|
Ilmiy tadqiqot jarayonida pedagogik kuzatishBog'liq MAJMUA BOLALAR JISMONIY TARBIYASI Н.Хусенов Ilmiy tadqiqot jarayonida pedagogik kuzatish
Tadqiqotchi
qo'llayotgan
bu
usuliyatning
ijobiy
tomoni
shundaki,
izlanuvchining o'zi tadqiqotda aynan ishtirok etmaydi. Hayotdagi kuzatishdan farqli
o'laroq, bu usuliyat kuzatish predmetini aniq o'rganadi, kuzatilayotgan va undan
aniqlangan dalillarni tezlik bilan xisobga oladigan tizimni ishlab chiqishi va uni
izlanishda qo'llashi oson kechadi. Maxsus bayonnomalar, yozuvdagi shartli
ifodalagichlar va tadqiqotni osonlashtiradi. Barcha ilmiy kuzatishlar natijasi
kuzatuvchi-ning shaxsiy qobiliyatigagina bog‘liq bo'lmasligi lozim, chunki
o'rganilayotgan dalillar, ularni natijalari ko'pchilikda turlicha fikr xosil bo'lishiga olib
keladi. Bu usuliyatning qulay tomoni shundaki, bir vaqtni o'zida bir necha kuzatuvchi
bir oboektni kuzatishi va natijalarni solishtiriladi. Bunda ayrim apparatlar o'sha
harakatning bajarilishini qayta takrorlashi yoki tadqiqot o'lchoviga qarab uni foto,
kinosyomka, video, magnit tasmasi yozuvi va boshqalar) orqali kuzatish lozim
bo'lgan xulosalarni qiladi. Bunday xulosalar oboektiv bo'ladi. Uni ijrosidagi
kamchiliklar yoki yangiliklarni takroriy ko'rish imkoni bor. Lekin qator sport turlari,
harakat faoliyati va harakat aktini baholashda bahslar, munozaralar qilishga to'g‘ri
keladi. Xulosalar suboektiv bo'lib yakuniy xulosa natijasiga salbiy taosir qilish xollari
xam uchraydi. Hozirgi zamon jismoniy tarbiya nazariyasida harakatlarni ijrosi
bajarilishidagi ayrim dalillar va ular haqidagi xulosalarda noaniqlikga yo'l qo'yilishi
kuzatiladi. Masalan, badiiy gimnastika, akrobatika, suvga sakrash, figurali uchish va
boshqalarda harakatni ifodalanishining bayoni faqat ko'z bilan baxolanadi. Qator
hakamlarning xar biri o'z fikrini subyektiv xolatda o'zicha bayon qiladi, umumiy
xulosa umumlashtirilib so'ng baholanadi. Bunday kuzatish usuliyati tadqiqotchi yoki
kuzatuvchidan o'ta kuchli salohiyatni talab qiladi.Keng tarqalgan, aniq xisobga olish
usuliyatlaridan biri xronometrlashdir. "Xrono"-vaqt, "metr"-o'lchov demakdir. Bunda
harakatni bajarish uchun sarflangan vaqtga qarab natija taxlil qilinadi. Masalan, 800
metrga yugurishda xar bir 100 metr uchun sarf bo'lgan vaqt yoki darsni, trenirovka
mashg‘ulotining boshidan oxirigacha zichlikni aniqlash maqsadida xronometrlashdan
mashg‘ulotning asosiy vaqtini samarasiga baho berish uchun foydalaniladi.
|
| |