MUNDARIJA
t/r
O‗quv uslubiy majmua elementlari
betlar
1
Ma‘ruzalar matni
2
Amaliy mashg‗ulotlar va (yoki) seminar mashg‘ulotlar
uchun materiallar
3
Mustaqil ta‘lim mavzularini o‘zlashtirish bo‘yicha
zarur uslubiy ko‘rsatmalar
4
Glossariy
5
Ilovalar
-fan dasturi
- ishchi dasturi
- tarqatma materiallar
- testlar
- baholash mezonlari va fanni o‘rganish bo‘yicha
boshqa materiallar)
O‟quv materiallari
I-semestr: Ma‟ruza
1-Mavzu: Bolalar jismoniy tarbiya nazaryasi va texnologiyalari fanining
predmeti va asosiy tushunchalari.
Mavzu rejasi:
1. Bolalar jismoniy tarbiya nazaryasi va texnologiyalari fanining predmeti va asosiy
tushunchalari.
2. Maktabgacha ta‘limda jismoniy tarbiya metodikasida tadqiqot metodlari.
Tayanch so‟zlar
Jismoniy tarbiya, sog‘lomlashtirish, moddiy-texnika bazasini,
yurak-qon tomirlari, - suyaklar sistemasi, ichki organlarning,ovqat hazm qilish,
modda ajralish, psixik jarayonlar,
jismoniy rivojlanish, jismoniy tayyorgarlik,
jismoniy mashq, sport, jismoniy kamolat, moddiy boyliklar, ma‘naviy boyliklar.
O‘quv muassasalarida (maktabgacha ta‘lim muassasalari, umum o‘rta ta‘lim
maktab, akademik litsey hamda kasb-hunar kollejlari) shug‘ullanuvchi o‘quvchi-
yoshlarning(bolalarning) jismoniy tarbiyasi O‘zbekiston jismoniy tarbiya tizimining
asosiy bo‘limi bo‘lib hisoblanadi.Bu eng katta bo‘lim bo‘lib, bunda o‘quvchi-yoshlar
(bolalar) bilim tajriba va harakat maxoratini maktabgacha ta‘lim muassasasida,
umum o‘rta ta‘lim maktabi hamda akademik litsey yoki kasb-hunar kollejlarda
davom ettirishlari ko‘zda tutilgan, demak, mana shu yillar mobaynida jismoniy
tarbiyaning muhim harakatlariga ega bo‘ladilar.
Ilmiy texnika taraqqiyoti sharoitida kishilarning mehnat vazifalari o‘zgarib turadi.
Bunda jismoniy mehnat kamayib aqliy mehnat ko‘payib boradi. Shu boisdan
jismoniy tayyorgarlikga bo‘lgan talab oshib bormoqda. Hozirgi paytlarda gazeta
sahifalarida tibbiyot hodimlari «gipodinamiya», ya‘ni jismoniy mashqlar, jismoniy
mehnat, faol harakat insoniyat faoliyatida kundan-kunga kamayib borganligi haqida
tashvishlanib gapirmoqdalar. Bu esa o‘z navbatida asr kasalligi yurak tomir
kasalligining yildan-yilga ortishiga sababchi bo‘lmoqda.
Shifokorlar fikricha, bu kasallikning oldini olishning zaruriy vositalaridan biri
ko‘proq harakat qilish va jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanishdir hamda
«
tabiatning
sog‘lomlashtirish kuchlari
»
dan unumli foydalana olish katta ahamiyatga ega.
O‘quv muassasalarida jismoniy tarbiyani takomillashtirish, o‘quv tarbiya ishlarini
yaxshilashning tarkibiy qismi hisoblanadi va «Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida»gi
qonun (1992 yil 14 yanvar),
«
Sog‘lom avlod uchun
»
istiqbol dasturi (1993 yil),
«
Ta‘lim to‘g‘risida
»
gi qonun hamda
«
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi
»
(29 avgust
1997 yil), «Uzbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasini tuzish
to‘g‘risida»gi farmoni (2002 yil 27 oktyabr) talablarini amalga oshirish uchun o‘z
xissasini qo‘shadi. So‘nggi yillarda o‘quv muassasalarida o‘quvchi-yoshlar (bolalar)
jismoniy kamolotga yetishida jiddiy kamchiliklar borligi va o‘quvchi-yoshlar
(bolalar) hayoti uchun zarur genetik qoidalarni mukammal bilmasliklari, hamda
birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish sohasida
yetarli bilimga ega emasliklari ma‘lum bo‘lmoqda.O‘quv muassasalarida jismoniy
tarbiyaning xilma - xil shakllari mavjud. Afsuski, joylarda (maktabgacha ta‘lim
muassasalarida, umum o‘rta ta‘lim maktablarida (boshlang‘ich, o‘rta sinflarda),
akademik litsey yoki kasb-hunar kollejlarida faqat dars shaklini tashkil qilish va
o‘tkazish bilan cheklanib qolinmoqda. Bu yesa o‘quvchi-yoshlarning (bolalarning)
harakatga bo‘lgan talablarini qoniqtirmaydi.Pedagogik kuzatishlarning ko‘rsatishicha
jismoniy tarbiya darslari jarayonida o‘quvchi-yoshlar (bolalar) hayot uchun zarur
bo‘lgan harakat faolligini nixoyatda kam qismini oladilar.
O‘zbekiston xalq ta‘limi Vazirligini 1989 yil 30 yanvar, 45 sonli buyrug‘iga
binoan haftasiga 3 soat jismoniy tarbiya darsini o‘tish mo‘ljallangan edi. Lekin
jismoniy tarbiya o‘qituvchilari bundan unumli foydalana olmadilar. Bundan tashqari
darslarni metodik jihatdan to‘g‘ri tashkil qilinmasligi (ko‘pchilik bog‘chalarda
bolalar bilan maktablarda boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilan jismoniy tarbiya
darsini mutaxassis bo‘lmagan o‘qituvchilar tashkil qiladi va o‘tkazadilar):
o‘quvchilarning yosh xususiyatlari va jismoniy rivojlanishini hisobga olgan holda
mashqlar tanlanishi natijasida o‘quvchilarda jismoniy sifatlarni tarbiyalash, harakat
malakalarini shakllantirish yetarli darajada emas.Ko‘pgina o‘quv muassasalarida
o‘quvchi-yoshlarning (bolalarning) jismoniy rivojlantirish uchun zarur va faol dam
olishga qaratilgan tadbirlar: mashg‘ulotgacha o‘tkaziladigan gimnastika, katta
tanaffuslarda qiziqarli tashkil qilinadigan harakatli o‘yinlar, mashgulotlar, umum -
ta‘lim darslar jarayonida o‘tkaziladigan quvnoq daqiqalar va boshqa tadbirlarni
tashkil qilishga e‘tibor qaratilmay qolmokdi. Natijada shug‘ullanuvchilarning
jismoniy xatti - harakatlari, faol ishchanligi tez pasayib boradigan bo‘ldi.
Mustaqil O‘zbekiston Respublikasining strategik vazifalaridan biri - kelajakdagi
barcha ezgu ishlarni amalga oshirishga qadar bo‘lgan jismoniy sog‘lom va ma‘naviy
barkamol shaxsni voyaga yetkazishdan iborat. Bu vazifalarni amalga oshirish uchun
o‘quv ishlarini rejalashtirishda va samarali olib borishda yangicha hamda ijodiy
qarashimizning lozimligi, ishga tashabbuskorlik bilan yondoshishimiz kerakligi
ta‘kidlanmokda. Demak, maktabgacha va maktab yoshidagi bolalar hamda akademik
litsey, kasb-hunar kollej usmirlari jismoniy tarbiya tizimini rivojantirish zarur,
ularning harakat mahoratini oshirish chora - tadbirlarini ishlab chiqish
kerak.Maktabgacha va maktab yoshidagi bolalar, o‘spirin va o‘smirlar tarbiyasida,
ularni jismoniy baquvvat, aqlan barkamol bo‘lib yetishishlarida jismoniy tarbiya
yetakchi rolni o‘ynaydi.
Bu muammolarni xal yetishda asosiy o‘rin bolalar va kattalar orasida,
o‘qituvchilar, ota-onalar o‘rtasida organizmni chiniqtirish, gеnetik qoidalari va
talablarni o‘rgatish va tarbiyalash sog‘lom turmush tarzini tarkib etish egallaydi. Shu
sababli birinchi navbatdagi vazifa bolalarning har tamonlama to‘liq rivojlanishiga
yordam beradi salomatligini mustahkamlash, hayotga tayyorlash, foydali mehnatga
tayyorlash, yetuk shaxs bo‘lishiga hissa qo‘shadi.O‘quvchi-yoshlarni (bolalarni)
jismoniy tarbiyalashning turli xil shakllaridan foydalanish bog‘chada, maktabda
nafaqat jismoniy tarbiya mutaxassisi, o‘qituvchisining vazifasi, balki tarbiyachilar
hamda boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining, bogcha, maktab jamoatchiligining va
maktab yoshlar uyushmasi faollarining ham bevosita vazifasidir. Ammo ko‘pgina
ukuv muassasalarda jismoniy tarbiya davlat dasturida ko‘zda tutilganidek tashkil
qilinmaydi. Buning birinchi sababi maktab o‘quvchilarining jismoniy tarbiyasiga
ma‘sul bo‘lganlarning barchasiga jismoniy tarbiya nazariyasiga oid va metodikasiga
oid bilimlari yetarli emas. Bu muammolarni hal qilishga qaratilgan metodik
adabiyotlar va qo‘llanmalar ham juda kam. Biz respublikamizning ijtimoiy asoslarini
mustaxkamlashda, uning barqarorligida, mamlakatimizning ertangi taqdiri bog‘liq
bo‘lgan jismonan sog‘lom, ma‘naviy jihatdan yetuk yosh avlodni tarbiyalashda
oilaning muhim o‘rin tutishiga katta ahamiyat berishimiz va amalga oshirishda o‘z
hissamizni qo‘shishni baxt deb bilamiz.
|