|
Telekommunikatsiya xizmatlari uchun hisob-kitoblar
|
bet | 4/4 | Sana | 28.08.2024 | Hajmi | 45,36 Kb. | | #270003 |
Bog'liq Abdukarimov Nurulla Nodir o‘g‘li 2.4. Telekommunikatsiya xizmatlari uchun hisob-kitoblar
Operator tomonidan ko‘rsatiladigan Telekommunikatsiya xizmatlari uchun to‘lov naqd pulda va naqd bo‘lmagan to‘lovlar orqali amalga oshiriladi. Xizmatlar uchun to‘lov quyidagicha amalga oshiriladi: xizmatlar ko‘rsatilganidan keyin to‘lovni amalga oshirish (Postpaid) tizimi;- xizmatlar ko‘rsatilishidan oldin to‘lovni amalga oshirish (Prepaid) tizimi;To‘lov tizimi telekommunikatsiya xizmatining turi va tarif rejasining shartlari asosida belgilanadi.
Abonent o‘z xohishiga ko‘ra, 12 (o‘n ikki) oydan ko‘p bo‘lmagan muddatda xizmatlar uchun Abonent to‘lovlarini oldindan, bir yo‘la, to‘lov kiritish yo‘li bilan to‘lab qo‘yishi mumkin va bunda, tariflar o‘zgargan holda ham (tarif narxining oshirilishi yoki tushirilishi) qiymat qayta hisob-kitob qilinmaydi. Quyidagi tartibda oldindan to‘lovni amalga oshirishga yo‘l qo‘yiladi:
Abonent Operator ofisi/Dileriga shaxsan murojaat qilgan holda, tanlangan xizmat turi va Tarif rejasi bo‘yicha ushbu davrga oldindan to‘lovni bir yo‘la amalga oshirishi lozim; pul o‘tkazish yo‘li bilan to‘lovlarni amalga oshirish huquqiga ega bo‘lgan Abonentlar, ushbu davrga oldindan to‘lovni amalga oshirish haqidagi to‘lov hujjatida Abonent shartnomasining raqami, shaxsiy hisob raqami (jismoniy shaxslar uchun – Abonent raqamini yoki ID – raqamini yoxud Abonent shaxsiy raqamini ko‘rsatish) va oldindan to‘lov amalga oshirilayotgan muddatni aniq ko‘rsatishlari shart. Operator tomonidan ko‘rsatiladigan Telekommunikatsiya xizmatlari uchun hisob-kitob va to‘lovlar xizmatlar ko‘rsatish vaqtida amalda bo‘lgan tariflar bo‘yicha amalga oshiriladi. Tariflarga kiritilgan o‘zgartirishlar to‘g‘risida ma’lumotlar Operator tomonidan OAVda, Operatorning rasmiy veb-saytida yoki SMS orqali kamida 15 (o‘n besh) kun oldindan e’lon qilinadi. Ushbu muddatdan so‘ng, Abonent to‘lovi o‘zgartirilgan tariflarga muvofiq hisoblanadi.
Tariflar/Tarif rejalari xizmatlarning barcha turlari bo‘yicha Operator tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi. Tariflar/Tarif rejalari bo‘yicha tasdiqlangan narxlar ro‘yxati Operatorning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
Tariflar qonunchilikda belgilangan barcha soliqlarni o‘z ichiga oladi.
Yangi Abonentni telekommunikatsiya xizmatlariga ulash uchun Dastlabki avans to‘lovini 100 (bir yuz) foiz oldindan to‘lash sharti bilan tegishli Tarif/Tarif rejasida belgilangan miqdorda xizmatlar taqdim etiladi.
Abonentlar - jismoniy shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar yoki qonun hujjatlariga ko‘ra, yuridik shaxsni tashkil etmagan fuqarolik-huquqiy munosabatlarning boshqa ishtirokchilari, nodavlat-notijorat tashkilotlar, ommaviy- huquqiy tashkilot va boshqalar ko‘rsatilgan telekommunikatsiya xizmatlari uchun har oyda amaldagi tarif/tarif rejalariga muvofiq avans to‘lovini 100 (bir yuz) foiz oldindan to‘lash sharti bilan, amalga oshiradilar.
Abonentlar - yuridik shaxslar xizmatlar ko‘rsatilganidan keyingi hisobot davri uchun, Operator tomonidan taqdim etilgan hisobvaraq-fakturalar asosida to‘lovni amalga oshiradilar. To‘lov Abonentlarga hisobvaraq-faktura taqdim etilgan sanadan boshlab, 3 (uch) bank kuni ichida amalga oshirilishi kerak.
Jismoniy shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar bo‘lgan Abonentlar Mobil elektron to‘lov xizmatlari/boshqa qo‘shimcha xizmatlardan foydalanishi uchun Abonentning Shaxsiy hisob raqamida yetarli miqdorda mablag‘lar (tarif rejasiga muvofiq abonent to‘lovi yechilgandan keyin balansdagi mablag‘lar qoldig‘i) mavjud bo‘lishi lozim. Taqdim etilgan xizmatlar uchun to‘lov Abonent tomonidan istalgan qulay usullar orqali pul mablag‘larini Operatorning hisob raqamiga naqd pulda (to‘lov kassalari orqali) yoki naqdsiz pul o‘tkazish yo‘li bilan pul mablag‘larini o‘tkazish, shu jumladan, To‘lov agentlari/To‘lov tizimlari orqali o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
To‘lovlar O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasida amalga oshiriladi.
Xizmatlar uchun to‘lovni amalga oshirishda quyidagilar ko‘rsatilishi shart:
yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar yoki qonun hujjatlariga ko‘ra, yuridik shaxsni tashkil etmagan fuqarolik-huquqiy munosabatlarning boshqa ishtirokchilari, nodavlat-notijorat tashkilotlar, ommaviy-huquqiy tashkilot va boshqalar uchun – bank hujjatlarida (to‘lov topshiriqnomasida) to‘lovni amalga oshirish maqsadi, Operator taqdim etgan hisobning raqami va Abonent shartnomasining raqami; jismoniy shaxslar uchun – Abonent raqami yoki ID-raqami yoxud Abonent shaxsiy raqami.
Abonent tomonidan foydalaniladigan xizmatlar uchun har qanday shaklda, shu jumladan, To‘lov agentlari orqali to‘lovlar amalga oshirilganda, Operator hisob raqamiga tushgan pul mablag‘lari Abonentning shaxsiy hisob raqamiga o‘tkaziladi (Abonent hisob raqamida bo‘ladi). Bunda, Abonent tomonidan To‘lov agentlari yoki banklar orqali to‘lovlar amalga oshirilganda va ushbu mablag‘larni o‘tkazish bilan bog‘liq nizolar yuzaga kelganda, Operator mazkur nizolar tarafi yoki nizolar bo‘yicha javobgar bo‘lmaydi.
Xizmatlar taqdim etilayotganda Abonent tomonidan oldindan to‘lov sifatida kiritilgan Abonent to‘lovi/Avans to‘lovi ko‘rinishidagi pul mablag‘lari uning Shaxsiy hisob raqamidan/balansidan Tariflar/Tarif rejalari va belgilangan tariflash qoidalariga muvofiq yechib olinadi.
Xizmatlar Abonentga oldindan kiritilgan Abonent to‘lovi/Bo‘nak avans to‘lovi ijobiy qoldig‘idan oshmaydigan miqdorda taqdim etiladi. Abonentning avans to‘lovi qoldig‘i bitta ulanish uchun zarur bo‘lgan miqdordan kam bo‘lgan taqdirda, xizmat taqdim etilmaydi (jismoniy shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar yoki qonun hujjatlariga ko‘ra, yuridik shaxsni tashkil etmagan fuqarolik-huquqiy munosabatlarning boshqa ishtirokchilari, nodavlat-notijorat tashkilotlar, ommaviy-huquqiy tashkilot va boshqalar bo‘lgan Abonentlar uchun).
Abonentlar - yuridik shaxslar uchun xizmatlar hisobot davri uchun hisob-faktura asosida to‘langan va muddati o‘tgan qarzlar bo‘lmagan taqdirda taqdim etiladi.
Abonentning Shaxsiy hisob raqami/balansidan iste’mol qilinayotgan xizmatlar haqini yetarli miqdorida darhol yechib olish mumkin bo‘lmagan hollarda, iste’mol qilingan xizmatlar uchun hisob-kitoblar kechiktirilgan rejimda yig‘iladi va yig‘ilgan summalar qayta hisoblanganidan so‘ng, Abonentning Shaxsiy hisob raqami/balansi salbiy holatda (nol qiymatda) bo‘ladi. Bunda Tomonlar Abonentning Operator oldidagi bunday qarzdorligini shubha ostiga qo‘ymaydilar va Abonent tomonidan ushbu qarzdorlik so‘zsiz tan olinadi. Operator, o‘z navbatida, xizmat ko‘rsatishni vaqtincha to‘xtatib turadi va shu vaqtning o‘zida Abonentni har qanday qulay usullar orqali Operator oldidagi vujudga kelgan qarzdorligi haqida xabardor qiladi va ushbu qarzdorlikni to‘lashni talab qiladi.6.14. Abonent shartnomasi belgilangan tartibda bekor qilingan taqdirda, foydalanilmagan va abonentning Shaxsiy hisob raqami/balansida qoldiqda bo‘lgan mablag‘lar ushbu Ommaviy ofertaning 12.5-bandiga muvofiq Operator tomonidan abonentga qaytariladi.
Abonent-yuridik shaxsning kafolat xatidagi majburiyati asosida uning Shaxsiy (elektron) hisob raqami balansi salbiy (nol) bo‘lganida, 1 (bir) kalendar oydan oshmagan muddatga xizmatlardan foydalanish imkoniyati taqdim etilishi mumkin. Bunda abonent, Operator tomonidan amalga oshirilgan barcha hisoblarni tasdiqlaydi, biroq abonent shartnomasiga asosan xizmatlar uchun to‘lanmagan – Operator tomonidan taqdim etilgan barcha hisoblarni 3 (uch) bank kuni mobaynida so‘zsiz to‘liq to‘lash majburiyatini oladi. To‘lov hisobi pochta orqali, jumladan, elektron pochta orqali jo‘natilishi, shaxsan yetkazilishi yoki kurer orqali yetkazilishi ta’minlanadi.
Abonent tomonidan unga operator tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar uchun o‘z vaqtida Abonent to‘lovi/Bo‘nak avans to‘lovi bo‘yicha majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash maqsadida Tomonlar Abonentning o‘z hisoblarini to‘lash majburiyatlari bo‘yicha operatorga javob berishga majbur bo‘lgan uchinchi shaxs (kafil) bilan kafillik shartnomasini tuzishga haqlidir. Operator, abonent va kafil o‘rtasidagi barcha munosabatlar kafillik shartnomasi va ushbu munosabatlarni tartibga soluvchi qonunchilik normalari bilan tartibga solinadi.
Agar hisobot oyi tugaganidan keyin 10 (o‘n) kalendar kun ichida Abonent xizmatlar hajmi va sifati yuzasidan tegishli yozma yoki elektron shaklda asoslangan da’vo/e’tiroz taqdim etmagan bo‘lsa, xizmatlar har bir hisobot oyi davomida operator tomonidan tegishli tarzda ko‘rsatilgan deb hisoblanadi va ushbu hisobot oyining oxirgi kunida Abonent tomonidan qabul qilingan hisoblanadi.
Abonentning operator tomonidan yuritiladigan Shaxsiy hisob raqami Tomonlarning o‘zaro hisob-kitoblarini amalga oshirish vositasi hisoblanadi. Abonent Shaxsiy hisob raqamining daxlsizligi operator tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq ta’minlanadi.
Operator va abonent o‘rtasida to‘lovlarni undirish bo‘yicha kelishmovchiliklar yuzaga kelgan holda, ushbu kelishmovchiliklar sud tartibida hal etiladi.
XULOSA
Men Ubayev Rufatilla amaliyoti davrida “O‘zbektelekom” AK TSHTT filiali Shayxontohur telefon bog‘lamasi haqida muhim va kerakli malumotlarni o‘rganishdan tashqari amaliy vazifalarni ham bajarib ko‘rdim. Bulardan, Toshkent telekommunikatsiya bog‘lamasidagi hukumat tashkilotlari O‘zbekistonning poytaxti Wi-Fi xizmatlarini taqdim etish uchun GPON texnologiyasidan foydalanish internetga ulanishga boʻlgan talabni qondirish uchun yuqori unumdorlik, kengaytiriladigan va tejamkor yechimni taʼminlaydi. Uning yuqori tezlikdagi ma'lumotlarni uzatish, ishonchlilik va bir nechta xizmatlar bilan integratsiyalashuvini qo‘llab-quvvatlash qobiliyati uni turar-joy, tijorat va umumiy Wi-Fi tarqatish uchun ideal tanlov qiladi. Dastlabki joylashtirish bilan bog‘liq qiyinchiliklarga qaramay, GPONning uzoq muddatli afzalliklari uni Wi-Fi xizmatlarini yaxshilash va aholi uchun umumiy Internetga kirishni yaxshilash uchun qimmatli sarmoyaga aylantiradi. Uzbektelecom, Telekommunikatsiya transport tarmog‘idagi hukumat tashkilotlariga telekommunikatsiya xizmatlarini taklif etadi. Bu xizmatlar transport tarmog‘ining boshqarilishida va jamoat transport xizmatlarini taqdim etishda qo‘llaniladi. Misol uchun, ular telefoniya, internet, ma'lumotlar tizimlari, va boshqa xizmatlarni taqdim etish orqali tashkilotlar o‘rtasidagi aloqalarini kuchaytirish va faol boshqarishni ta'minlashadi. Shuningdek hukumat tashkilotlari bilan qo‘llab-quvvatlash va ularning telekommunikatsiya xizmatlaridan foydalanishini ta'minlash orqali transport sohasini rivojlantirishda katta rol o‘ynaydi. Bu xizmatlar transport sohasining samarali boshqarilishi va o‘zaro aloqalarining rivojlanishi uchun muhimdir. Menga amaliyot o‘tash jarayoni juda foydali bo‘ldi deb ayta olaman.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
https://uztelecom.uz/ru/novosti/novosti/uztelecom-snizhaet-ceny-dlya-operatorov-i-provayderov-1
www.uzinfocom.uz
https://www.spot.uz/ru/2020/06/29/uztelecom/
www.google.com | Qidiruv tizimi (AQSh)
|
| |