beriladi. ularda jismoniy tarbiyani shunday yo'lga qo'yish kerakki, o'sha yoshi uchun
zarur bo'lgan jismoniy sifatlar, aqliy, axloqiy va estetik didni tarbiyalash bilan qo'shib
olib borilsin. Estetikadan tanining tuzilishi, qomatini tik tutib yurish, harakatlarini
mayin hamda chiroyliligi, kiyim boshini qanday tutish va boshqalar to'g'risida
tushuncha berish kerak bo'ladi. Jismoniy tarbiya jarayoni davrida maktab yoshigacha
bo'lgan bolalarda aqliy qobiliyatlarini rivojlantirishga diqqat, qabul qilish,
tushunchaga ega bo'lish, fikrlash, ko'z oldiga keltirish, bilimini va boshqa xislatlarni
mustahkamlash tarbiya jarayonining asosiy mazmuniga aylantiriladi.
Hozirgi davrda texnika taraqqiyoti sharoitida rivojlangan ishlab chiqish organizm
funksiyasining yuqori harakatchanligini talab yetadi. Bu aniq va tez javob bera
olishni, irodali, chiniqqan, mard, chidamli, qiyinchiliklardan qo‘rqmaydigan
insonlarni taqozo yetadi. Jismoniy tarbiyaning maqsadi Vatan mudofaasiga, xayotga
va mehnatga tayyorlashdir. Bu maqsad mamlakatimizda kishilarning jismoniy
tarbiyasini amalga oshiruvchi hamma muassasa va tashkilotlar uchun yagonadir.
Ko‘rsatilgan maqsad asosida:
1.Sog‘lomlashtirish,
2.Ta‘limiy
3.Tarbiyaviy vazifalar hal yetiladi.
1.