1.Ko‘rgazmali metod.
2.Og‘zaki metod.
3.Amaliy metod.
4.O‘yin metodi.
5. Musobaqa metodi.
Ko‘rgazmali metod bu hissiy idrok va harakat sezgilarining yorqinligini ta‘minlaydi.
Ular bolalarda sensor qobiliyatlari rivojlanishini faollashtiruvchi harakat haqida juda
to‘liq va aniq tasavvurning hosil bo‘lishi uchun zarurdir. Og‘zaki metod bu metod
bolalar ongiga yo‘naltirilgan, ular oldiga qo‘yilgan vazifalarni tushunib olishga va
mashqlar mazmuni va tuzilishini o‘zlashtirib olishda katta rol o‘ynaydigan harakatli
mashqlarni
ongli ravishda bajarilishi, bu mashqlarni turli vaziyatlarda mustaqil
qo‘llashga yordam beradi. Amaliy metod bolalarning amaliy harakat faoliyati bilan
bog‘liq bo‘lib, harakatlarni o‘z muskul motor sezgilarida to‘g‘ri
idrok etilishini
amaldatekshirishni ta‘minlaydi. Amaliy metodlar mashqlarni o‘yin shaklida,
musobaqa elementlaridan foydalanish bilan xarakterlanadi. Amaliy metodning xilma-
xil turlaridan biri o‘yin metodidir. O‘yin metodi bolalar bilan ishlashda samarali
bo‘lib, ko‘rgazmali obraz va ko‘rgazmali amaliy tafakkur elementlarini hisobga oladi.
U turli harakat ko‘nikmalarini, harakatlarning mustaqilligini, o‘zgaruvchan sharoitga
nisbatan tezkor javob reaktsiyasini
bir vaqtda takomillashuviga, ijodiy faollik
ko‘rsatishga imkon beradi.