Ҳаракат фаолиятининг техникаси.
Samaradorlik o‘quvchilar organizmiga eng oqilona ta‘sir o‘tkazish bilan ifodalanadi.
Ammo ulardan eng maqbuli texnikaviy bajarilish deb ataladi. Masalan, har xil usullar
bilan suzish mumkin (krol, chalqancha va boshqalar), biroq ba‘zilar
klassik
usullarning birortasidan ham foydalanmasdan suzadilar.Bajarilish usullarining
samaradorligi o‘quvchining individual fazilatiga, jismoniy tayyorgarlik darajasiga
hamda qo‘yilgan vazifalarga (masalan, agar uncha katta bo‘lmagan
balandlikka
arqonda tez chiqish kerak bo‘lganda bir qo‘lda usulini qo‘llaydilar, qattiq arqonda
bitta usulni kanatni oyoqlar bilan ushlash usulini qo‘llaydilar, yumshog‘ida
boshqasini) bog‘liq.Jismoniy mashqlar texnikasi muntazam ravishda rivojlanadi:
odatlangan texnika takomillashtiriladi, ba‘zida esa usullar barham topadi,
yangilari
tuziladi. Bu jarayon qator sabablar bilan belgilanadi:
1. Sport tayyorligi darajasiga talablarning muntazam o‘sayotganligi.
2. Harakatlar bajarilishining mukammallashgan usullarini uzluksiz izlash, muvofiq
tekshirishlar natijasi va rolining oshishi.
3. Yangi sport anjom-jihozlarining yuzaga kelishi.
Jismoniy mashq texnikasi etakchi sportchilarning (muayyan vaqt uchun) harakat
bajarish usullarini amaliyotda tekshirish
va ilmiy tahlil qilish, izlanish natijasidir.
Bunday zamonaviy texnika harakatni bajaruvchilarning barchasi uchun teng darajada
eng oqilona asosni aks ettiradi va shu sababli andozali texnika deb ataladi.Andozali
texnika bajarilishning ba‘zi usullarida individual tuzilishi jihatidan chetga chiqishni
istisno qilmaydi. Texnikani individuallashtirish ikki yo‘nalish bo‘yicha amalga
oshiriladi: individuallashtirishning bir xil andozali yo‘li bo‘yicha, u standart texnika
chegarasida ayrim shaxslar guruhlari jismoniy tayyorgarligi va qomatning andozali
fazilati bilan muvofiqlikda o‘zgarishlar
kiritiladi; insonning shaxsiy fazilatlarini
hisobga oluvchi maxsus individuallashtirish yo‘li bo‘yicha sport-texnikaviy ko‘nikma
aynan maxsus individuallashtirishning yuqori darajasini ham aks ettiradi (amaliyotda
uni o‘z usuli deb tavsiflaydilar).Texnikani individuallashtirishga asosiy e‘tiborni
bolalarni harakatga o‘rgatayotgan vaqtda qaratish kerak. Andozali texnika faqat
harakatning tuzilish asosini aks ettiradi va kattalarning harakatlarini tahlil qilish yo‘li
bilan quriladi. Bolalar jismoniy tayyorgarligi va gavdasining tuzilish xususiyatlari
bilan muvofiqlikda texnikani individuallashtirish muammosi vujudga keladi.
Masalan, kichik maktab yoshidagi bolalar yugurish vaqtida boldir-tovon tuzilishining
o‘ziga xos xususiyatlari sababli tovonning oldingi qismiga bosishda qiynaladi.
Texnika
- grekcha so‘z bo‘lib, bajara olish san‘ati degan ma‘noni bildiradi. Jismoniy
mashq texnikasi doim o‘zgarib turadi va takomillashadi.
Takomillashgan harakat
texnikasi yuqori natija ko‘rsatish garovi bo‘lib, unga sportchilarning tinimsiz ter
to‘kishi orqali erishiladi. Sportchining jismoniy tayyorgarligini ortishi yoki uning
gavdasi tuzilishi, jismoniy rivojlanganlikni ko‘rsatuvchi ko‘rsatkichlarning
turli-
tumanligi, sport turi- jismoniy mashqlar bajarish texnikasini asosini, uning zvenolari
yoki detallarini o‘zgarishiga, almashishiga sabab bo‘lishi mumkin.Harakat faoliyatiga
ta‘sir etuvchi harakatlarning ahamiyatliligi darajasi bir xil emas. Shuning uchun
harakat texnikasi: texnika asosi (negizi), uning asosiy zvenosi va texnika detallari
degan qismlarga bo‘linadi.