-ta‘limning ko‘rgazmali og‘zaki va amaliy usullarini birga qo‘shib olib borish;
-tushunarlilik va individuallashtirish tamoyili;
-ta‘limning frontal, gruh va yakka tarzdagi shakllarini birligi;
-talablarni tobora oshirib borish tamoyili.
Tizimlilik va izchillik tamoyili.
Jimoniy tarbiya maqsadlarida foydalaniladigan tadbirlarning (kun tartibi, chiniqish,
harakat ko‘nikmalarining shakllanishi) tizimlilik butun maktabgacha tarbiya davri
davomidagi
jismoniy
tarbiya
jarayonining
uzluksizligi,
muntazamligi,
rejalashtirilganligidan, yuklama va dam olishning majburiy almashinib turishi
asosidagi jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarining aniq izchilligidan, mashg‘ulotlarning
izchilligi, ketmaketligi, mazmunan o‘zaro aloqadorligidan iboratdir. Har kuni
muayyan bir vaqtda o‘z xarakteriga ko‘ra turli jismoniy mashqlarni (ertalabki
gimnastika, jismoniy tarbiya mashgulotlari, sayr paytidagi harakat faoliyati…) tizimli
tarzda
muntazam
bajarish,
chiniqtirish
tadbirlari
bolalarni
belgilangan
sog‘lomlashtirish-tarbiyalash tartibiga o‘rgatadi. Jismoniy tarbiya hosil qilinayotgan
harakat ko‘nikmalarining takrorlanishini talab etadi. Faqat ko‘p marta
takrorlangandagina harakatlar shakllanadi.