chaqqonlik va epchillikni tarbiyalashning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.
Maktabgacha yoshdagi bolaning muskullari hali yaxshi rivojlanmagan bo‘ladi, uning
asab harakati ham hali takomillashmagan, bog‘cha bolalari muskullarni kuch bilan
ishga solishda aniq farq qilish qobiliyatiga ega emaslar. Bog‘cha bolalari uchun,
ayniqsa, kichik gruxdagilar
uchun shu narsa muhimdirki, ularda rostlovchi
muskullarning xayotiy, faoliyatidan ko‘ra bukish muskullarining hayotiy faoliyati
ortiqroq bo‘ladi, bolalar yurish va yugurish vaqtida oyoqlarini yarim bukik holda
tutib
harakat qiladilar, o‘yinlar o‘tkazish vaqtida esa, engashib o‘tiradilar va
hokazo.Shu sababdan bolaning kuch-quvvat sifatlarini rivojlantirayotganda rostlovchi
muskullar kuchini ko‘paytirishga e‘tibor berish, bola gavdasini va oyoq-qo‘llarini
rostlaydigan, to‘g‘ri turishga o‘rgatadigan mashqlar bajartirish muhim ahamiyatga
egadir. Maktabgacha yoshdagi bolalarda kuch-quvvatni tarbiyalashga qaratilgan
mashqlar asosan dinamik harakterga ega bo‘lishi kerak.
Ayni vaqtda bu uzoq vaqt
davom etib, asablarni ancha tarang holga keltiradigan bir xildagi zo‘riqishlar bilan
bog‘liq, bo‘lmasligi shart. Bundan tashqari kuchni rivojlantirishda zo‘r berib
kuchlanish zarur bo‘lgan mashqlar qo‘llanmasligi kerak. Maktabgacha yoshdagi
bolalariningkuch-quvvatini tarbiyalash uchun qisqa muddat
davom etadigan tezlik-
kuch talab qiladigan mashqlar (masalan, bir joyning o‘zida turib uzunlikka sakrash,
zoqqa uloqtirish mashqlari), shuningdek, o‘z og‘irligini ko‘tarish bilan bog‘liq
bo‘lgan ba‘zi bir mashqlar (engashtirib qo‘yilgan va tikka turgan narvonlar,
taxtalarga tirmashib chiqish mashqlari, gimnastika skameykasida o‘z qo‘llari, kuchi
bilan tortilish va shunga o‘xshash mashqlar)ni bajarish o‘rinlidir.