Sog‟lomlashtirish vazifalari -




Download 2,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/127
Sana14.05.2024
Hajmi2,74 Mb.
#231500
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   127
Bog'liq
MAJMUA BOLALAR JISMONIY TARBIYASI Н.Хусенов

Sog‟lomlashtirish vazifalari -
bola hayotini muhofaza yetish, sog‘ligini 
mustahkamlash, jismoniy rivojlanishni yaxshilash, organizm ish qobiliyatini 
funksional takomillishtirish va ish qobiliyatini oshirish, shuningdek chiniqtirish eng 
muhim vazifalardir. Bular asosan maktabgacha yoshdagi bolalar organizmning 
ximiyaviy xususiyatlari uncha rivojlanmagan, tashqi muxitning noqulay shartlariga 
tez bo‘ysinadigan, ko‘p kasal bo‘lishlari natijasida vujudga kelgan noxushliklarni 
bartaraf qilishdan iboratdir. Bu xususiyatlarni hisobga olgan holda sog‘liqni 
mustahkamlash vazifalari har bir tizimida, aniqroq shaklda yechilishi shart 
Suyak, pay, bo‘g‘in tizimi holatini, shuningdek qismlarining turli yo‘nalishlarda 
harakatlanish imkoniyatini ta‘minlaydi. Suyak apparati bog‘lam va bo‘g‘inlarni 
to‘g‘ri va vaqtida rivojlantirish tanani me‘yorda ushlab turishga hamda hamma organ 
va tizimlarni rivojlantirishni ta‘minlaydi. Umurtqa pog‘onasining qiyshayishi, 
bukirlik, yassi oyoqlik muhim organlarning ish faoliyatlarini buzadi, bu yesa 
kelajakda kasallikka olib keladi. Bolalarda suyak tizimi nisbatan bo‘sh, chunki unda 
bir qancha pay hujayralari bo‘ladi: bo‘g‘inlar ancha harakatchan, bog‘lash apparati 
oson cho‘ziladi, paylari kattalarnikiga qaraganda bo‘sh va kalta. Shu munosabat bilan 
suyakning qotishini umurtqa pog‘onasi yegilishlarini bog‘lash bo‘g‘in apparat oson 
chњzilishini mustahkamlashni to‘g‘ri va o‘z vaqtida yordam berish zaruriyati kelib 
chiqadi. Undan tashqari tana qismlari nisbatan to‘g‘ri rivojlantirishga, bo‘yi va tana 
massasini boshqarishga imkon berish zarur. Mushak tizimi tananing ayrim qismlarini 
ma‘lum holatda mustahkamlaydi va bu holatni o‘zgartiradi, ya‘ni muvozanatni 
saqlagan holda harakatni bajaradi, shuningdek ximoya vazifasini bajaradi, suyak 
tizimini ichki organlar urilishlardan, sovuq oldirishdan saqlaydi. 


O‘quvchilarda mushaklarga nisbatan bo‘sh rivojlangan va tana massasini 20-
22%ini tashkil yetadi. Ayniqsa, yangi tug‘ilganlarda qo‘l va oyoq mushaklari bo‘sh, 
sekin qisqarib uzoq vaqt to‘g‘rilana olmaydilar. Chaqaloqning birinchi oylarida 
mushaklarning yegilish tonusi to‘g‘rilanish tonusi yuqori bo‘ladi. Bolalar 
mushaklarida suv ko‘p bo‘lib, oqsil moddalari va yog‘ kam bo‘ladi. Ayrim 
mushaklarining rivojlanishi bir tekisda bo‘lmaydi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda 
mushaklarning hamma guruhlari (tana, orqa, qorin, oyoq, qo‘l, barmoq, panja, oyoq 
tagi, bo‘yin, yuz, ko‘z, hamma ichki organlar bog‘lami va mushaklari)ni rivojlantirish 
zarur. Mushaklarning sust rivojlangan guruhlarini mustahkamlashga alohida e‘tibor 
berish kerak. 

Download 2,74 Mb.
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   127




Download 2,74 Mb.
Pdf ko'rish