|
-rasm. Baholanadigan asosiy hisob obyektlari
|
bet | 4/14 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 1,44 Mb. | | #236595 |
Bog'liq Toirova Gulasal1.1-rasm. Baholanadigan asosiy hisob obyektlari.
Shuning uchun baholash xalqaro standartlar bilan qat’iy belgilab qo‘yilmagan bo‘lsada, buxgalteriya hisobining muhim elementlaridan biri hisoblanadi. Hisob obyektlarining xo‘jalik muomalasini hisobga qabul qiladigan sanadagi dastlabki bahosi bilan bir qatorda baholashning boshqa usullari ham qo‘llaniladi. Boshqa baholash usullarini qo‘llashning zarurati eng avvalo inflatsiya jarayonlari bilan bog‘liq. Shuning uchun baholashning boshqacha usullaridan foydalanish dastlabki bahoni real mahsulot, ish va xizmatlarni takror ishlab chiqarish xarajatlarining hozirgi holatiga yaqinlashtirishga yo‘naltirilgan. Buxgalteriya hisobining xalqaro standartlarida xo‘jalik yurituvchi subyekt obyektlarini baholashning quyidagi uslublari e’tirof etilgan:
haqiqiy sotib olish qiymati;
tiklash qiymati, ya’ni tegishli aktivlar turlarining, ularni hozirgi sharoitda takror ishlab chiqarishga mos keladigan qiymati;
normal bozor konyunkturasidan kelib chiqib, uning oddiy faoliyati sharoitida sotish mumkin bo‘lgan baho;
diskontlangan qiymat.
Diskontlangan qiymat muayyan aktivni foydalanishdan yaqin kelajakda olinishi taxmin qilinayotgan iqtisodiy naflar yig‘indisidan iborat. Ayrim hisob obyektlarini bevosita haqiqiy tannarxi bo‘yicha hisobga qo‘yishga to‘sqinlik qilayotgan boshqa bir sabab, ayrim xo‘jalik muomalalarining ommaviy tavsifga ega ekanligi hisoblanadi. Bular asosan moddiy tusdagi, likvidligi yuqori hisoblangan xomashyo, asosiy materiallar, yoqilg‘i va boshqalar. Ma’lumki, ularning joriy hisobi har kuni yuritilib, xo‘jalik muomalalari ko‘p miqdorda sodir bo‘lganida sotib olish uchun qilingan haqiqiy xarajatlar summasini qayd qilish va berish paytida darhol schotlarda aks ettirish imkoni hamma vaqt ham bo‘lavermaydi. Hisob siklining oxiriga kelib dastlabki hisob hujjatlari bilan tasdiqlangan, ishlab chiqarish zaxiralarining harakati to‘g‘risida aniq va to‘liq axborotga ega bo‘linganida, ushbu baholar haqiqiy tannarx darajasiga yetkaziladi. Baholashni aniqlashtirish hisob-kitobining negizi da qat’iy hisob baholarining mazkur zaxiralar haqiqiy qiymatidan chetga chiqishining o‘rtacha foizini aniqlash yotadi.
Mol yetkazib beruvchilar va xaridorlar, turli debitorlar va kreditorlar bilan hisob-kitoblar joriy hisobda dastlabki hisob hujjatlari bilan tasdiqlangan xo‘jalik muomalalarining mazmunidan kelib chiqadigan summalarda ko‘rsatiladi. Ayrim hisob obyektlari bo‘yicha ularning dastlabki, nominal bahosi real bahosidan yuqori bo‘lgan hollarda bunday obyektlarning qiymati balansda real bahoda aks ettirilishi lozim. Shunday qilib, eng umumiy ko‘rinishda baholash iqtisodiy hodisalarni pul o‘lchovida ifodalash usulidir Alohida hisob obyektlarining real bahosini noto‘g‘ri hisoblash natijasida iqtisodiy hodisalar faktlari noto‘g‘ri sharhlanadi (interpretatsiyalanadi). Keyinchalik ularni umumlashtirish esa korxona boshqaruv xodimlari tomonidan noto‘g‘ri qarorlar qabul qilishga olib keladi.
Shunday qilib, haqiqiy tannarx mulklar va majburiyatlarni baholashning asosi bo‘lib hisoblanadi. Uning ko‘lami muayyan nomdagi mahsulot, bajarilgan ish yoki xizmat turini ishlab chiqarish hamda sotish xarajatlarining pulda ifodalanishini bildiradi. Tannarx shakllanishi ichki xo‘jalik hisob-kitobini tashkil etishga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Mahsulot (ish, xizmat) larning sotish bahosi ularning tannarxiga bog‘liq holda shakllantiriladi. Natijada ishlab chiqarishning rentabelligi tannarxga bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun menejerlar mahsulot(ish, xizmatlar) tannarxini boshqarishga doimiy e’tibor qaratishlari, baholashning asosiy tamoyillari – reallik va birlik – hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Baholashning usullari mulklar va majburiyatlarning turlariga bog‘liq.
Materiallarni kirimga olish vaqtida baholash:
Tovar-moddiy zaxiralarni baholash metodlari quyidagi me’yoriy hujjatlar bilan belgilanadi: №4 «Tovar-moddiy zaxiralar» nomli BXMS (yangi tahriri) (O‘zR MV 52-sonli buyrug‘i bilan 15.06.2006-y. tasdiqlangan, O‘zR AV 1595-raqam bilan 17.07.2006-y. ro‘yxatga olingan); chet el valutasida ifodalangan operatsiyalarni buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarda aks ettirish tartibi to‘g‘risida Nizom (2.09.2004-y. O‘zR MV 98-sonli Iqtisodiyot vazirligi 41-sonli, DSK 2004-57–sonli, MB 257-V-sonli, DavStatQo‘mita 8-sonli buyruqlari bilan tasdiqlangan, O‘zR AV 1411 raqam bilan ro‘yxatga olingan). Yuqorida ko‘rsatilgan me’yoriy hujjatlarning qoidalarga muvofiq materiallarni kirim qilishda quyidagi usullar bo‘yicha baholash belgilangan (1.2-rasm). Tovar-moddiy zaxiralar (xomashyo, materiallar, sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar va b.) qabul qilishda oldin qat’iy hisob 242 baholari bo‘yicha: normativ yoki reja tannarxi hisobot oyi oxiriga ularni tayyorlashning haqiqiy tannarxini hisoblash sharti bilan hisobga olinadi
|
| |