|
II BOB. Xo’jalik yurituvchi subyektlarda baholash va kalkulyatsiya hisobini yuritish (“BEGIM UMUMIY OVQATLANISH”MCHJ misolida)
|
bet | 10/14 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 1,44 Mb. | | #236595 |
Bog'liq Toirova GulasalII BOB. Xo’jalik yurituvchi subyektlarda baholash va kalkulyatsiya hisobini yuritish (“BEGIM UMUMIY OVQATLANISH”MCHJ misolida)
2.1 Xo’jalik mablag’lari va majburiyatlarini baholash
O‘zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonunning 17-bandida aktivlarni, passivlarni va majburiyatlarni baholashning quyidagi usullaridan foydalanishni nazarda tutadi: Tovar-moddiy zaxiralarni baholash — quyidagi ikkita bahoning eng pasti bo‘yicha — balans tuzilayotgan sanadagi haqiqiy tannarx (sotib olish narxi yoki ishlab chiqarish tannarxi) bo‘yicha yoki bozor bahosi (realizatsiya qilishning sof qiymati) bo‘yicha amalga oshiriladi. Tovar-moddiy zaxiralar tannarxi bo‘yicha baholanadi. Ularning tannarxi barcha sotib olish xarajatlari va tovar-moddiy zaxiralarni manziliga yetkazib berish va tegishli holatga keltirish bilan bog‘liq bo‘lgan transport-tayyorlov xarajatlarini o‘z ichiga oladi. Ularning sotib olish xarajatlari sotib olish qiymatini, import bojlari va yig‘imlarni, mahsulotni sertifikatsiya qilish xarajatlarini, ta’minot, vositachi tashkilotlarga to'langan komission to‘lovlarni, soliqlarni (keyinchalik hisob-kitob tarzida, masalan, qo‘shilgan qiymat solig‘i tarzida qaytadan oladigan korxonalardan tashqari), shuningdek, transport-tayyorlov xarajatlari, xizmat va zaxiralarni sotib olish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan boshqa xarajatlarni o‘z ichiga oladi. Teng bo‘lmaydigan tovar-moddiy zaxiralarni FIFO yoki o'rtacha olchanadigan qiymat formulasidan (AVECO) usulidan foydalanib baholanadi. FIFO usulining mohiyati quyidagicha: dastlab sotib olingan, birinchi bo‘lib sotiladigan tovar-moddiy zaxiralarning birligi, binobarin, davr oxirida tovar-moddiy zaxiralarda qolgan birliklar oxirida sotib olingan va ishlab chiqarilgan birliklardir (2-jadval). 2-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, hisobot davri davomida hammasi bolib 60 dona moddiy qiymatlik sarf bo‘lgan, shundan 37 ta (12+25) 10 so‘mdan baholaymiz, 370 so‘m boladi, qolgan 23 tasini (60—37), shundan 15 tasini 9 so‘mdan baholaymiz, bu 135 so‘m bo‘ladi, qolgan (23-15) 8 donasini 8 so'mdan baholaymiz, bu 64 so‘mni tashkil etadi. Shunday qilib sotilgan 60 dona mahsulot 370+135+64=569 so‘mga teng boladi.
2-jadval
Ko’rsatkichlar
|
Miqdori
|
Bahosi, so‘m
|
Summasi, so‘m
|
1.03.2023-yil holatiga qoldiq
|
12
|
10
|
120
|
Birinchi dekadada keldi
|
25
|
10
|
250
|
Ikkinchi dekadada keldi
|
15
|
9
|
270
|
Uchinchi dekadada keldi
|
30
|
8
|
240
|
Hammasi bo‘lib oy davomida chiqim
|
60
|
|
569
|
1.04.2023-yil holatiga qoldiq
|
22
|
8
|
176
|
“Begim umumiy ovqatlanish”MCHJ yillik ko’rsatkichlari
Narxlar shakllanishining asosiy goidasi, bu narxlarning moddiy va mehnat xarajatlarini va mahsulotni sotish xarajatlaridan kelib chiqib shakllanishidir. Narx mahsulotning pul ko'rinishdagi qiymatidir. Uning hajmi bozor igtisodiyotida bozorda mavjud mahsulotga bo'lgan talab va taklifga bog'liqdir. Narx uch elementdan: mahsulot tannarxi, muomala xarajatlari va foydadan iborat. Mahsulot tannarxi - umumiy mehnat xarajatlari, ishlab chigarish xarajatlari bo'lib, narning asosiy elementidir. Muomala xarajatlari - mahsulotni sotish bilan bog'liq xarajatlar bo'lib, ko'p hollarda korxonada ishlab chiqarish me' yorlari bilan belgilanadi.
Foyda - doimiy xarajatlarni goplash va jamg'arma yaratishga qaratilgan mahsulot nariga qo'shilgan summadir. Narxlarni to'g'ri belgilash korxona xarajatlarini tushirish, mahsulot raqobatbardoshligini oshirish, foda hajmini ko'paytirishni ta'minlaydi.
Umumiy ovgatlanish korxonalarida ulgurji, chakana, o'rtacha, hisob-kitob va sotish narxlari uchravdi. Ulgurii narxlar - tannarx va foydadan iborat. Bu narxlar ishlab chiqarish korxonalaridan sotib olinadigan mahsulotlar uchun qo'llaniladi. Qishloq xo’jalik mahsulotlari ulgurji narxlarining elementlari quyidagilardir: sotib olish narxi, fermer va boshqa xo jaliklarning xarajatini goplaydigan va foda beradigan ajratmalar. Don va don mahsulotlariga kirmaydigan mahsulotlarning narxi mahsulotni sotib olish, tashish va saqlash xarajatlarini o'z ichiga olgan haqiqiy nariga garab belgilanadi. Chakana narxlar - to'g'ridan to'g'ri aholiga sotiladigan narxlardir. Ta'minotchi mahsulotni katta hajmda yetkazib bersa,mahsulotga chegirmalar beradi.
Misol: 1 kg shakarning chakana narxi 1150 som. 10 t hajmga ega tovar to’pi sotilmoqda. Chegirma 5 % ni tashkil qiladi, 100 t tovar to’piga - 10 % chegirma beriladi. Chegirma me'yorini ta'minotchi belgilaydi.
O'rtacha narxlar - bir guruhdagi mahsulotlarning holatiga qarab belgilanadigan narx. Bu narlar ishlatilgan mahsulotlarning umumiy qiymatini ularning soniga bo'lish bilan aniqlanadi.
Misol. Hisobot davrida korxona quyidagi mahsulotlarni ishlatdi:
Makaron-5000 kg 400 so'mdan
Lapsha-3000 kg 360 so'mdan
Vermishel-2000 kg 420 so'mdan
Makaron mahsulotlarining o'rtacha narxi quyidagicha aniqlanadi:
O'rt.narx = (5000 • 400) + (3000 • 360) + (2000 - 420) = 393 so'm. 5000 + 3000 + 2000
Umumiy ovgatlanish korxonalarida turli holatdagi xomashyodan foydalaniladi. Shuning uchun go'sht, parranda, baliq, kartoshka, sabzavotlar uchun holatni moslaydigan koeffitsientlardan foydalaniladi. Bu ko'rsatkich asosiy hisoblanadigan mahsulot holatining chiqish me'yoriga nisbatan boshga holatning chiqish me'yori bo'yicha hisoblaadi. Masalan, 2-kategoriya mol go'shtidan katta bo'lakli yarimfabrikat chiqish me'yori go'shtning brutto og'irligidan 65 % ni tashkil qiladi. 1-kategoriyali mol go'shtidan shu yarimfabrikatning chiqish me'yori 74 % ni tashkil qiladi. Holatlarni moslaydigan hisob koeffitsienti 69,5 : 74 = 0,9392 ga teng bo'ladi.
3-jadval
1 s mol go'shtining o'rtacha narxi hisobi
1 s mol go’shtining o'rtacha narxi: 30.950.000 : 981,76 = 31525 so'mni tashkil qiladi yoki go'shtning o'rtacha narxi 3152,5 so'mni tashkil qiladi. Hisob-kitob narxlari asosiy holatda bo 'Imagan mahsulotlarda qo 'llanilib, har bir xomashyo turining o'rtacha narxini holatlarni moslashtirish koeffitsientiga ko'paytirish yo'li bilan hisoblanadi.
4-jadval Hisob-kitob narxlari
Ishlab chiqarish va muomala xarajatlari va foydani ta' minlash uchun umumiy ovqatlanish korxonalarida ustamalar ko'zda tutilgan. Korxona turiga, xizmat sifatiga, moddiy xarajatlariga qarab umumiy ovqatlanish korxonalari ustama me'yoriga qarab oliy, 1-2- 3-kategoriyalarga bo'linadi. Har bir korxona kategoriyasiga qarab ustama narxlar belgilanadi. Oliy kategoriyali korxonalar uchun yuqori ustamalar belgilangan. Sotuv narxlari o'rtacha, chakana yoki xarid narlariga ustamalarni qo’yish bilan shakllanadi.
Misol: 1 kg mol go shtining o'rtacha narxi 3152,5 so'mni tashkil qiladi. Ustama me'vori 10 %.
Ustama summasi 3152,5 × 10 % : 100 = 315,25 so'm.
1 kg mol go'shtining sotuv narxi 3152,5 + 315,25 = 3467,75 so' mni tashkil qiladi
“Begim umumiy ovqatlanish” korxonasida xomashyoning sotuv narxlarini hisoblash tayyor taomlar, kulinar mahsulotlarning narxi (kalkulatsiyasini) hisoblash uchun kerak bo'ladi. Undan tashqari, sotuv narlari ba'zi bir sotib olinadigan tayyor mahsulotlarda ham qo'llaniladi. Ba'zi bir mahsulotlar chakana narlarda sotiladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
II BOB. Xo’jalik yurituvchi subyektlarda baholash va kalkulyatsiya hisobini yuritish (“BEGIM UMUMIY OVQATLANISH”MCHJ misolida)
|