Bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va texnologiyalari fanining predmeti va asosiy tushunchalari




Download 20,16 Kb.
bet1/3
Sana25.01.2024
Hajmi20,16 Kb.
#146098
  1   2   3
Bog'liq
M2-Bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va texnologiyalari fanining (1)





  1. Bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va texnologiyalari fanining predmeti va asosiy tushunchalari.

Jismoniy tarbiya metodikasi amaliyot bilan uzviy bog’likdir. Jismoniy tarbiya metodikas jismoniy tarbiya vositalari, jismoniy mashqlarni o’rgatish tamoyillarini, usul va metodlarini ochishga, harakat ko’nikmalarini shakllantirishga va jismoniy sifatlarni rivojlantirishga, jismoniy tarbiya mashg’ulotlari, ertalabki badantarbiya, harakatli uyin, shuningdek jismoniy tarbiya ishini rejalashtirish va hisobga olishga katta ahamiyatiga ega.Jismoniy tarbiya metodikasining asosiy tushunchalari. Jismoniy kamolot bu jismoniy rivojlanishning tarixan shakllangan darajasi va sog’liqning, hayotga, mehnatga va Vatan himoyasiga har tamonlama jismoniy tayyorlanganlikning eng yuqori bosqichidir. «Jismoniy kamolot» o’sib boradigan ijtimoiy ehtiyojlar ishlab chiqarish, shuningdek kishilar ehtiyojining o’sishiga qarab o’zgarib turadi. Jismoniy tarbiya bu jismoniy kamolotga erishishga yo’naltirilgan pedagogik jarayondir. Jismoniy tarbiya jarayonida aqliy, ahlokiy, estetik va mehnat tarbiyasi amalga oshiriladi.Jismoniy tarbiyalash — yuksak madaniyatga ega bo’lgan har tomonlama etuk hamda jismonan sog’lom insonni shakllantirish maqsadida shaxsni tarbiyalashga, insonning jismoniy imkoniyatlarini rivojlantirishga, uning jismoniy tarbiya va sport sohasida malaka va bilimlarini orttirishga qaratilgan jarayon;Jismoniy tayyorgarlik bu jismoniy tarbiyaning kasbiy yo’nalganligidir (aktyor, uchuvchi, kosmonavt…va boshqalarning jismoniy tayyorgarligidir). U konkret kasb xususiyatiga ko’ra o’tkaziladigan jismoniy mashqlarning vazifalari, vositalari, o’tkazish metodikasining o’ziga xosligi bilan xarakterlanadi. Jismoniy madaniyat umumiy madaniyatning bir qismi, jamiyatning ijtimoiy-tarixiy amaliyot jarayonida to’plangan inson jismoniy kamoloti sohasidagi moddiy va ma’naviy boyliklari majmuasidir. Jismoniy rivojlanish- inson organizmining asta-sekinlik bilan tabiiy sharoitda shakillanishi- tashqi ko’rinishi va harakat faoliyatining o’zgarishi jarayonidir. Rivojlanishning o’sib borishida uchta fazani ajratish mumkin: rivojlanish darajasining ko’tarilishi, nisbatan barqarorligi va inson jismoniy imkoniyatlarining asta-sekin pasayishi. eng jo’shqin rivojlanish maktabgacha va kichik maktab yoshiga to’g’ri keladi hamda maktabda ta’lim olishning barcha davrlari mobaynida davom etadi. Jismoniy ta’lim o’quvchilarning muayyan bilimlarni egallashi, jismoniy mashqlarni bajarishi va ularni hayotga tatbiq eta olishini ko’zda tutadi.Sport jismoniy rivojlanishni va insonning u bilan bog’langan boshqa sifatlari rivojlanish darajasini ta’minlaydi.
2.Ta’lim metodlari va usullari tasnifi.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga ta’lim berishda ularning yosh xususiyatlari va imkoniyatlarini hisobga olgan holda quyidagi metodlardan foydalaniladi. 1. Ko’rgazmali metod. 2. Og’zaki metod. 3. Amaliy metod. 4. O’yin metodi. 5. Musobaqa metodi. Ko’rgazmali metod bu hissiy idrok va harakat sezgilarining yorqinligini ta’minlaydi. Ular bolalarda sensor qobiliyatlari rivojlanishini faollashtiruvchi harakat haqida juda to’liq va aniq tasavvurning hosil bo’lishi uchun zarurdir. Og’zaki metod bu metod bolalar ongiga yo’naltirilgan, ular oldiga qo’yilgan vazifalarni tushunib olishga va mashqlar mazmuni va tuzilishini o’zlashtirib olishda katta rol o’ynaydigan harakatli mashqlarni ongli ravishda bajarilishi, bu mashqlarni turli vaziyatlarda mustaqil qo’llashga yordam beradi. Amaliy metod bolalarning amaliy harakat faoliyati bilan bog’liq bo’lib, harakatlarni o’z muskul motor sezgilarida to’g’ri idrok etilishini amaldatekshirishni ta’minlaydi. Amaliy metodlar mashqlarni o’yin shaklida, musobaqa elementlaridan foydalanish bilan xarakterlanadi. Amaliy metodning xilma-xil turlaridan biri o’yin metodidir. O’yin metodi bolalar bilan ishlashda samarali bo’lib, ko’rgazmali obraz va ko’rgazmali amaliy tafakkur elementlarini hisobga oladi. U turli harakat ko’nikmalarini, harakatlarning mustaqilligini, o’zgaruvchan sharoitga nisbatan tezkor javob reaktsiyasini bir vaqtda takomillashuviga, ijodiy faollik ko’rsatishga imkon beradi. Musobaqa metodi maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga ta’lim berishda u faqat pedagogik rahbarlik sharoitida qo’llanilishi mumkin. Bu metoddan katta gruhlarda foydalanish mumkin. Usul metodning bir qismi, uni to’ldiruvchi va aniqlashtiruvchi qismidir.Ko’rgazmali metodga oid usullar Bolalarni harakatlarga o’rgatishda ko’rgazmalilikning turli usullaridan foydalaniladi. Yaqqol ko’rish usullari harakat yoki ayrim xarakat elementlarining tarbiyachi tomonidan to’g’ri va aniq namoyish etilishidan; tevarak-atrofdagi hayot ko’rinishlariga taqlid qilishdan; moduli to’g’ri bosib o’tishda mo’ljal olishdan foydalanish; ko’rgazmali qo’llanmalar, tele eshittirishlar, fotografiyalar, suratlar… foydalanishdan iboratdir. Taktil mushak ko’rgazmaliligi bolalarning harakat faoliyatiga jismoniy tarbiya qo’llanmalarini kiritish bilan ta’minlanadi. Masalan: tizzani baland ko’tarib yugurish ko’nikmasini hosil qilish maqsadida ketmaket qo’yilgan yoy shaklidagi darvozachalar qo’llaniladi. Yugurish paytida oyoqni bu to’siqlar osha ko’tarib o’tish bolaning tizzani baland ko’tarish ko’nikmasini egallashiga yordam beradi. Yaqqol eshitish usullari harakatlarni ovoz orqali boshqarishga asoslanadi. Cholg’u musiqasi va ashula eng yaxshi eshitish ko’rgazmasi hisoblanadi. Ular bolalarda estetik his va emotsiyaonal ko’tarinkilik uyg’otadi, harakat xarakterini belgilaydi, uning sur’ati va ritmini boshqaradi. Og’zaki metodga oid usullari. Harakatlarga o’rgatishdagi og’zaki usullar quyidagilarda ifodalanadi:Bayon etish va tushuntirish .Sharhlash usuli Ko’rsatma berish usuli.Suhbat usuli

3. Bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va texnologiyalari fanining metodlari.


Jismoniy tarbiya nazariyasining asosiy ilmiy tadqiqot uslubiyatlari - nazariy tahlil va umumlashtirish, pedagogik kuzatish, eksperiment (tajriba) va matematik hisoblashdan iboratdir. Ilmiy tadqiqotda nazariy tahlil va umumlashtirish usuliyati Ma’lumki, nazariy tahlil va umumlashtirish adabiyot materiallarini to’la tahlil qilish va umumlashtirishdan boshlanadi. Adabiyot materiallarini to’liq o’rganib chiqish juda qiyin. U har 4-5 yilda yana shunchadanga ko’payadi. Bundan tashqari ilmiy jurnallardagi tadqiqotlar haqidagi maqolalar bir necha marotaba ko’paymoqda. Bunda yordamchi ilmiy predmet - bibliografiya fani tadqiqotchining ishini yengillashtiradi. U nashr qilingan adabiyotlarni tartibga soladi va ro’yxatini tuzib chiqadi. Retrospektiv uslub orqali sistemaga solish ma’lum davr ichidagi mavjud adabiyotlarning ilmiy yo’nalishi bo’yicha yangiliklarga qisqa izoh beradi. Bundan tashqari, tadqiqotchi bibliografik tavsifnomadan ham foydalaniladi. Tavsifnoma yangi chiqqan adabiyot uchun yozma ravishda yoki referat sifatida (ilmiy ish natijasini qisqartirgan holda) tayyorlaydi, unga izoh beradi. Pedagogik kuzatish ilmiy tadqiqot usuliyati Tadqiqotchi qo’llayotgan bu usuliyatning ijobiy tomoni shundaki, izlanuvchining o’zi tadqiqotda aynan ishtirok etmaydi. Hayotdagi kuzatishdan farqli o’laroq, bu usuliyat kuzatish predmetini aniq o’rganadi, kuzatilayotgan va undan aniqlangan dalillarni tezlik bilan hisobga oladigan tizimni ishlab chiqishi va uni izlanishda qo’llashi oson kechadi. Maxsus bayonnomalar, yozuvdagi shartli ifodalagichlar va tadqiqotni osonlashtiradi. Barcha ilmiy kuzatishlar natijasi kuzatuvchi-ning shaxsiy qobiliyatigagina bogliq bo’lmasligi lozim, chunki o’rganilayotgan dalillar, ularni natijalari ko’pchilikda turlicha fikr hosil bo’lishiga olib keladi. Bu usuliyatning qulay tomoni shundaki, bir vaqtni o’zida bir necha kuzatuvchi bir ob’ektni kuzatishi va natijalarni solishtiriladi. Keng tarqalgan, aniq hisobga olish usuliyatlaridan biri xronometrlashdir. «Xrono»-vaqt, «metr» ulchov demakdir. Bunda harakatni bajarish uchun sarflangan vaqtga qarab natija tahlil qilinadi. Masalan, 800 metrga yugurishda har bir 100 metr uchun sarf bo’lgan vaqt yoki darsni, trenirovka mashgulotining boshidan oxirigacha zichlikni aniqlash maqsadida xronometrlash mashgulotning asosiy vaqtini samarasiga baho berish uchun foydalaniladi.

4. Bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va texnologiyalari fanining rivojlanish tizimi.


Bolalar bog’chasi va yaslidagi jismoniy tarbiya jarayoniga mudir rahbarlik qiladi. Jismoniy tarbiya ishini tarbiyachi olib boradi, u mashg’ulotlarni musiqachi, shifokor bilan birgalikda rejalashtiradi. Shifokor tarbiyachiga jismoniy mashqlarni tanlashga, ularning me’yorini aniqlashga yordam beradi.1-3 yoshgacha bo’lgan bolalar guruhlarida haftada 1 marotabadan, 3-7 yoshdagi bolalar guruhlarida haftada 3 marta jismoniy tarbiya mashg’ulotlari o’tkaziladi. Yosh ortgan sari mashg’ulotlarning davomiyligi 10-45 daqiqagacha oshirilib borilaveradi. Mashg’ulotlar 4 qismdan - kirish, tayyorlov, asosiy, yakuniy qismlardan iborat bo’ladi va ularning har birida aniq vazifalar hal qilinadi. Jismoniy mashqlar osonlashtirilib, harakatli va syujetli (O’rmonga sayohat va boshqa) shakllarda olib boriladi. Tarbiyachi oldin jismoniy mashqlarni tanlab, so’ngra syujet tanlaydi. Yurish, yugurish, to’siqlardan oshish, suzish va ochiq havoda bo’lish ob-havoga hamda jihozlarga qarab o’tkaziladi. Ertalabki gimnastika yasli va bog’chalarda ertalabki ovqatlanishdan oldin, bolalar uylarida esa uyqudan turgandan keyin o’tkaziladi. Yaslilarda 2 yoshgacha bo’lgan bolalar bilan ertalabki gimnastika individual yoki 5-10 kishiga bo’lingan guruhlarda, kattaroq yoshda esa bolalarning barchasi bilan birgalikda umumiy o’tkaziladi. ertalabki gimnastika xilma-xil yurish, yugurish va turli mashqlar bajarish hamda sakrash bilan olib boriladi. Ayrim hollarda mashq syujetiga, ritmiga moslashtirilgan qo’shiqlar bilan o’tkaziladi. Tizimli o’tkazilgan jismoniy mashqlar, asosan, bolalarning kuchini, egiluvchanligini mustahkamlaydi, nafas olish, qon aylanish va yurak-tomir tizimi ishlarini, organlardagi modda almashinuvi jarayonini yaxshilaydi. Bundan tashqari, ertalabki gimnastika uyushgan holda yaxshi kayfiyat bilan boshlansa, jismoniy mashqlarning ta’sir kuchi qomatni tutish va jismoniy mashqlarning sog’liqqa foydasi haqidagi dastlabki elementar bilimlarning shakllanishiga olib keladi.

5. Jismoniy tarbiya vazifalari


Maktabgacha tarbiya muassasalarida jismoniy tarbiyaning quyidagi vazifalari mavjuddir. 1.Sog’lomlashtirish vazifalari. 2.Ta’limiy vazifalar. 3. Tarbiyaviy vazifalar. Sog’lomlashtirish vazifalari hayotni saqlash va sog’liqni mustahkamlash, jismoniy rivojlanishni yaxshilash, organizm funktsiyalarini takomillashtirish, chiniqish yo’li bilan uning turli kasalliklarga nisbatan himoyalanish xususiyatlarini va chidamliligini, tashqi muhitning noqulay sharoitlariga (suv va havoning past va yuqori temperaturasi, quyosh nurining ta’siri) bo’lgan qarshiligini oshirish. Bundan tashqari bolalarning umumiy ish qobiliyatini oshirish ham muhimdir. Ta’limiy vazifalar maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni jismoniy tarbiyalash jarayonida quyidagi ta’limiy vazifalar hal etiladi: - harakat ko’nikma va malakalarini shakllantirish; - jismoniy sifatlar (chaqqonlik, tezkorlik, egiluvchanlik, muvozanat, ko’z bilan chamalash, kuchlilik, chidamlilikni o’stirish; to’g’ri qaddi-qomat,gigiena ko’nikmalarini tarbiyalash; - jismoniy tarbiya haqidagi bilimlarni o’zlashtirish.Tarbiyaviy vazifalar jismoniy tarbiya jarayonida bolalarda kun tartibiga rioya qilish, jismoniy mashqlar bilan har kuni shug’ullanish ehtiyojini hosil qilish bu mashqlar bilan maktabgacha tarbiya muassasalarida va oilada mustaqil shug’ullanish malakalarini rivojlantirish, ularni o’z tengdoshlari va kichik yoshdagi bolalar bilan o’tkazish. Jismoniy tarbiya bolalarning aqliy o’sishiga yordam beradi, chunki nerv tizimi va boshqa organ hamda tizimlarning normal faoliyati uchun qulay sharoit yaratiladi, bu esa yaxshiroq idrok etish va eslab qolishga yordam beradi. Bolalarda barcha psixik jarayonlar (idrok, tafakkur, xotira, xayol) shuningdek tafakkur operatsiyalari (kuzatish, taqqoslash, analiz, sintez, umumlashtirish) rivojlanadi. Bolalarda ijobiy emotsiyalar, tetik, xushchaqchaq kayfiyatni tarbiyalash juda muhimdir, chunki ijobiy emotsiyalar barcha organlar va organizm tizimlarini ishiga yaxshi ta’sir qiladi. Jismoniy tarbiya estetik tarbiyani amalga oshirish uchun qulaylik yaratadi. Jismoniy mashqlarni bajarish jarayonida estetik zavqni xis qilish va idrok etish, go’zallikni,haraklarning ifodaliligini, qaddiqomatning nafisligini, kiyim-bosh, sport jihozlari, tevarak-atrofning go’zalligini tushunish va to’g’ri baholay olish qobiliyatini rivojlantirish;

6. Sharq mutafakkirlarining jismoniy tarbiya haqidagi qarashlari.


Abu Ali Ibn Sinоning jismоniy (badan) tarbiya haqidagi ilmiy-nazariy ta’lmоtiga umumiy sharх. Ibn Sinоning ilmiy-pеdagоgik mеrоslari bеkiyos. Ular ichida “Tib qоnunlari” alохida aхamiyat kasb etadi. Bu asar dеyarlik barcha jahоn хalqlari tillariga tarjima qilingan. O’zbеk tiliga ilk bоr 1953 yilda kеyinchalik (1956, 1980, 1993) bir nеcha bоr qayta nashr etildi. Ibn Sinоning ijоdiy faоliyati, “Tib qоnunlari” va bоshqa asarlarini ilmiy jihatdan o’rgangan, tahlil qilgan va ularning mоhiyatini оchib bеrgan taniqli оlimlar juda ko’p. Birgina O’zbеkistоn sharоitida ularning sоni 100 dan оshib kеtadi.Tib qоnunlari” haqida mulоhaza qilinadigan bo’lsa, kitоbning birinchi qismi dеyarlik insоn salоmatligini saqlash va uni rivоjlantirishga bag’ishlangan.Ibn Sinоning ta’kidlashicha, badantarbiya bilan mashg’ul bo’lmay qo’ygan kishi ingichka оg’riq a’zоlarning tоrayishi kasaliga uchraydi. Chunki harakatsizlik natijasida uning a’zоlari zaiflashadi. U badan tarbiya turlarini asоsan ikki guruhga bo’ladi: 1. Оdamning ish jarayonlarida qiladigan harakatlari. 2. Maхsus badan tarbiya harakatlari. Ibn Sinо har bir a’zоning kasalini tuzatish uchun maхsus harakatlar –jismоniy mashqlar bоrligini eslatadi. Bunda uqalash (massaj) mashqlarini ko’zda tutadi va ularni quyidagi turlarga bhladi: 1. Gavdani baquvvat qiluvchi –kuchli uqalash. 2. Gavdvni yumshatuvchi –kuchsiz uqalash. 3. Оzdiruvchi-davоmli uqalash. 4. Gavdvni o’stiruvchi-mhta’dil uqalash. Ibn Sinоning ilmiy-pеdagоgik mеrоslarida jismоniy tarbiyaning eng muhim vоsitalari sifatida hammоmda cho’milish, sоvuq suvda cho’milish, suv va ichimliklarni istе’mоl qilish, оvqatlanish, uyqu va dam оlish mazmunlari ham jоy оlgan. Kеksalik davridagi jismоniy tarbiya va umuman safar (sayohat) vaqtlarida fasllarga qarab harakat qilish asоslarini ham ko’rsatadi.Ibn Sinоning ilmiy-pеdagоgik mеrоslarida jismоniy tarbiyaning eng muhim vоsitalari sifatida hammоmda cho’milish, sоvuq suvda cho’milish, suv va ichimliklarni istе’mоl qilish, оvqatlanish, uyqu va dam оlish mazmunlari ham jоy оlgan. Kеksalik davridagi jismоniy tarbiya va umuman safar (sayohat) vaqtlarida fasllarga qarab harakat qilish asоslarini ham ko’rsatadi.

7. Bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va texnologiyalari fanining ilmiy tadqiqot metodlari.


Hozirgi kunda ilmiy tekshirish uslublarining turlicha xillari bo’lib, qo’shma fanlarning tadqiqot uslublaridan, ayniqsa, fiziologiya, antropologiya, bioximiya, psixologiya va ijtimoiy-tarixiy izlanish uslublariga ko’proq ehtiyoj sezilayotganligi ahamiyatga molik. Jismoniy tarbiya nazariyasining asosiy ilmiy tadqiqot uslubiyatlari - nazariy tahlil va umumlashtirish, pedagogik kuzatish, eksperiment (tajriba) va matematik hisoblashdan iboratdir. Ilmiy tadqiqotda nazariy tahlil va umumlashtirish usuliyati Ma’lumki, nazariy tahlil va umumlashtirish adabiyot materiallarini to’la tahlil qilish va umumlashtirishdan boshlanadi. Adabiyot materiallarini to’liq o’rganib chiqish juda qiyin. U har 4-5 yilda yana shunchadanga ko’payadi. Bundan tashqari ilmiy jurnallardagi tadqiqotlar haqidagi maqolalar bir necha marotaba ko’paymoqda. Bunda yordamchi ilmiy predmet - bibliografiya fani tadqiqotchining ishini yengillashtiradi. U nashr qilingan adabiyotlarni tartibga soladi va ro’yxatini tuzib chiqadi. Retrospektiv uslub orqali sistemaga solish ma’lum davr ichidagi mavjud adabiyotlarning ilmiy yo’nalishi bo’yicha yangiliklarga qisqa izoh beradi.Pedagogik kuzatish ilmiy tadqiqot usuliyati Tadqiqotchi qo’llayotgan bu usuliyatning ijobiy tomoni shundaki, izlanuvchining o’zi tadqiqotda aynan ishtirok etmaydi. Hayotdagi kuzatishdan farqli o’laroq, bu usuliyat kuzatish predmetini aniq o’rganadi, kuzatilayotgan va undan aniqlangan dalillarni tezlik bilan hisobga oladigan tizimni ishlab chiqishi va uni izlanishda qo’llashi oson kechadi. Maxsus bayonnomalar, yozuvdagi shartli ifodalagichlar va tadqiqotni osonlashtiradi. Barcha ilmiy kuzatishlar natijasi kuzatuvchi-ning shaxsiy qobiliyatigagina bogliq bo’lmasligi lozim, chunki o’rganilayotgan dalillar, ularni natijalari ko’pchilikda turlicha fikr hosil bo’lishiga olib keladi.Keng tarqalgan, aniq hisobga olish usuliyatlaridan biri xronometrlashdir. «Xrono»-vaqt, «metr» ulchov demakdir. Bunda harakatni bajarish uchun sarflangan vaqtga qarab natija tahlil qilinadi. Masalan, 800 metrga yugurishda har bir 100 metr uchun sarf bo’lgan vaqt yoki darsni, trenirovka mashgulotining boshidan oxirigacha zichlikni aniqlash maqsadida xronometrlash mashgulotning asosiy vaqtini samarasiga baho berish uchun foydalaniladi.

8. Jismoniy mashqlar xarakteristikasi.


Jismoniy mashq – jismoniy tarbiya qonuniyatlari talablariga javob beruvchi, ongli ravishda bajariladigan ixtiyoriy harakat faoliyatlarining turli turkumi tushuniladi. Jismoniy mashqlar - kishining jismoniy taraqqiyot darajasini oshirish uchun maxsus tanlangan harakatlar. Muntazam va izchil bajariladigan J. m. jismoniy tarbiyaning asosini tashkil etadi. Jismoniy tarbiya amaliyotida tarkib topgan J. m. (odamning mehnat, turmush, harbiy faoliyatidan olingan harakat va amallar asosida — yugurish, sakrash, irgʻitish, tosh koʻtarish, suvda suzish va b.) gimnastika, yengil atletika, ogʻir atletika, harakatli va sport oʻyinlari, sport turizmi va h.k.ni keltirib chiqardi. Ilmiy asosda tanlangan J.m. barcha harakat organlarining faoliyatini yaxshilaydi, mehnat qobiliyatini oshiradi. J.m. turlari toʻgʻri va aniq tasnif qilinishni taqozo etadi. Shunda ulardan koʻzlangan samaraga erishish mumkin.Yukni oladigan mushaklar soni bo'yicha: 1. Mahalliy (izolyatsiya) - mashqlar, bu vaqtda kam miqdordagi mushaklar umumiy massaning 1/3 qismidan kamroq ishtirok etadilar. Bu gimnastikada, fitnessda , bodibildingda va hokazo. Individual mushak guruhlari uchun turli mashqlarni o'z ichiga oladi. 2. Hududiy - bunday mashqlarni bajarishda yuk butun tananing mushak massasining 1/3 dan 1/2 qismiga to'g'ri keladi. Odatda, bu tananing yuqori qismlari va mushaklarida mashqlar. 3. Umumiy - umumiy massaning 1/2 qismidan ko'p qismini mashq qilish uchun sizga imkon yaratadigan umumiy jismoniy mashqlar. Ushbu turkumda siz velosipedda velosipedga chiqishingiz mumkin. Mushaklarning qisqarishi turi bo'yicha: 1. Statik - bunday mashqlarni bajarishda tanani bo'shliqda harakat qilmaydi, masalan, barni saqlab turish. 2. Dinamik - bu mashqlar uchun musbat kasılmaların tipik izotonik turi, masalan, baseynda, yurish va hokazo. Maxsus va umumiy mashqlarning eng keng tarqalgan turlari: 1. Quvvat mashqlari, mushaklar hajmini kuchaytirish va kuchaytirishga yordam beradi. Hatto ularning yordami bilan siz ortiqcha vazndan xalos bo'lishingiz mumkin. Trening mashqlar o'zingiz yoki qo'shimcha og'irliklaringiz bilan amalga oshiriladi va trenajyorlar ustida mashqlar mavjud. 2. Aerobik mashqlar - bu yurak, nafas olish va chidamlilikni o'rgatishga yordam beradigan mashqlar. Agar siz kilogramm berishni xohlasangiz, unda bunday mashqlar kompleksda bo'lishi kerak. Bunga yugurish, suzish, raqs, futbol va boshqalar kiradi.

9. Bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va texnologiyalari fanining maqsadi va vazifalari


Bolalar bog’chasi va yaslidagi jismoniy tarbiya jarayoniga mudir rahbarlik qiladi. Jismoniy tarbiya ishini tarbiyachi olib boradi, u mashg’ulotlarni musiqachi, shifokor bilan birgalikda rejalashtiradi. Shifokor tarbiyachiga jismoniy mashqlarni tanlashga, ularning me’yorini aniqlashga yordam beradi.O’quv tipidagi jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish mashg’ulotlari bolalarni harakatga o’rgatishda asosiy rol o’ynaydi.Bu mashg’ulotlar yasli va bog’chalarning hamma guruhlarida o’tkaziladi. 1 yoshgacha bo’lgan bolalarda har bir bola bilan ayrim jismoniy mashqlar uqalash bilan qo’shib olib boriladi. 1-3 yoshgacha bo’lgan bolalar guruhlarida haftada 1 marotabadan, 3-7 yoshdagi bolalar guruhlarida haftada 3 marta jismoniy tarbiya mashg’ulotlari o’tkaziladi. Yosh ortgan sari mashg’ulotlarning davomiyligi 10-45 daqiqagacha oshirilib borilaveradi. Mashg’ulotlar 4 qismdan - kirish, tayyorlov, asosiy, yakuniy qismlardan iborat bo’ladi va ularning har birida aniq vazifalar hal qilinadi. O’yinlar ertalab soat 1000-1200 larda va tushlikdan so’ng o’tkaziladi. Ularning maqsadi bolalarda bizga ma’lum bo’lgan jismoniy sifatlarni rivojlantirishdir. Jismoniy tarbiya daqiqalari rasm mashg’ulotlarida, plastilin bilan ishlash paytida hisob, nutqni rivojlantirish mashg’ulotlari davomida o’tkaziladi. Bu mashg’ulotlar uchun 2-3 ta jismoniy mashq tanlanib, ular turgan, o’tirgan holda bajariladi. Yasli va bolalar bog’chasida umumiy ish rejasi tuzilib, unda jismoniy tarbiya tadbirlari belgilanadi. Bu bo’limda jismoniy tarbiyaning asosiy maqsadi yoritiladi va uni bajarish uchun aniq vazifalar belgilanadi. Vazifalar har xil bo’lishi mumkin: suzishni o’rgatish, velosiped, samokat, rolikli konkida uchishni o’rgatish va boshqalar. Buning uchun tarbiyachilar oldindan maslahatlashib, basseyn to’ldiriladi yoki yaxmalak uchish joyi tayyorlanadi. Tarbiyachi dasturni kvartal, oylar va haftalarga bo’lib reja tuzadi va o’sha reja asosida jismoniy tarbiya jarayonining borishini boshqaradi.

10. Jismoniy tarbiya tizimida ta’lim-tarbiya berish tamoyillari.


Bolalarga jismoniy ta’lim va tarbiya berish jarayonida quyidagi didaktik-ta’limiy tamoyillar qo’llaniladi: -tizimlilik va izchillik, -onglilik, mustaqillik va ijodiy faollik, -ta’limning ko’rgazmali og’zaki va amaliy usullarini birga qo’shib olib borish; -tushunarlilik va individuallashtirish tamoyili; -ta’limning frontal, gruh va yakka tarzdagi shakllarini birligi; -talablarni tobora oshirib borish tamoyili. Tizimlilik va izchillik tamoyili. Jimoniy tarbiya maqsadlarida foydalaniladigan tadbirlarning (kun tartibi, chiniqish, harakat ko’nikmalarining shakllanishi) tizimlilik butun maktabgacha tarbiya davri davomidagi jismoniy tarbiya jarayonining uzluksizligi, muntazamligi, rejalashtirilganligidan, yuklama va dam olishning majburiy almashinib turishi asosidagi jismoniy tarbiya mashg’ulotlarining aniq izchilligidan, mashg’ulotlarning izchilligi, ketmaketligi, mazmunan o’zaro aloqadorligidan iboratdir. Onglilik, faollik va mustaqillik tamoyillari bolaning o’z faoliyatiga ongli va faol munosabatda bo’lishga tayanishni ko’zda tutadi, u yoki bu maqsadni amalga oshirish uchun nimani qanday bajarish kerakligini aniq tasavvur kilish lozim. Ta’limning ko’rgazmali, og’zaki va amaliy usullarini birgalikda qo’shib olib borish tamoyili. Bilish faoliyati hissiy bilish jarayonlarini amaliyot bilan birligidir. Harakatlarga o’rgatish jarayonida bilishning bu ajralmas qismlari o’zaro aloqadorlikda bo’ladi.Tushunarlilik va bolalarga yakka yondashish tamoyili bolaning yosh xususiyatlar imkoniyatlarini hisobga olishni, hamda shu bilan bog’liq ravishda uning kuchiga yarashga opshiriqlar belgilashni ko’zda tutadi. Ta’limning frontal, gruh va yakka tartibdagi usullarini birligi tamoyili. U tamoyil ta’limning turli usullari ko’llanilgandagi uyushqoqlikni ko’zda tutadi: frontal usul qo’yilgan vazimoduli bir vaqtda, ongli va ahil ravishda bajarishni talab etadi; gruh usuli mas’ul, mustaqil va o’zaro yordamni rag’batlantirishni talab etadi; yakka yondashuv usuli tarbiyachining ba’zi bolalarga zarur yordam berishi va ancha tayyorgarligi bor boshqa bolalarga nisbatan talabchanlikni oshirishda ifodalanadigan rahbarligini talab etadi.Tinglovchilarni asta-sekin oshirib borish tamoyili. Bu tamoyilning sharti bola oldiga birmuncha qiyin vazifalar qo’yish va bajartirish hamda yuklama ko’lamini va intensivligini asta-sekin oshirib borishdan iboratdir.

11. Bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va texnologiyalari rivojlanish turlari


Jaxon sporti va jismoniy tarbiyasining rivojlanishi anik ifodalangan ikki asosiy yunalishga ega. Birinchi yunalish — barcha mamlakat va kit’alarda egallab olinayotgan sportning klassik turlarini xar tomonlama rivojlantirish va yoyish xamda Olimpiya uyinlarida rasm bulayotgan sport turlarini eng kup tarkatishdan iboratdir. Ikkinchi yunalish — millatni soglomlashtirishda jismoniy tarbiya va sportning milliy turlaridan yanada kuprok foydalanishdir. Jismoniy tarbiya va sportning bu turlari muvaffakiyatli yashamokda va yoshlarga ma’kul kelmokda, xatto klassik turlar bilan rakobatlashmokda. Amerikada 3 yoshgacha bolalar tarbiyasi bilan onalar shug’ullanadilar, lekin ularga hech qanday imtiyozlar berilmagan. Uch yoshdan 5 yoshgacha xususiy yoki davlat bog’chalaridan foydalanish mumkin, lekin bolalar bog’chalari kichik va bu tizim kam rivojlangan.
Mamlakatimizda maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi davlat va jamoat muassasalarida olib boriladi. Davlat muassasalari yaslilar, bolalar bog’chalari; jamoat muassasalari mahkamalar, korxonalar, xususiy bog’chalar. Jismoniy tarbiya, asosan, davlat muassasalarida amalga oshiriladi. Bolalar bog’chasi va yaslidagi jismoniy tarbiya jarayoniga mudir rahbarlik qiladi. Jismoniy tarbiya ishini tarbiyachi olib boradi, u mashg’ulotlarni musiqachi, shifokor bilan birgalikda rejalashtiradi. Shifokor tarbiyachiga jismoniy mashqlarni tanlashga, ularning me’yorini aniqlashga yordam beradi.

12. Ta’lim usullari tasnifi.


Usul metodning bir qismi, uni to’ldiruvchi va aniqlashtiruvchi qismidir. Ko’rgazmali metodga oid usullar Bolalarni harakatlarga o’rgatishda ko’rgazmalilikning turli usullaridan foydalaniladi. Taktil mushak ko’rgazmaliligi bolalarning harakat faoliyatiga jismoniy tarbiya qo’llanmalarini kiritish bilan ta’minlanadi. Yaqqol eshitish usullari harakatlarni ovoz orqali boshqarishga asoslanadi. Cholg’u musiqasi va ashula eng yaxshi eshitish ko’rgazmasi hisoblanadi. Ular bolalarda estetik his va emotsiyaonal ko’tarinkilik uyg’otadi, harakat xarakterini belgilaydi, uning sur’ati va ritmini boshqaradi. Og’zaki metodga oid usullari. Harakatlarga o’rgatishdagi og’zaki usullar quyidagilarda ifodalanadi: Bayon etish va tushuntirish bunda bolalarga ulardagi mavjud hayotiy tajriba tasavvurga tayangan holda yangi harakatlarni aniq, qisqa bir vaqtda tushuntiriladi. Sharhlash usuli harakatlarni aniq ko’rsatish yoki uning ayrim elementlarini aniqlash asosidagi sharhlash. Ko’rsatma berish usuli tarbiyachi tomonidan ko’rsatilgan harakatlarni qayta bajarishda yoki mashqlarni bolalar mustaqil bajarishlarida zarur bo’ladigan ko’rsatmalar. Suhbat usuli yangi jismoniy mashqlar va harakatli o’yinlarni joriy qilish va harakatlarni o’rgatishda ularni tushuntirish, harakatli o’yin syujetini aniqlashtirish talab etilganda oldindan o’tkaziladigan suhbatlar. Savol berish usuli tarbiyachi jismoniy mashqlarning bajarilishidan oldin harakatlarni bajarish izchilligini anglash darajasini aniqlash yoki mazmunli harakatli o’yinlar haqidagi tasavvurningbor yo’qligini tekshirish, qoidalarni, o’yin harakatlarini aniqlashtirish maqsadida bolalarga savollar beradi. Farmoyish va singallar berish usuli. Masalan, «To’xtang! Bir, ikki, uch yuguringlar», «Sakrab oyoqlarni elka kengligida ochib turing!» Bu buyruqlar bolalarning javobharakat reaktsiyasini tezligi va aniqligini vujudga keltiradigan turli intonatsiya va dinamikani talab qiladi. Bular qatoriga baland ovozda dona-dona qilib sanash va o’yin boshlanmalarini ifodali talaffuz etishni ham kiritish mumkin.Ifodali mazmunli hikoya usuli. U harakatlardagi ifodalilikni rivojlantirish va o’yin obraziga yaxshiroq kirish maqsadida qo’llaniladi.Amaliy metodga oid usullar Bolalarni harakatga o’rgatishda tarbiyachi ko’rgazmali va og’zaki usullar bilan o’zaro bog’liq turli amaliy usullar majmuasidan foydalanadi.

13. Jismoniy tarbiya vazifalari va vositalari


Maktabgacha tarbiya muassasalarida jismoniy tarbiyaning quyidagi vazifalari mavjuddir. 1.Sog’lomlashtirish vazifalari. 2.Ta’limiy vazifalar. 3. Tarbiyaviy vazifalar. Sog’lomlashtirish vazifalari hayotni saqlash va sog’liqni mustahkamlash, jismoniy rivojlanishni yaxshilash, organizm funktsiyalarini takomillashtirish, chiniqish yo’li bilan uning turli kasalliklarga nisbatan himoyalanish xususiyatlarini va chidamliligini, tashqi muhitning noqulay sharoitlariga (suv va havoning past va yuqori temperaturasi, quyosh nurining ta’siri) bo’lgan qarshiligini oshirish. Bundan tashqari bolalarning umumiy ish qobiliyatini oshirish ham muhimdir.Ta’limiy vazifalar maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni jismoniy tarbiyalash jarayonida quyidagi ta’limiy vazifalar hal etiladi: - harakat ko’nikma va malakalarini shakllantirish; - jismoniy sifatlar (chaqqonlik, tezkorlik, egiluvchanlik, muvozanat, ko’z bilan chamalash, kuchlilik, chidamlilikni o’stirish; to’g’ri qaddi-qomat,gigiena ko’nikmalarini tarbiyalash; - jismoniy tarbiya haqidagi bilimlarni o’zlashtirish.Tarbiyaviy vazifalar jismoniy tarbiya jarayonida bolalarda kun tartibiga rioya qilish, jismoniy mashqlar bilan har kuni shug’ullanish ehtiyojini hosil qilish bu mashqlar bilan maktabgacha tarbiya muassasalarida va oilada mustaqil shug’ullanish malakalarini rivojlantirish, ularni o’z tengdoshlari va kichik yoshdagi bolalar bilan o’tkazish. Jismoniy tarbiya jarayonida axloqiy, aqliy, estetik va mehnat tarbiyasini amalga oshirishning katta imkoniyatlari mavjud. Jismoniy tarbiya vositalarining quyidagilar kiradi: 1. Gigienik omillar. 2.Tabiatning tabiiy kuchlari (quyosh, havo, suv) 3. Jismoniy mashqlar. 4. Xilma-xil faoliyat turlari. 5. Uqalash (massaj) Gigienik omillarga: a) mashg’ulotlar rejimi; b) dam olish; v) Ovqatlanish; g) uyqu; d) kiyim bosh, poyabzal; e) jismoniy jihozlar, xonalar, maydonchalar… kiradi. Tabiatning tabiiy kuchlariga quyosh, havo, suv kiradi, ular jismoniy mashqlarning organizmga ta’sirini kuchaytiradi va kishi ish qobiliyatini oshiradi. Jismoniy mashqlar jismoniy tarbiyaning kishiga har tomonlama ta’sir etuvchi asosiy o’ziga xos shaklidir. Ulardan jismoniy tarbiyaning sog’lomlashtirish, ta’limiy va tarbiyaviy vazifalarini hal etishda foydalaniladi: aqliy, axloqiy, estetik va mehnat tarbiyasini amalga oshirishga xizmat qiladi.Raqs mashqlari organizmning barcha tizimlariga ta’sir qiladi, jismoniy fazilatlarni rivojlantiradi, harakatlar nafis, erkin ifodalibo’la boradi, ijobiy xislar paydo qiladi, to’g’ri qad-qomatni shakllanishiga yordam beradi.Xilma-xil faoliyat turlari (mehnat, rasm, chizish, narsa yasash…) ga kiruvchi harakatlar agar qomatni to’g’ri tutishga rioya qilinsa, shuningdek jismoniy yuklamalar bolalarning yosh va individual xususiyatlari, sog’lig’ining ahvoli, jismoniy rivojlanishi va tayyorlanganligini hisobga olgan holda berilsagina bola organizmiga ijobiy ta’sir etish mumkin. Uqalash (massaj) -silash, surtish, uqalash, shapatilash, titratish teriga ta’sir qilib, bolaning butun organizmiga ta’sir etadi. Massaj qon tomiri tizimiga ham ta’sir qiladi

Download 20,16 Kb.
  1   2   3




Download 20,16 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va texnologiyalari fanining predmeti va asosiy tushunchalari

Download 20,16 Kb.