hikoya qilishga o‘xshaydi (1,5 2 minut) vaqt davom etadi. Bunda tarbiyachi o‘yin
mazmuni va qoidalarini qisqa obrazli hikoyada ochib beradi.
Masalan:«Bor
ekanda
yo‘q
ekan,
chiroyli
qayrilma
shoxli va beozor kulrang oq ona echki bor ekan. Uning bolachalari bor ekan…»
Bolalarni o‘rgatishda ko‘rgazmali va og‘zaki usullarning maqsadga muvofik qo‘shib
olib borilishi, ularning o‘zaro bog‘liqligi, harakatlarni idrok etish va qayta
bajarishning aniqligiga va obrazliligini va bolalar bajaradigan
harakatli topshiriqlar,
ular mazmuni va har bir harakat faoliyatining barcha elementlari izchilligini ongli
tushunilishini
ta‘minlaydi.
Amaliy metodga oid usullar
Bolalarni harakatga o‘rgatishda tarbiyachi ko‘rgazmali
va og‘zaki usullar bilan o‘zaro bog‘liq turli amaliy usullar majmuasidan foydalanadi.
U mashqlarni, harakatli o‘yinlardagi
ayrim rollarni, boshqaruvchi rolini bajarib
ko‘rsatadi, bolalarni topshiriqlarga jalb qilib va namuna ko‘rsatib ularni
musobaqalarda qatnashishga rag‘batlantiradi. Masalan,
kim harakatli topshiriqni
tezroq
, yaxshiroq, to‘g‘riroq bajaradi, u bolalarga o‘zini
qanday tutish va qanday
hatti-harakat qilishni ko‘rsatadi.Tarbiyachi bolalarning amaliy faoliyatini tashkil
etayotib butun ta‘lim jarayonini mashg‘ulotning vazifalari,
mazmuniga muvofiq
rejalab oladi. Bolalarga jismoniy harakatlarni o‘rgatishda hamma metod va
usullardan o‘zaro mujassam holda foydalanish lozimJismoniy tarbiya jarayonida
bolalar harakat malakasi va ko‘nikmasini egallab boradilar.Harakat malakasi harakat
texnikasini egallash darajasi bilan belgilanadi. Harakat
malakalarining ikki turi
farqlanadi: ulardan biri yaxlit harakat faoliyatini amalga oshiriladi, ikkinchisi ayrim,
murakkabligiga ko‘ra turlicha harakatlarda ifodalanadi. Birinchi turdagi malakalar
o‘yinlar, kurashlar bilan bog‘liq. Ikkinchi turdagi harakat malakalari rivojlanish
harakat
texnikasini
dastlabki
egallashdan
yanada
yuksaklikka,
uni
takomillashtirishgacha boradi.Harakat ko‘nikmasi bu harakat
texnikasini egallash
darajasi bo‘lib,unda xarakatlarni boshqarish avtomatik tarzda kechadi va harakatlar
o‘ziningbarqarorligi bilan ajralib turadi. Harakat ko‘nikmasini shakllantirish birinchi
va ikkinchi signal tizimlarining o‘zaro harakatidagi dinamik stereotipning yuzaga
kelish jarayonidan iboratdir. Harakat ko‘nikmalarining, bola uchun amaliy ahamiyati
juda katta.Hosil qilingan ko‘nikmalar jismoniy va psixik kuchlarni tejamkorlik bilan
sarf etish, yaxlit harakat faoliyatiga kiruvchi harakatlarni
tez va aniq bajarish
imkonini beradi.