muntazam amalga oshirishdan iboratdir. Mashg‘ulotlar xushchaqchaq,
intizomli,
atrof-muhitda yaxshi harakat qila oladigan, belgilangan vazifaga muvofiq tez va
ishonch bilan, maqsadga yo‘nalgan holda faoliyat ko‘rsata oladigan, shuningdek,
axloqiy sifatlar va ijodiylik namoyon eta oladigan shaxslarni tarbiyalashga xizmat
qiladi. Jismoniy mashg‘ulotlar kuzda, qishda va bahorda binoda hamda ochiq havoda
o‘tkaziladi. Yoz paytida o‘yinlar,
mashqlar ochiq havoda, jismoniy tarbiya
maydonchasida o‘tkaziladi. «Bolajon» tayanch dasturida har bir yosh gruhi uchun
belgilangan jismoniy mashqlar mashg‘ulotlarning mazmunini tashkil etadi.
Mazmuniga ko‘ra xilmaxil mashg‘ulotlarni o‘tkazishda vazifalarning aniq va oydin
bo‘lib qolishi, dasturni o‘tishda izchilikka rioya qilish, shuningdek bolalarning yosh
va o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish shartdir. Mashg‘ulotlar tuzilishi jismoniy
mashqlarning bolalar tomonidan izchil bajarilishidan iboratdir. U qo‘yilgan vazifalar,
nerv tizimining ish qobiliyati va bola organizmining har bir alohida yosh
bosqichidagi xususiyatlari bilan belgilanadi. Mashg‘ulot paytida bola organizmining
dinamikasi va uning psixologiyasini nazorat qilish tarbiyachining asosiy vazifalaridan
biridir.
1.Kirish tayyorgarlik.
2.Asosiy qism.
3. Yakuniy qism.
Ta‘limiy, tarbiyaviy va sog‘lomlashtirish vazifalari mashg‘ulotning har bir qismi
uchun baravar muhim ahamiyatga egadir.Mashg‘ulotning kirish qismini mazmuni va
vazifalari Jismoniy tarbiya mashg‘ulotining birinchi qismi ko‘yilgan
vazifalar va
uning asosiy qismidagi mashqlar mazmuniga ko‘ra turlicha bo‘lishi mumkin.
Mashg‘ulotning bu qismi vazifasi bolalarda unga nisbatan qiziqish vaemotsional
kayfiyat paydo qilishdan, diqqatning tayyorgarlik darajasini tekshirishdan, ayrim
harakat ko‘nikmalarini aniqlashtirishdan, bola organizmini asta-sekin mashg‘ulotning
asosiy qismida kechadigan birmuncha intensiv tez faoliyatga tayyorlashdan iboratdir.
Shu maqsadda bolalarga to‘g‘ri qad-qomatni tarbiyalashga,
yassi tovonlikni oldini
olishga yordam beradigan, fazoda hamda jamoada mo‘ljal olish bilan bog‘liq,
bajarilishi ko‘p vaqtni talab qilmaydigan tanish mashqlar va ularning variantlarini
bajarish taklif etiladi. Bunday mashqlarga quyidagilar kiradi:
- saflanish mashqlari turlicha saflanishlar va qayta saflanishlar;
- turli topshiriqlar bilan bajariladigan yurish va yugurish;
- tarqalib engil yugurish hamda keyinchalik katta va kichik davra, kolonnava hakozo
bo‘lib saflanish;
- turli ko‘rinishdagi va yassitovonlikning oldini olish maqsadidagiyurishlar tovonda,
oyoq uchida, poldagi qalin shnur ustida, narvonda yurish va boshqalar.
Kirish qismi bolalarning kolonnaga uch to‘rttadan bo‘lib saflanishi, tarqalishi bilan
yakunlanadi.
Bu
bolalarni
mashgulotning
asosiy
qismi
boshlanishidagi
umumrivojlantiruvchi mashqlarni o‘rgatishga o‘tish uchun xizmat qiladi. Bu qism
kichik gruhlarda 2-4 dakikagacha, o‘rta gruhlarda 3 dan 5 dakikagacha,
katta
gruhlarda 4 dan 6 gacha davom etadi. Mashg‘ulotning asosiy qismi vazifalari va
mazmuni. Mashg‘ulotning bu qismida bir holatda dastlab bolalarni
umumrivojlantiruvchi mashqlarga, so‘ngra asosiy harakatlarga o‘rgatish va jismoniy
sifatlarni tarbiyalash vazifalari belgilanadi; ikkinchi bir holatda asosiy harakat
mashqlariga o‘rgatish belgilanadi. Bu mashqlar yangi harakat materiali bilan
tanishtirishni, avvaldan tanish mashqlarni turli variantlardan foydalanib takrorlashni,
mustahkamlanish bosqichidagi harakat ko‘nikmalarini takomillashtirishni ko‘zda
tutadi. Shundan so‘ng barchabolalarni intensiv harakatga tortadigan qoidali harakatli
o‘yinlar o‘tkaziladi. Bolalarning psixik ish qobiliyatining
davomsizligini hisobga
olib, murakkab vazifalar asosiy qismning boshida belgilanadi (bolalarni yangi
material bilan tanishtirish yoki juda murakkab koordinatsiyali mashqlarni bajarish).