|
-rasm. Tannarxni kalkulatsiyalashning vazifalari
|
bet | 8/14 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 1,44 Mb. | | #236595 |
Bog'liq Toirova Gulasal1.8-rasm. Tannarxni kalkulatsiyalashning vazifalari.
1.9-rasm. Xo‘jalik jarayonida tannarx shakllanishi.
1.10 -rasm. Tannarx turlari.
Xarajatlarning alohida turlarini ilmiy asoslangan normalar va normativlar negizida rejalashtirish, hisob va kalkulyatsiyani, xarajatlar shakllanishining nazorati va auditini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish mahsulot (ish, xizmat) tannarxini boshqarish tizimining asosini tashkil etadi. Xususan, ichki nazoratning vazifalari barcha xo‘jalik muomalalarining to‘liqligi va qonuniyligini, jumladan schotlar guruhlari bo‘yicha jamlangan summalarni arifmetik tekshirishdan iborat. Kalkulatsiyalash masalalari buxgalter oldida xo‘jalik mablag‘lari doiraviy aylanishining barcha bosqichlarida (ta’minot, ishlab chiqarish va realizatsiya) vujudga keladi. Mahsulotlar tannarxini hisoblash jarayonida kalkulatsiyalash obyekti va kalkulatsiya birligi, xarajat elementi va xarajat moddasi to‘g‘risida aniq tasavvurga ega bo‘lish lozim. Xarajatlarni guruhlash elementlar va kalkulatsiya moddalari bo‘yicha amalga oshiriladi. Xarajatlarni elementlar bo‘yicha guruhlash zarurati korxona tomonidan hisobot davrida nima va qancha sarflandi degan savolga javob beradigan axborotlarni olish zaruratidan kelib chiqadi. «Xarajatlar tarkibi to‘g‘risidagi Nizom»ga muvofiq mahsulot (ish, xizmat) larning ishlab chiqarish tannarxini hosil qiluvchi xarajatlar ularning iqtisodiy mazmuniga ko‘ra quyidagi elementlar bo‘yicha guruhlarga ajratiladi:
— ishlab chiqarish bilan bog‘liq moddiy xarajatlari (qaytariladigan chiqindilar qiymati chegirilgan holda);
— ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan mehnat haqi xarajatlari;
— ishlab chiqarishga tegishli bo‘lgan ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar;
— ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo‘lgan asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning eskirish qiymati.
Xarajatlarni elementlar bo‘yicha guruhlash xalq xo‘jaligini rejalashtirishda qo‘llaniladi. Iqtisodiyotning erkinlashtirilishi va uni tartibga solishda davlat aralashuvining kamayishi sharoitida xarajatlarni elementlar bo‘yicha guruhlash ahamiyati xalq xo‘jaligi darajasida o‘z ahamiyatini biroz yo‘qotadi. Mazkur guruhlash korxona miqyosida uning hisobot davrida butun ishlab chiqarishga moddiy, mehnat va moliyaviy resurslarning alohida turlari bo‘yicha qancha sarflanganligini aniqlashga imkon yaratadi. Tabiiyki, mazkur guruhlash yordamida korxona va uning tarkibiy bo‘linmalari faoliyati ustidan muayyan mahsulot turlarini ishlab chiqarish, ish yoki xizmat turlarini bajarish bo‘yicha kundalik nazorat o‘rnatish qiyin. Bu masala xarajatlarni moddalar bo‘yicha guruhlash yordamida hal etiladi.
|
| |