10-Mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalarda jismoniy sifatlarni rivojlantirish.
Mavzu rejasi:
1.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda jismoniy sifatlar.
2.Kuch, epchillik,chaqqonlik, chidamlilik kabi sifatlarini shakillantirish
Bolalarning harakatli faoliyati ularda asosiy jismoniy sifatlarni rivojlantirish bilan
bog‘liqdir.
Bunga chaqqonlik, epchillik,
kuchlilik,matonat singari sifatlarkiradi.
Amalda mazkur sifatlarning hech birini alohida olib rivojlantirishni tasavvur qilish
ham mumkin emas. Turli jismoniy sifatlarni tarbiyalash
aslida bolaning jismoniy
jihatdan har tomonlama rivojlanishidek yagona jarayonning turli tomonlaridir.
Chunki bunday rivojlanish natijasida organizmning miqdoriy imkoniyatlarida
umumiy yuksalish sodir bo‘ladi. Lekin baribir yuqorida sanab o‘tilgan jismoniy
sifatlarning har birini tarbiyalashning o‘ziga xos xususiyatlari mavjuddir.
Chaqqonlik-
bu faoliyat davomida paydo bo‘ladigan kutilmagan shartsharoitlarga
binoan harakat faoliyatini tezlik bilan yangi harakatlarni egallay olish qobiliyatidir.
Chaqqonlikni tarbiyalashda harakatlarning uyg‘unligini rivojlantirish, ularning sur‘ati
va ko‘lamini, muskullarning zo‘riqishi va bo‘shashi darajasini bir-biridan farq qilish,
shuningdek, vaqtga va joyga moslashib mo‘ljal olabilish
mahorati asosida sodir
bo‘ladi. Chaqqonlikni tarbiyalash uchun aniq harakatlar qilish qobiliyatini
rivojlantirish muhimdir. Bundan tashqari, turg‘un holatda hamda bir joydan ikkinchi
joyga yurib borilayotganda gavdaning muvozanatini
saqlay olish chaqqonlik
ko‘rinishlaridan biri hisoblanadi. Bolalikning maktabgacha yoshida harakat
analizatorini rivojlantirishda anchagina siljish ro‘y beradi. Bu esa chaqqonlikni asta-
sekin takomillashtirib borish uchun imkoniyat yaratadi.Harakatlarni
bajarishdagi
epchillik ham maktabgacha yoshdagi bolalarda tez rivojlanadigan muhim
xususiyatdir.