|
Bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va texnologiyalari fanining predmeti va asosiy tushunchalari
|
bet | 2/3 | Sana | 25.01.2024 | Hajmi | 20,16 Kb. | | #146098 |
Bog'liq M2-Bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va texnologiyalari fanining (1)14. Bolaning rivojlanish xaritasi.
Bolaning rivojlanish xaritasini to’ldirish uchun kuzatuv uch davrni o’z ichiga oladi: birlamchi
(o’quv yili boshida), oraliq va yakuniy.
Birlamchi kuzatuv o’quv yili boshida o’tkaziladi ( sentabr oyida). Bu bosqichda har bir bolaning
boshlang’ich imkoniyatlari aniqlanadi, uning shu davrgacha erishgan yutuqlari belgilanadi. Tarbiyachi
ta’lim sohalarini o’zlashtirish bo’yicha mavjud bo’lgan muammolarga ham e’tibor qaratadi, bolaning
qanday sifatlari qo’llab-quvvatlashni talab etishini, har bir bola uchun qanday vazifalar dolzarbligini
aniqlaydi. Keyin bolaning ayni davrdagi yoshini hisobga olgan holda uning rivojlanish sohalari bo’yicha
yutuqlari xaritasi to’ldiriladi.
Oraliq kuzatuv birinchi yarim yillik oxirida (dekabr, yanvar) o’tkaziladi. Bu monitoringni
o’tkazishdan maqsad bolaga nisbatan tanlangan metodikaning to’g’riligini aniqlash, rivojlanish
dinamikasini belgilashdan iborat. Mazkur kuzatuv natijalariga ko’ra, tarbiyachi, boshqa mutaxassislar
bilan hamkorlikda, zarurat tug’ilgan holatlarda pedagogika jarayoniga tuzatishlar kiritishi mumkin.
O’quv yili oxirida (odatda may oyida) tarbiyachi yakuniy kuzatuv o’tkazadi. Mazkur kuzatuv asosida yil
boshida qo’yilgan vazifalar qanday hal qilingani baholanadi, mazkur bola rivojida kutilayotgan yangi
natijalarni hisobga olgan holda keyingi pedagogik jarayondan ko’zda tutiladigan maqsadlar belgilanadi.
Kuzatuv o’tkazishda quyidagi tamoyillarga tayanish lozim:
• kuzatuv bola uchun odatiy sharoitda amalga oshiriladi va bolaga yordam berishga
yo’naltirilgan bo’ladi;
• bola rivoji borasida yanada xolis tasavvur hosil qilish uchun kuzatuv kamida ikki hafta (yoki oy) mobaynida olib boriladi;
•tarbiyachi bola to’g’risidagi ma’lumotlarni ota-onalar yoki muassasaning boshqa xodimlari bilan
suhbatlar jarayonida olishi mumkin;
• tarbiyachi bolaning moyilliklari, qiziqishlariga, uning muloqot qilish va bilim olish
xususiyatlariga e’tibor qaratishi lozim.
O’quv yili oxirida tarbiyachi yakuniy pedagogika kengashiga bolalar tomonidan o’quv dasturi
o’zlashtirilishining sifat darajasi to’g’risida hisobot yozadi va unda bolalar tomonidan tegishli natijalarga
erishilmagan bandlar hamda ular nega bajarilmaganligi sabablariga to’xtalib o’tadi (ba’zi metodikalar
o’zlashtirilmagani, tarqatma materiallar, adabiyotlarning yetarli bo’lmagani, guruh texnika vositalari bilan
yetarli darajada ta’minlanmagani, bolaning betob bo’lgani va darslarni o’tkazib yuborgani, ota-onalarning
faol bo’magani va h.k.). Ushbu natijalar asosida sabablarni bartaraf etish borasidagi ishlar rejalashtiriladi
va mazkur guruh uchun kelasi yilga mo’ljallangan vazifalar belgilanadi.
Keyinchalik pedagog (tarbiyachi) bola yutuqlari xaritasini yiliga kamida 3 marta to’ldiradi va erishilgan
natijani tegishli belgi (✔) bilan belgilaydi. Kuzatuv rivojlanishning barcha sohalari bo’yicha olib boriladi.
Agar u yoki bu bilim olish sohasida indikator «ishlamasa», pedagog (tarbiyachi) daftar hoshiyalariga
tegishli belgilar qo’yishi lozim. Bu bola rivojlanishini kuzatish kundaligini yuritishda yordam beradi.
Mazkur tashxis (diagnostika) asosida pedagog (tarbiyachi) ruhshunos (psixolog), logoped, jismoniy
tarbiya bo’yicha yo’riqchi va boshqalar bilan hamkorlikda bolaning yutuqlarini ajratadi, shuningdek,
ta’lim sohalarini o’zlashtirishning salbiy tomonlarini aniqlaydi. Olingan natijalarga mos ravishda ta’lim
jarayoniga tuzatishlar kiritiladi, shuningdek, individual ish rejalashtiriladi va uni amalga oshirish
borasidagi vazifalar belgilanadi. O’quv yili oxirida (odatda may oyida) ushbu xarita bo’yicha yakuniy
kuzatuv.o’tkaziladi.
|
| |