Bolalar jismoniy tarbiya nazaryasi va texnologiyalari




Download 2,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/127
Sana14.05.2024
Hajmi2,74 Mb.
#231500
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   127
Bog'liq
MAJMUA BOLALAR JISMONIY TARBIYASI Н.Хусенов

Asosiy adabiyotlar: 
1.Tulenova X, Xo‘jayev P, Xo‘jayeva M, Meliyev H. Jismoniy tarbiya nazaryasi va 
metodikasi (1-2 qismlar)Maktabgacha ta‘lim va bolalar sporti ta‘lim yo‘nalishi 
talabalri uchun uchun qo‘llanma.-T ―IQTISOD-MOLIYA‖,2012 
2. Djalilova H.H Bolalar jismoniy tarbiyasi. T.2020 y 
3.A.H.Normurodov ―Jismoniy tarbiya‖ T. O‘zbekiston 2011 y 
4.Makamjonov K.Salomov R. Ikromov I. ―Jismoniy madaniyat nazaryasi va 
metodikasi‖ Iqtisod-Moliya 2008 y 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


3-Mavzu: Bolalar jismoniy tarbiya nazaryasi va texnologiyalari faning 
rivojlanish tizimlari. 
Mavzu rejasi: 
1. Sharq mutaffakirlarining jismoniy tarbiya to‘g‘risidagi qarashlari 
2. Xorijiy davlatlarda bolalarga jismoniy tarbiya berish tizimining rivojlanishi . 
3. O‘zbekistonda maktabgacha ta‘lim yoshidagi bolalarga jismoniy tarbiya berish 
tizimining rivojlanishi . 
Qazilmalar natijasida topilgan har xil uy - ro‘zg‘or buyumlar, turli yodgorliklar, 
g‘oyalardagi rasmlar, va tasvirlar, avloddan avlodga o‘tgan doston va afsonalar, 
qadimdagi avlodlarning madaniyati, jumladan jismoniy madaniyati haqida fikr 
yuritishga olib keladi. 
Qadimgi qabilalarning hayoti hozirgi vaqtgacha saqlab kelish bizlar uchun qiziq 
axborotlarni beradi. O‘rta Osiyo xalqlari to‘g‘risida ma‘lumotlardan ular o‘zlarining 
ko‘p asrlik tarixlari davomida iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotning barcha asosiy 
bosqichlarni bosib o‘tganlar. O‘zbekiston xududiga madaniyat o‘choqlari juda 
qadimiy davlatlarga borib taqaladi. Samarqand, Buxoro, Toshkent, Termiz kabi 
qadimiy o‘choqlarga ega. Eng qadimgi davrda bu yerda yashagan aholining asosiy 
mashg‘uloti ko‘pchilik bo‘lib 
«
ov
»
qilishdan iborat bo‘lgan. Jismoniy tarbiya bilan 
shug‘ullanish tarixi shuni ko‘rsatadiki jamoada, ovchilik bilan shug‘ullanish uchun 
insonda chaqqonlikni, egiluvchan va jismonan sog‘lom, tez harakat qilishni talab 
etganligini bildiradi. Mexnat qilish va turli xil harbiy urushlar insonda o‘z-o‘zidan 
jismoniy tayyorgarliklarni, jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanishni talab etgan, inson 
«
ov
»
qilish urushlar uchun maxsus jismoniy mashqlar bilan tayyorgarlik 
qo‘rgan.Shunday qilib jamiyat, hodisasi bo‘lib jismoniy tarbiyaning vujudga kelishi 
va dastlabki rivojlanishda mexnat faoliyatlari ya‘ni yig‘ilishlar va 
«
ov
»
qilishlar katta 
ahamiyatga yega. Bunday mexnat faoliyati jarayonida jismoniy madaniyat va tarbiya 
aloxida o‘rin olgan. Bu haqda Qadimiy Sparta Afrosiyobdagi yodgorliklar
arxeologiya qazilmalar ma‘lum qiladi. Bu yodgorliklar o‘zlarida jismoniy 
madaniyatning turli elementlarining izlarini saqlab, ular qadimiy elatlardagi 
madaniyat va tadbirlar belgilari bilan bog‘liqdir. Qadimiy xalqining jismoniy kuchi 
mardligi chaqqonligi jasurligi chidamligi haqida o‘zbek halqining bir qator asarlari 
«
Farxod va Shirin
»

«
Go‘r o‘g‘li
»

«
Toxir va Zuhra
»

«
Alpomish
»
va boshqalarda aytib 
o‘tilgan. 
Bir qator milliy yig‘inlar va tantanalar yakka kurash turli o‘yinlar va qurollardan 
foydalangan holda olib borilar yedi, hamda bolalarning jismoniy tarbiyasiga katta 
e‘tibor berilar edi. Masalan: otda yurish, kamon otish va qilichbozlik san‘atiga 
o‘rgatishni yeng kichik yoshdan olib borilgan. 
Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi ilmiy va o‘quv fani bo‘lib ko‘pgina 
umumiy qonun - qoidalarini bilish jismoniy tarbiya nazariyasi fanining turli va aniq 
takrorlash uchun savollarini to‘g‘ri o‘rganishga yondoshish imkonini beradi. Bu fan 
jismoniy tarbiya tizimining maqsadini, vazifalarini qonun - qoidalarini o‘rgatadi, 


jismoniy tarbiyaning aqliy, axloqiy, nafosat va mexnat tarbiyasi bilan bog‘liqligini 
ochib beradi hamda jismoniy tarbiya vositalarini o‘rganishga harakat malakalarini 
shakllantirishga, jismoniy sifatlarini rivojlantirishga, sport trenirovkasining umumiy 
asoslarini va jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanishning turli shakllarining 
metodikasini ishlab chiqishga shuningdek turli o‘quv muassasalarida (bog‘cha, 
maktab, akadem-lisey va kasb-hunar kollejlar) ishni rejalashtirish va hisobga olishga 
katta e‘tibor beriladi. Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi amaliyot bilan 
chambarchas bog‘liq holda rivojlanib boradi. Rivojlanish manbai bo‘lib 
mamlakatimizda va qardosh davlatlarda olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar va ilg‘or 
tajribalar hisoblanadi. 
Jismoniy tayyorgarlik darajasi bo‘yicha hozirgi davrda «Salomatlik», 
«
Alpomish
»
va 
«
Barchinoy
»
me‘yorlar to‘plamidan foydalaniladi. Bu me‘yorlar 
birlashgan davlatlar sport klassifikasiyasining talablari hamda me‘yorlari bilan 
aniqlanuvchi harakat ko‘nikma, malaka, jismoniy sifatlar saviyasidir. Maktabgacha 
yoshdagi bolalar uchun jismoniy mashqlarni asosiy turlari hamda ularni bajarishga 
oid talablar asosida me‘yor ko‘rsatkichlar 
«
Bog‘chalarda jismoniy tarbiya dasturi
»
da, 
9 yillik umum o‘rta ta‘lim maktab o‘quvchilari uchun hamda akademik litsey, kasb-
hunar kollejlari uchun 
«
Jismoniy tarbiya dasturi
»
da ko‘rsatilgan. 
Jismoniy tayyorgarlik umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlikdan iborat. 
Umumiy jismoniy tayyorgarlik bu ixtisoslashtirilgan jarayon bo‘lib, uning 
mazmunini faoliyatining har bir turlarida keng umumiy yo‘nalishlarga qaratilgandir. 
Maxsus jismoniy tayyorgarliklar bu ixtisoslashtirilgan jismoniy tarbiya turlari bo‘lib 
chuqurlashtirilgan obyekt sifatida tanlab olingandir. Bularni sport turlarida yoki 
mehnatga - kasbga yo‘naltirilgan mashqlarda ko‘rishimiz mumkin. Misol: Halqa 
himoyasi o‘yini, uzunlikga sakrash (artistning, o‘quvchining, kosmonavtning va x.k.) 
ya‘ni, jismoniy tarbiyaning kasbga bo‘lgan yunalishidir. Aniq kasb xususiyatiga 
bog‘liq ravishda jismoniy tarbiyalarni o‘tkazishning maxsus metodikasi, vositalari, 
vazifalari bilan xarakterlanadi. 

Download 2,74 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   127




Download 2,74 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bolalar jismoniy tarbiya nazaryasi va texnologiyalari

Download 2,74 Mb.
Pdf ko'rish