|
Jismoniy tarbiya tizimining asosiy xususiyatlariBog'liq MAJMUA BOLALAR JISMONIY TARBIYASI Н.ХусеновJismoniy tarbiya tizimining asosiy xususiyatlari.
Jismoniy tarbiya tizimining asosiy xususiyatlari bu g‘oyaviylik, xalqchillik va
ilmiylilik. Jismoniy tarbiya tizimining g‘oyaviyligi bu uning yo‘nalishligidir
(vatanparvarlik, o‘z vatanini sevish, boy yetish va h.k). Jismoniy mashqlar bilan
shug‘ullanish jarayonida ichki dunyoqarash shakllanib boradi hamda jamiyat
a‘zolarining ahloqiy kodeksi ruhida ahloqiy sifatlar tarbiyalanib boradi. Bizning
jismoniy tarbiya tizimining mustaqil O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining har
tomonlama jismonan va ruhan qobiliyatlarini rivojlantirishga hizmat qiladi. Jismoniy
tarbiya tizimining g‘oyasi uning vazifalari, prinsiplari, metodlari, shuningdek
tashkiliy asoslarida o‘z ifodasini topgan. Jismoniy tarbiya tizimining mostligi,
yo‘nalishi: mamlakatimizda butun fuqarolar uchun yagona bo‘lgan jismoniy tarbiya
tizimi tuzilgan. Halqning jismoniy rivojlanish va jismoniy tayyorgarlik borasidagi
muvaffaqiyatlari ishlab chiqarish masuldorligining o‘sishiga, demak halq
faravonligiga ta‘sir yetadi. Shuning uchun har bir shaxsni jismoniy tarbiyalash davlat
uchun muhim ishdir. Jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish uchun hamma zarur
sharoitlar yaratilmoqda: o‘yingohlar, suv havzalari qurilmoqda, gimnastika honalari,
maydonchalar
jihozlanmoqda,
sport
anjomlari,
kiyimlari,
poyafzallar
tayyorlanmoљda va h.k. Jismoniy tarbiya jarayonida umumiy qabul qilingan vositalar
bilan bir qatorda jismoniy mashqlar va sportning milliy turlari qo‘llanmoqda,
tiklanmoqda va rivojlanmoqda.
Ilmiylilik
-
jismoniy tarbiya tizimining xarakterli belgilaridan biridir.
Mamlakatimizda tadqiqotlar asosida yagona davlat dasturlari, o‘quv qo‘llanmalar,
darsliklar va boshqalari yaratilmoqda va takomillashtirilmoqda, har bir yosh davri
uchun jismoniy rivojlanish va jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlari me‘yorlari ishlab
chiqilmoqda, jismoniy tarbiya jihozlari va buyumlarida bo‘lgan talablar
aniqlanmoqda.
Ilmiy ishlar, ilmiy tadqiqot oliygohlari bilan bir qatorda o‘quv oliygohlarda
(o‘qituvchilar, tibbiyot, jismoniy tarbiya oliygohlarida) olib borilmoqda.
Tadqiqotlar natijasida yerishilgan hamma yangiliklar amalda qo‘llanmoqda. Shu
munosabat bilan davlat muassasalarida, jamiyat tashkilotlarida va oilada jismoniy
tarbiyaning qo‘yilishi yaxshilanmoqda.
Pedogogika mutaxassislarining malakasini oshirish borasida ko‘pgina ishlar olib
borilmoqda.
|
| |