|
Xarajatlar hisobi va tannarx kalkulyatsiyasi
|
bet | 11/14 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 1,44 Mb. | | #236595 |
Bog'liq Toirova Gulasal2.2 Xarajatlar hisobi va tannarx kalkulyatsiyasi
“Begim umumiy ovqatlanish” korxonasida kalkulatsiyaga xomashyo sotuv narxlari bo'yicha kiritiladi. Bu narxlar korxona kategoriyasiga qarab belgilangan ustamalar va xomashyoning o'rtacha narxidan yoki chakana narxlardan shakllanadi. Asosiy bo'lmagan holatdagi xomashyodan ishlab chigarilgan mahsulotlar kalkulatsiyasini hisoblashda o'rtacha narxlarga ustamalarni qo'shish kerak. Yordamchi xo jaliklardan kelib tushadigan xomashyo, dehgon bozorlaridan sotib olinadigan donli bo'Imagan qishloq xo’jalik mahsulotlariga ustamalar ularning haqiqiy narxlariga qo'shiladi. Chakana narlarda sotiladigan (non, non mahsulotlari,sharbatlar) mahsulotlar kalkulatsiyaga ustamasiz chakana narxlarda kiritiladi. Ziravorlar va tuzning nari kalkulatsiyaga sotuv narlarida hisoblangan xomashyo to'plami narxiga nisbatan foizlarda hisoblanib kiritiladi. Kulinar mahsulotlariga sotuv narxlarining kalkulatsiyasi “Begim umumiy ovqatlanish” korxonasida ishlab chigarilgan va sotib olingan mahsulotlarning sotuv narlarini ishlab chiqish kalkulatsiya deyiladi. Kalkulatsiya tuzishda taomlar xilma-xilligi, xomashyo me'vori va xomashyo narxidan foydalaniladi. Har bir taom uchun sotuv narxlari kalkulatsiya kartochkasida hisoblanadi. Taomning narxini aniqroq hisoblash uchun kalkulatsiya 100 ta taom yoki 10 kg garnir uchun hisoblanadi.
120-sonli kalkulatsiva kartochkasi:
Taom nomi: govurilgan jo'ja.
Taomlar to' plamidagi raqami: 1293 Chiqishi: 100 dona
Kalkulatsiya hisob-kitoblari quyidagilardan iborat bo'ladi:
- retseptlar to'plamidan kalkulatsiya kartochkasiga retseptning raqami va ustun raqami, taom nomi, taom tarkibiga kiradigan xomashyo, 100 porsiyaga yetadigan xomashyo sarfi kiritiladi. Kalkulatsiyada go'sht me'yori, brutto me'yori bo'yicha ikki ko'rsatkichda: suratda - go'shtning brutto sarfi, maxrajda esa go'shtning netto sarfi ko'rsatiladi. Go'sht, baliq va sabzavot yarimfabrikatlari ishlab chigish uchun mahsulotlar sarfi netto me'yori bo'yicha olinadi, 1 kg mahsulotning sotuv narxi aniqlanadi (o'rtacha, chakana narga ustama qo'shish bilan);
- xomashyoning har bir turi uchun har birining narxini xomashyoning hajmiga ko'paytirish yo'li bilan 100 porsiyaga mo' ljallangan xomashyo qiymati aniqlanadi;
- xomashyo qiymati jamlanib, jami qatoriga yoziladi va «100 porsiya xomashyo to'plamining sotuv narxi» ustuniga kiritiladi;
- bir porsiya taomning sotilish narxini umumiy sotuv qiymatini 100 ga bo'lish bilan aniqlanadi. Natijasi «1 porsiya ovgatning sotuv narxi» yakuniy qatoriga yozib go'yiladi; - «Tayyor mahsulot chiqishi» ustunida mahsulotning grammlarda chiqishi ko'rsatiladi. Ikkinchi taomlarning chiqishi chiziqcha bilan,
birinchisi asosiy mahsulot vazni, garnir va sous vazni bilan ko'rsatiladi.
Kalkulatsiya kartochkalari sotuv narxlarining to'g'ri hisoblanishiga javobgar shaxslar tomonidan imzolanadi va maxsus jurnalda qayd gilinadi. Asosiy va qo'shimcha garnirlarga, souslarga narxlar alohida kalkulatsiva qilinadi.
Begim umumiy ovqatlanish korxonasining kichkina savdo do'konlarida kulinar mahsulotlar va yarimfabrikatlarga chakana narxlar belgilangan bo'lsa - chakana narxlarida, agar bunday narxlar belginlamagan bo'lsa - korxonaning o'zida bunday narxlar ishlab chiqarilib, tasdiqlanib sotiladi.
Narxlar preyskurantini tuzish tartibi
Prevskurantlardan fovdalanish narxlarni aniqlashda xato qilmaslikka, har kuni sotuv narxlarining kalkulatsiyasini tuzmaslikka, birlamchi hujjatlar tuzishni osonlashtirishga, xodimlar va mijozlarga qulaylik yaratishga qaratilgan. Mahsulotlarning sotuv narxi uzoq muddatga tuziladi, preyskurantlarga kiritiladi va rahbar tomonidan tasdiqlanadi. Doimiy narxlar preyskuranti korxona kategoriyasi va iste' molchilar tarkibiga qarab tuziladi. Preyskurantlarni tuzish uchun katta tayyorlov ishi olib boriladi. Birinchi o'rinda korxona guruhiga qarab mahsulot xilma-xilligi iste' molchilar talabi va joriy davrda sotilgan mahsulotlar tahlili bilan aniqlanadi. Doimiy preyskurantlarga kiritiladigan mahsulotlar turi aniqlangach, taomlar to'plamidan ajratib olingan taomlar retseptlari ko’rsatiladi.Shundan keyin mahsulotlar turiga qarab o'rtacha narxlar hisob-kitob qilinadi. Bu hisob-kitobning aniqligi sotuv narxlarining to'g'riligi va preyskurant amal qilish muddatining davomiyligi kafolatidir. Preyskurantga kiritiladigan mahsulotlar ro’yxati, retseptlar, o'rtacha narxlar aniqlangach, taomnomaga kiritiladi. Shu kartochkalar asosida narxlar preyskuranti tuziladi va kitob shaklida rasmiylashtiriladi. Prevskurantlar ikki asosiy bo limdan iborat bo'ladi. Birinchi bo'limda mahsulot nomi, mahsulot chigishi (gramm hisobida),mavsumiy sotuv narxlari ko'rsatiladi. Ikkinchi bo'limda esa preyskurantga kiritilgan barcha kulinar mahsulotlarning (gazaklar, birinchi, ikkinchi, uchinchi taomlar, issiq ichimliklar, souslar, garnirlar) retseptlari va sotuv narxlari kalkulatsiyasi ko'rsatiladi.
Preyskurantning asosiy bo'limlari quyidagi ko'rinishda bo'ladi:
Preyskurantlarga o'rtacha narxlarni hisoblash usullari, qaylalar, garnirlarning narxlarini hisoblash usullari bo'yicha tushuntirishlar ilova qilingan.
|
| |