Matematik statistikadan biologiya masalalarini hal etishda o'ziga xos ravishda
qo'llanilib beometriya yoki variasion statistika orqali xulosalar amalga oshirilmoqda.
Tadqiqot natijasida olingan materiallar tadqiqotning son va miqdor jixatlarini
mujassamlashtiradi. Raqamlar, ko'rsatkichlarni aniqligi
tadqiqotchiga matematik
jixatdan to'g‘ri va aniq fikrlar, muloxazalar qilishga, tadqiqot jarayoni bo'yicha
taqqoslash, umumlashtirishda, aniq xulosalar chiqarishga yordam beradi.
Agarda suzuvchilar yoxud basketbolchilarning
eksperimental va kontrol
guruxlarini yig‘ib ular bilan kuch talab qiladigan mashqlar bilan shug‘llanish
mashg‘ulotlarining samaradorligi tadqiq qilinsa, shug‘ullanuvchilarning jinsi, yoshi,
sport maxorati darajasiga qarab nazariy fikrlarni amaldagi holati haqida aniq
maolumotlar tayyorlash mumkin. Shuning uchun matematika
fanining matematik
statistikasi jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati xamda qator sport fanlarining
nazariyasi va usuliyatida ilmiy amaliy masalalarni ijobiy xal qilish, o'quv tarbiya va
sport trenirovkasi jarayoni takomil-lashtirishda muxim axamiyat kasb etmoqda. Ilmiy
tadqiqot usuliyatlari doimiy bo'lmay ular o'z o'rinlarini yangi va
progressiv tadqiqot
uslubiyatlariga bo'shatib beradi. Barcha fanlar qatori jismoniy tarbiya fanining rivoji
ko'p jixatdan ilmiy tadqiqot usuliyatlarining rivojlanganligi bilan bog‘liqdir.