kelishi mumkin. Bu ilmiy tadqiqot usuliyatining salbiy tomonidir. Eksperimentni
obyektiv o'tkazishning amaliyotida tabiiy, modulli va laboratoriya
eksperimentlari
deb nomlangan eksperiment xillaridan foydala-niladi.
Tabiiy eksperiment xayotiy sharoitda olib boriladi. Undan tajriba ishtirokchilar
butunlay bexabar (samaraligi xam shunda) bo'ladilar. Masalan, bir maktabning ikki
sinfidagi jismoniy tarbiya darslarida dastur materialini o'zlashtirilishi anoanaviy
o'qitish uslullari bilan, boshqasida esa maxsus tanlangan usuliyatlar bilan olib borilib,
natijani taqqoslash orqali qaysi sinfda samaradorlik yuqori bo'lganligini
aniqlash
mumkin bo'ladi.Modulli eksperiment metodidan kuzatuvchi xayotda uchray-digan
oddiy sharoitdan bir oz o'zgargan muxitda tajriba o'tkaziladi. Masalan, muskul
kuchini o'stirishda sportga yangi kelganlar
bilan ish olib borilib, ular haftada uch
marta, aloxida guruxlarga bo'linib, birinchi guruxi yotgan holatda shtangada mashq
qilish, ikkinchi guruxi esa o'zining tanasi o?irligidan
foydalanib, uchinchi guruxi
faqat gantel ko'tarish bilan ma‘lum, belgilangan muddat davomida mashq qiladi. Har
qaysi guruxning moduli alohida (shtanga, gavdasi og‘irligi, gantel) mashqlar faqat
yelka kamar muskullarining kuchini ortirishga yo'naltirilgan. Eksperimentdan so'ng
natijalar taqqoslanib samara bergan
modul va uning mashqlari, uslubiyati effekti
e‘lon qilinadi va undan amaliyotda foydalanish tavsiya qilinadi.
Laboratoriya eksperimentida shug‘ullanuvchilar kundalik xayotiy sharoitda
amaliyotida kam uchraydigan holatda tajriba o'tkazadi. Masalan,
jismoniy
tayyorgarligi teng ikki gurux olinib, ulardan birining mashg‘uloti laboratoriyada,
ikkinchisiniki esa oddiy tabiiy sharoitda olib boriladi.
Bu tajribaning qulayligi
tajribaning laboratoriya sharoitida yangitdan takrorlay olish mumkin ekanligidadir.
Usuliyatni salbiy tomoni tajriba o'tkazuvchining tajribada aynan ishtiroki bo'lib,
obyektiv bo'lmagan yakuniy xulosalarga xam olib kelishi mumkin.