• 1.6-rasm. Tayyor mahsulotlarni baholash usulllari
  • 1.7-rasm. Savdo korxonalarida tovarlarni baholash usullari
  • Tayyor mahsulotlarni baholash




    Download 1,44 Mb.
    bet7/14
    Sana15.05.2024
    Hajmi1,44 Mb.
    #236595
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
    Bog'liq
    Toirova Gulasal

    Tayyor mahsulotlarni baholash
    Buxgalteriya hisobida va balansda tayyor mahsulotlarni baholash haqiqiy ishlab chiqarish tannarxi bo‘yicha ko‘rsatiladi. Tayyor mahsulotning haqiqiy tannarxini faqat hisobot davri (oyi) tugaganidan so‘ng hisoblash mumkin. Mahsulotlar harakati esa – har kuni sodir bo‘ladi (ishlab chiqarish, jo‘natish, sotish va h.k.). Shu boisdan, joriy hisob uchun mahsulotlarni shartli baholash zarur. Tayyor mahsulotlar harakatining joriy, har kunlik hisobi korxona tomonidan ishlab chiqilgan reja (normativ) tannarxi bo‘yicha yuritilishi ham mumkin. Hisobot davrining oxirida reja tannarx tayyor mahsulotlarning guruhlari bo‘yicha farq summalarini aniqlash yo‘li bilan haqiqiy tannarx darajasiga yetkaziladi. Farq summalari mahsulotlarning hisobot davri (oy) boshiga qoldig‘i va hisobot davri (oy) davomidagi kirimidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Farqlar korxonada yo‘l qo‘yilgan oshiqcha sarflash yoki tejashni bildiradi va shuning uchun ham uning ishlab chiqarish natijalarini tavsiflaydi. Farqlar ham tayyor mahsulotlar harakati aks ettirilgan schotlarga olib boriladi. Tejalgan summalar «qizil storno», oshiqcha sarflar summasi «qo‘shimcha yozuv» usuli bilan yoziladi. Reja tannarxidan farq summalarini yozish («qizil storno» yoki «qo‘shimcha yozuv») hisobot davri (oy) oxiriga sotilgan va omborda qolgan tayyor mahsulotlarning haqiqiy tannarxini aniqlash imkoniniberadi (1.6-rasm).


    1.6-rasm. Tayyor mahsulotlarni baholash usulllari
    Savdo korxonalarida tovarlarni baholashning xususiyatlari:
    Tovarlar savdo va umumovqatlanish korxonalarida quyidagibaholar bo‘yicha aks ettiriladi (1.7-rasm). Ta’kidlash joizki, tovarlarning balansdagi qoldig‘i ularni hisobga olish variantidan qat’i nazar, xarid qiymati bo‘yicha aks ettiriladi.

    1.7-rasm. Savdo korxonalarida tovarlarni baholash usullari
    Materiallarni tayyorlash, mahsulot ishlab chiqarish, ish bajarish va xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq xarajatlar buxgalteriya hisobining alohida schotlarida joriy tartibda guruhlanadi. Tayyorlangan materiallar, ishlab chiqarilgan mahsulotlar, bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlar birligining tannarxini aniqlash buxgalteriya hisobida kalkulatsiyalash deyiladi. Kalkulatsiyaning juda keng ma’nodagi mazmuni xarajatlarni bir tizimga keltirish va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish maqsadida mahsulot (ish, xizmat)larning tannarxi to‘g‘risida ma’lumot shakllantirishdan iborat. Nisbatan tor ma’noda har xil xarajatlarni yagona pul o‘lchovida umumlashtirish va ularni mahsulot(ish, xizmat)lar turlari bo‘yicha guruhlash usulidir. Barcha xarajatlar yagona pul o‘lchovida ifodalanib, tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha guruhlanadi va mahsulot(ish, xizmat)lar birligining tannarxi hisoblanadi. Birinchi qarashda oddiy bo‘lib ko‘ringan bu ish juda murakkab va sermehnat jarayon hisoblanadi. Uning muammolari maxsus kalkulatsiyalash nazariyasini va kalkulatsiya ishining turli amaliy jihatlarini vujudga keltirdi. Tannarxni kalkulatsiyalash korxonada ishlab chiqarishni rejalashtirish, boshqarish va samaradorlikni baholashda muhim ahamiyatga ega (1.8-rasm). Kalkulatsiyalash masalalarining murakkabligi eng avvalo xo‘jalik jarayonlarining xilma-xilligi, ishlab chiqarishning tashkiliy va texnologik shart-sharoitlari murakkablashuvi bilan bog‘liq. Murakkablik xarajatlarni guruhlash uchun asos tanlash paytidayoq vujudga keladi. Bu yerda bir qancha asoslar mavjud: kalkulatsiyalash obyekti, xarajatlar elementi, tannarx moddalari. Kalkulatsiyalash obyektlari – bu tannarx hisoblash uchun xarajatlarni guruhlashning asosidir. Ayrim ishlab chiqarishlarning tarmoq xususiyatlaridan kelib chiqqan holda tannarx hisoblash har xil usullar yordamida bajariladi, buni hisoblash jarayoni esa buxgalteriya hisobining alohida bo‘limi bo‘lib, uni kalkulatsiya ishi deb atash mumkin. Uning asosini belgilangan tartibda tasdiqlangan tegishli me’yoriy hujjatlar bilan tartibga solinadigan, xarajatlarni yagona pul o‘lchovida umumlashtirish va ularni ma’lum ketma-ketlikda guruhlash yo‘li bilan mahsulot, ish va xizmatlar tannarxini hisoblash tashkil etadi.


    Download 1,44 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




    Download 1,44 Mb.