GLOSSARIY
«
Jismoniy kamolot
»
- bu har tomonlama rivojlanishning va odamda harakat qilishga tayyor
bo‗lib turishini tarixiy vujudga kelgan darajasi bo‗lib, ishlab chiqarish harbiy turmush sharoitiga
eng yaxshi moslanish imkoniyatini, yuksak ish qobiliyatini va hayotiy muhim funksiyalarning normal
o‗sishini ta‘minlaydi.
«
Jismoniy kamolot
»
- to‗liq salomatlik bilan xarakterlanib kishining uzoq vaqt faol hayotiy va
boshqa bir qancha ko‗rsatkichlar - har qanday tashqi muxit sharoitida
jismoniy va aqliy ish
qobiliyatini har tomonlama va yuqori darajada jismoniy va irodaviy sifatlarni,
katta masshtabdagi
harakat ko‗nikmalarini va tana shaklini garmonik rivojlantirishdan iboratdir.
Jismoniy tayyorgarlik - sog‗liq, jismoniy rivojlanish hamda hayotga,
maktabga va Vatan
mudofaasiga jismoniy tayyorgarlikning yuqori darajasini o‗z ichiga oldi. Misol: Jismoniy mashqlar
va sport bilan shug‗ullangan va shug‗ullanmaydiganlar bilan taqqoslash;
albatta sport bilan
shugullangan o‗kuvchilarning jismoniy tayyorgarligi nisbatan yuqori bo‗ladi.