|
Bob. Baholash va kalkulyatsiyaning nazariy asoslari
|
bet | 1/14 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 1,44 Mb. | | #236595 |
Bog'liq Toirova Gulasal
Mundarija:
Kirish……………………………………………………………………………3
BOB. Baholash va kalkulyatsiyaning nazariy asoslari
Buxgalteriya hisobi tizimida baholash va kalkulyatsiyaning mazmuni, mohiyati va xususiyatlari ………………………….……….………...……6
Kalkulyatsiya birligi va kalkulyatsiyalash bosqichlari …….………...….21
BOB.Xo’jalik yurituvchi subyektlarda baholash va kalkulyatsiya hisobini yuritish (“BEGIM UMUMIY OVQATLANISH”MCHJ misolida)
Xo’jalik mablag’lari va majburiyatlarini baholash ……….…..………..24
Xarajatlar hisobi va tannarx kalkulyatsiyasi...….…….............................28
Xulosa va takliflar………………………………………………….………32
Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………...33
Ilovalar
Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Baholash faoliyati mulkiy munosabatlar infratuzilmasining muhim elementi hisoblanadi. O‘z navbatida, davlat tomonidan baholash faoliyatining tartibga solinishi uning rivojlanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Mamlakatimizda baholash faoliayatini tartibga solish tizimi xalqaro tajribadan kelib chiqqan holda va iste’molchilar talablarini hisobga olib, baholash xizmatlari sifatini oshirishga qaratilgan. Bugungi kunda baholash xizmatlari bozorida 230 dan ortiq baholash tashkilotlari, shu jumladan, xalqaro kompaniyalar mavjud bo‘lib, ularda 1200 ga yaqin baholovchilar professional faoliyat yuritib kelmoqda. Shu bilan birga, baholash xizmatlari bozori hajmi 2020-yilda atigi 72 mlrd. so‘mni tashkil etdi.
Ushbu ma’lumotlarni tahlil qilgan holda shuni ta’kidlash kerakki, respublikada baholash faoliyatining taraqqiyoti uyg‘un rivojlantirilayotgan iqtisodiy islohotlar talablariga to‘liq javob bermayapti. Baholash tashkilotlari faoliyati iqtisodiy islohotlarning bugungi bosqichi talablariga to‘liq mos emasligi yuzaga kelgan holatning asosiy sababi hisoblanadi. Bugungi kunda baholash faoliyatini tartibga solish, uni davlat tomonidan muvofiqlashtirish, uning uslubiy ta’minoti hamda normativ-huquqiy bazasini takomillashtirib borish, xususan, baholash xizmatlari bozorining professional ishtirokchilari faoliyatini litsenziyalash, baholovchilarga malaka serfitikatlarini berish, umuman olganda, mazkur faoliyatni baholash xizmatlari bozori bilan yaxlit holda tartibga solish murakkab bir mexanizmni tashkil etadi.
O‘zbekiston Respublikasida baholash sohasidagi qonunchilikka muvofiq baholash faoliyati davlat tomonidan va o‘z-o‘zini boshqarish organlari tomonidan tartibga solinadi. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi baholash faoliyatida davlat regulyatori bo‘lib faoliyat yuritadi. Rossiyalik iqtisodchi-olimlarning ta’kidlashicha, “baholash faoliyatini tartibga solish mavjud iqtisodiy inqirozni bartaraf etish, to‘laqonli tarkibiy tuzatishlarni amalga oshirish va investitsiya jarayonlarini faollashtirishning zarur shartidir”. Xorijlik iqtisodchi olim E.D.Navrotskaning fikricha, baholash faoliyatining rivojlanishi mulk qiymatini baholash xizmatlari bozorining dinamik muhitga ega murakkab tizim ekanligi, unda baholash xizmatlari hajmi vaqt birligi ichida talab va taklif asosida uzluksiz o‘zgarib borishi bilan belgilanadi. Iqtisodchi olim, Baholash fondi (The Appraisal Foundation, TAF)ning a’zosi D.S.Buntonning fikricha, hozirgi kunda baholash faoliyatini tartiblashtirish alohida nazariya, yuqori darajada tartiblashtirilgan murakkab, samarali infratuzilma va dinamik muhitga ega bo‘lib, zamonaviy iqtisodiyot rivojini qiymatiy belgilaydigan murakkab tizim sifatida namoyon bo‘lmoqda.
Baholash faoliyatini tartibga solish – baholovchilarning xizmatlari sifatini oshirish va ularni baholovchilar professional hamjamiyati (o‘z-o‘zini tartibga solish) yoki davlat organlari (davlat tomonidan tartibga solish) yoxud birgalikda belgilaydigan muayyan mezonlarga javob berishga qaratilgan chora-tadbirlar va tartiblar tizimi
|
| |