- amaliy tayyorgarlik va kundalik turmushda xususiyatlari o‘rganilib boradi.
Shuningdek sport, jismoniy tarbiyaning asosiy komponentlaridan biri hamda sport
faoliyatining maxsus shakli sifatida sport musobaqalari taxlil qilinadi.
Shunday qilib, jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi kursi jismoniy madaniyat
va sport bo‘yicha
mutaxassislar, professional - ta‘limotning ilmiy fundamentiga
kirituvchi kengaytirilgan bo‘limlari majmuasini o‘z ichiga oladi. Uning ahamiyati
faqat bu bilimlar qiymati bilan ifodalanmaydi, u bo‘lg‘usi
mutaxassisga jismoniy
madaniyatning butun sohalarida kasbiy - faoliyat mazmunini to‘liq tushinishga
imkoniyat beradi, uning dunyo qarashini o‘zgartiradi, jamiyat sohasidagi boshqa
ishchilarning umumiy ishlari bilan bog‘laydi va shu yangi tipdagi bilim,
usul va
metodlarini egallashni, zarur bo‘lgan keng professional dunyoqarashini
shakllantirishga yordam beradi. Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi bu inson
jismoniy kamolatini boshqarishning umumiy qonuniyatlari haqidagi fandir. Bu fanni
egallash jismoniy tarbiyaning barcha bo‘g‘inlariga tegishli
masalalarini hal qilishga
to‘g‘ri yondoshish imkonini beradi.