• 2.2. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini kasbiy rivojlantirishning ilmiy pedagogik jihatlari.
  • II BOB. BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINI KASBIY TAYYORLASH VA RIVOJLANTIRISHNING DOLZARBLIGI 2.1.Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tarbiya fanini o‘qitishga metodik tayyorlashni t




    Download 1,03 Mb.
    bet4/7
    Sana25.05.2024
    Hajmi1,03 Mb.
    #253113
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    Bo\'lajak boshlang\'ich sinf o\'qituvchilarini metodik tayyorgarligini

    II BOB. BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINI KASBIY TAYYORLASH VA RIVOJLANTIRISHNING DOLZARBLIGI 2.1.Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tarbiya fanini o‘qitishga metodik tayyorlashni takomillashtirish

    • Jahonda ta'lim sohasidagi innovatsion rivojlanish tendentsiyalariga mos ravishda bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarini tarbiya fanini o'qitishga metodik tayyorgarligini takomillashtirish, tarbiyalanuvchilarda ijtimoiy tajribani shakllantirishning innovatsion usullariga ustuvorlik berishga e'tibor qaratilmoqda. Shuningdek, oliy ta'lim va umumta'lim muassasalarining tarbiyaviy imkoniyatlarini integratsiyalash orqali bo'lajak o'qituvchilarni tarbiya fanini o'qitish sifatlarni rivojlantirishning pedagogik mexanizmlarini ishlab chiqishga ustuvor ahamiyat berilmoqda. Dunyoda bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarini tarbiya fanini o'qitishga metodik tayyorgarligini takomillashtirish va bu borada tarbiyaga integratsion yondashuv asosida o'quvchilarda tarbiyaviy kompetentsiyani tarkib toptirishning innovatsion-pedagogik modellarini ishlab chiqishga oid ko'plab ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.

    Tarbiya – ijtimoiy ong shakllaridan biri bo'lib, yoshlarda halollik, poklik, burch, vijdon, olijanoblik, fidoyilik kabi fazilatlarni shakllantiradi. Tarbiya insonlarning o'ziga, oilasiga, yaqinlariga, do'stu yorlariga bo'lgan munosabatlarini tartibga solib turadigan xulq-atvor me'yorlarining (normalarining) majmuasidir. Tarbiya keng qamrovli tushuncha sifatida inson faoliyatining hamma jabhalariga ta'sir ko'rsatadi. Tarbiya hamma soha – ishlab chiqarishda, turmushda, oilada, bo'sh vaqtda ham kishilar xulq-atvorini, insoniy munosabatlarini tartibga soladi. Tarbiya ijtimoiy ongning boshqa shakllaridan farq qilib, iqtisodiy, siyosiy, ma'naviy vazifalarni bajaradi.

    2.2. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini kasbiy rivojlantirishning ilmiy pedagogik jihatlari.

    O'qituvchilarning kasbiy-metodik tayyorgarligi ularning kasbiy faoliyatga doir bilimlar, ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil qilish, o'z-o'zini rivojlantirish kabi asosiy kasbiy faoliyat sohalarida aks etadi. Bu esa o'z navbatida, o'qituvchining o'z fanini o'qitishga doir bilimlarni mukammal bilishi va harakatga keltirishi, ta'lim jarayonini loyihalash, tashkil qilish va baholash uchun zarur bo'lgan tayanch kompetensiyalarni egallashi, shuningdek, o'qitish va tarbiyalash jarayonini ta'lim sohasidagi innovatsion ilmiy yutuqlar, zamonaviy pedagogik va axborot kommunikatsiya texnologiyalari asosida intensiv tashkil etish, uzluksiz va tizimli o'z-o'zini rivojlantirishni talab etadi.


    Download 1,03 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 1,03 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    II BOB. BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINI KASBIY TAYYORLASH VA RIVOJLANTIRISHNING DOLZARBLIGI 2.1.Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tarbiya fanini o‘qitishga metodik tayyorlashni t

    Download 1,03 Mb.