|
Kalkulyatsiya birligi va kalkulyatsiyalash bosqichlari
|
bet | 9/14 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 1,44 Mb. | | #236595 |
Bog'liq Toirova Gulasal1.2. Kalkulyatsiya birligi va kalkulyatsiyalash bosqichlari
Kalkulatsiya birligi deb, kalkulatsiyalash obyektining o‘lchoviga aytiladi. Tayyor mahsulot to‘g‘risida so‘z yuritilganda, kalkulatsiya birligi ishlab chiqarish rejalarida natural ifodasida yoki tegishli mahsulot turining standartida ko‘rsatilgan o‘lchov birligi bilan mos keladi. Kalkulatsiya birligining quyidagi turlari mavjud (1.11-rasm). Ayrim tarmoqlarda kalkulatsiyalash obyekti va kalkulatsiya birligi o‘zaro mos kelmasligi mumkin. Masalan, qayta ishlash sanoatida hisob birligi 1 kg mahsulot bo‘lsa, kalkulatsiya birligi esa 1 t yoki 1 ts mahsulot bo‘lishi mumkin. Bir xildagi oraliq mahsulotlarni kalkulatsiyalashda shartli yiriklashtirilgan kalkulatsiya birliklari (100 juft poyafzal, 1000 shartli banka va sh.o‘.) qo‘llaniladi. Yiriklashtirilgan kalkulatsiya birliklarini qo‘llash reja va hisobot kalkulatsiyalarini tuzishda analitik ishlar hajmini keskin kamaytiradi.
1.11-rasm. Kalkulatsiya birligining turlari.
Yakuniy mahsulotning muayyan turlarini kalkulatsiyalash uchun natural birliklar qo‘llaniladi. Boshqa kalkulatsiya birliklari ham ishlatiladi. Bu xarajatlar to‘la tannarxni hisoblash zarurati vujudga kelganda, masalan, sotiladigan mahsulot(ish, xizmat)ning shartnoma bahosini shakllantirishda hisob-kitob qilinishi zarur. Xarajatlar hisobini mas’uliyat markazlari bo‘yicha tashkil etish muammosi bilan bir qatordaularni xarajat markazlari (mahsulot turlari, ularning tayyorlik darajasi va sh.o‘.) bo‘yicha chegaralash uslublarini shakllantirish zarurati ham vujudga keladi. Ushbu bosqichda kalkulatsiyalash jarayoni xarajatlarning qaysi qismini tugallangan ishlab chiqarish, ya’ni tayyor mahsulotga va qaysi qismi tugallanmagan ishlab chiqarishga olib borish hisob-kitobini ta’minlashi shart. Shuning uchun kalkulatsiyalash jarayonini umumiy ko‘rinishda quyidagi bosqichlarga bo‘lish mumkin:
1. Xarajatlarni tugallangan va tugallanmagan ishlab chiqarishlaro‘rtasida taqsimlash;
2. Yaroqsiz mahsulot olinganda uning tannarxini, qoplanmaydigan xarajatlar tayyor mahsulot tannarxiga olib borilishini nazarda tutgan holda hisoblash;
3. Ishlab chiqarishdan qaytarib olingan chiqitlarni aniqlash va baholash;
4. Har bir kalkulatsiya moddasi bo‘yicha xarajatlarni to‘liq hisobga olish.
Shunday qilib, alohida mahsulot (ish, xizmat) tannarxini kalkulatsiyalash jarayonida ishlab chiqarish xarajatlarini iqtisodiy mazmuni, hisobot davri, alohida xarajat moddalari, xarajat markazlari va mas’uliyat markazlari bo‘yicha guruhlash hamda to‘liq hisobga olish zarur.
Ishlab chiqarilgan mahsulotlar (detall, buyum, bir xil buyumlar guruhi), texnologik jarayonlar (bo‘lak, ishlab chiqarish), bosqich va boshqalar, ya’ni har xil tayyorlik darajasidagi mahsulotlar, ish yoki xizmat turlari kalkulatsiyalash obyektlari hisoblanadi (1.12-rasm).
1.12-rasm. Kalkulatsiya obyektlari.
|
| |