|
Bo‘lajak o‘qituvchilarda ijtimoiy-madaniy kommpetentlikni rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari
|
bet | 3/7 | Sana | 25.05.2024 | Hajmi | 1,03 Mb. | | #253113 |
Bog'liq Bo\'lajak boshlang\'ich sinf o\'qituvchilarini metodik tayyorgarligini1.2.Bo‘lajak o‘qituvchilarda ijtimoiy-madaniy kommpetentlikni rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari. - Xalqaro miqyosda bo’lajak mutaxassislarni innovatsion tayyorlash, zamonaviy ta’limni amalga oshirish bo’yicha dunyoning yetakchi oliy ta’lim muassasalari va ilmiy markazlari tomonidan olib borilayotgan tadqiqotlarda bo’lajak pedagoglarning kasbiy mahorati mezonlari, innovatsion ta’lim muhitini yaratish muammolari xalqaro ta’lim standartlari talablarining joriy qilinishiga alohida ahamiyat qaratilmoqda. Bunda yosh o’qituvchilarning pedagogik kompetentligi tarkibini zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalarni ta’lim jarayonida muvaffaqiyatli qo’llashning motivatsion, kognitiv, operatsion, refleksiv va o’z o’zini baholash kabi indikatorlari asosida kengaytirishga qaratilgan ilmiy izlanishlar muhim o’rin tutadi.
Talabalarda ijtimoiy-madaniy kompetentlikni rivojlantirishning mavjud imkoniyatlarini tadqiq etish maqsadida bo’lajak o’qituvchilarni tayyorlash jarayoniga qo’yilayotgan zamonaviy yondashuvlarni inobatga olib boshlang’ich ta’lim yo’nalishining DTS va Malaka talablari o’rganildi. Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavrlarning tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan umumiy talablar quyidagilar: -dunyoqarash va ijtimoiy jarayonlar bilan bog’liq tizimli bilimlarga ega bo’lishi; gumanitar va tabiiy ilmiy fanlar asoslarini, joriy davlat siyosatining dolzarb masalalarini bilishi, ijtimoiy muammolar va jarayonlarni mustaqil tahlil qila olish; -Vatan tarixini bilishi, madaniy, milliy va umuminsoniy qadriyatlar masalalari yuzasidan o’z fikrini bayon qila olishi va ilmiy asoslay bilishi, milliy istiqlol g’oyasiga asoslangan faol hayotiy nuqtai nazarga ega bo’lish; - Talabalarda ijtimoiy-madaniy kompetentlikni rivojlantirishning mavjud imkoniyatlarini tadqiq etish maqsadida bo’lajak o’qituvchilarni tayyorlash jarayoniga qo’yilayotgan zamonaviy yondashuvlarni inobatga olib boshlang’ich ta’lim yo’nalishining DTS va Malaka talablari o’rganildi. Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavrlarning tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan umumiy talablar quyidagilar: -dunyoqarash va ijtimoiy jarayonlar bilan bog’liq tizimli bilimlarga ega bo’lishi; gumanitar va tabiiy ilmiy fanlar asoslarini, joriy davlat siyosatining dolzarb masalalarini bilishi, ijtimoiy muammolar va jarayonlarni mustaqil tahlil qila olish; -Vatan tarixini bilishi, madaniy, milliy va umuminsoniy qadriyatlar masalalari yuzasidan o’z fikrini bayon qila olishi va ilmiy asoslay bilishi, milliy istiqlol g’oyasiga asoslangan faol hayotiy nuqtai nazarga ega bo’lish;
|
| |