoin – so‘zidan olingan, bit – bit va coin – tanga), bitimlarni ro‘yxatga olish uchun bir xil nomdagi birlikdan foydalanadigan piring "peer-to-peer" to‘lov tizimi. Tizimning ishlashi va himoyasini ta’minlash uchun kriptografik usullardan foydalaniladi, ammo shu bilan birga tizimda tranzaksiyalar haqidagi barcha ma’lumotlar ochiq matn shaklida saqlanadi.
    Minimal uzatiladigan qiymat (kriptovalyutaning eng kichik miqdori) – 10−8 Bitkoin – Satoshi Nakamoto yaratuvchisi sharafiga “satoshi” deb nomlangan, garchi u o‘zi ham bunday hollarda "sent" so‘zini ishlatgan bo‘lsa ham.
    Bitkoin-ni turlicha tavsiflashadi: kriptovalyuta, virtual valyuta, raqamli valyuta, elektron pul.
    Ikki tomon o‘rtasida tranzaksiyalar elektron to‘lov vositachilarsiz amalga oshiriladi, bu operasiyani orqaga qaytarib bo‘lmaydi. Tasdiqlangan tranzaksiyani bekor qilish mexanizmi yo‘q (shu jumladan, to‘lov noto‘g‘ri yoki mavjud bo‘lmagan manzilga yuborilgan holatlarda ham, bitim boshqalarga ma’lum bo‘lgan yopiq kalit bilan imzolangan holatlarda ham). Yopiq kalit egasi (yoki kalit ma’lum bo‘lgan boshqa shaxsdan tashqari)dan boshqa hech kimga mablag‘larni vaqtincha bo‘lsa ham to‘sib qo‘yish (hibsga olish) ning imkoni yo‘q.
    Bitkoinlarni ularni qabul qilishga rozi bo‘lgan sotuvchilarning tovarlari yoki xizmatlariga almashtirish mumkin.
    To‘lovlarni amalga oshirish uchun to‘lovchi tomonidan tranzaksiya yaratiladi. Tranzaksiyalar uchun komissiya qiymati to‘lovchi tomonidan ixtiyoriy miqdorda belgilanadi, komissiya miqdori tranzaksiyani taqdiqlash jarayonida ustuvorlikka erishishda xizmat qiladi. Tranzaksiya tasdiqlamaguncha to‘lov o‘tgan deb hisoblanmaydi. Odatda, mijoz dasturi komissiyaning tavsiya etilgan miqdorini taklif qiladi. Komissiyasiz tranzaksiyalarni amalga oshirish mumkin va ularni qayta ishlash ham mumkin, ammo tavsiya etilmaydi, chunki tranzaksiyani tasdiqlash muddati noma’lum va juda uzoq bo‘lishi ham mumkin.
    Ikki martalik sarf-xarajatlar muammosi. Bitkoin nafaqat ikki martalik sarf-xarajatlar muammosini hal qildi, balki yana ko‘plab afzalliklarni taqdim etdi. Ta’kidlash joizki, bunday afzalliklardan biri bu bitimlarning anonimligidir. Masalan, tizimni yaratgan va unda bir nechta tanga yasagan Satoshi butun dunyoga mutlaqo noma’lumligicha qolmoqda.
    Aslida, Satoshi bitta shaxsmi yoki bir nechta odamlar guruhimi, bilmaymiz. Google, Satoshi-ga tegishli Bitkoinlarning qiymati 19,4 milliard dollarni tashkil etganligini aniqladi. Bu pullar hali ham hech kim tomonidan ishlatilmay turibdi.
    Ma’lumki, bank barcha tranzasksiyalar haqidagi ma’lumotlar yozilgan daftarni (elekton ma’lumotlar bazasi) yuritadi. Bunday daftarlar jismoniy shaxslar, yuridik shaxslar va bank tomonidan to‘ldirilib boriladi. Satoshi ushbu daftarni jamoatchilikka ochiq bo‘lishini va jamoat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishini taklif qildi.
    Bunday daftarni nashr qilganingizda (hammaga oshkor qilganda), sizga bir nechta fikrlar kelishi mumkin. Hech kim o‘z yozuvlarini o‘zgartira olmasligi uchun ushbu reyestr ruxsatsiz o‘zgartirishlardan himoyalangan bo‘lishi kerak. Daftardagi har bir yozuv jamoatchilikka ochiq bo‘lganligi sababli, biz qanday qilib anonim qolishni bilib olishimiz kerak bo‘ladi. Masalan, sizga aynan kim pul to‘laganini hamma bilishini istamasligingiz mumkin.
    Bundan tashqari, butun dunyo bo‘ylab har bir operatsiyani kuzatib boradigan daftar yagona bo‘lgani sababli, daftardagi ma’lumotlar hajmi yana bitta katta muammo bo‘lib qoladi. Bitkoin tranzaksiyalari haqidagi ma’lumotlarni o‘zida saqlagan Blokcheyn ham mana shu daftarga o‘xshaydi.


    Download 8,33 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   48




    Download 8,33 Mb.