Hozirgi davrda gimnastika sog‗ayishni tezlashtirishi kasallanishning oldini olishi,
tetiklik va kuch-g‗ayratga to‗ldirishi kishi sog‗lig‗ini saqlab, uning umrini uzaytirishi
isbot talab qiimay-digan haqiqat bo‗lib qoldi.Shifokorlar nazorati orqali
aniqlanishicha, gigiyenik gimnastika kishi organizmi uchun juda btta ahamiyatga ega.
Gigiyenik gimnastika mashg‗ulotlari muntazam o‗tkazilsa, uning ta‘sirida mushak va
to‗qimalarda
qon aylanishi yaxshilanadi, arterial qon bosimi pa-sayadi, yurak-qon
tomiri tizimining faoliyati yaxshilanadi, o‗pka-ning nafas olish va tiriklik sig‗imi
oshadi, modda almashinuvi yaxshilanadi, markaziy asab tarmog'i va asab-mushak
apparatining faoliyati kuchayadi. Gigiyenik gimnastika insonning ruhiy holatiga
ijobiy ta‘sir ko‗rsatib,
uning tetikligini, o‗z kuchiga bo‗lgan ishonchini oshiradj va
ruhlantiradi. A. N. Krestovnikov, V. N. Mashkov, 1. M. Sarkizov-Serazini va boshqa
olimlarning tadqiqotlariga qaraganda gigiyenik gimnastika mashg‗ulotlari natijasida
yurak-tomir urishi 50-60
%
ga tezlashadi, qonning maksimal bosimi 5-20 mm.ga
ko‗tariiadi, iste‘mol qilinadigan kislorod miqdori 10-30 % oshadi. Hozirgi zamon
sport fiziologiyasi nuqtayi nazaridan olganda, gigiyenik gimnastika butun organizmni
tetiklantiradi
va
charchoqni
yo‗qotadi.
Gigiyenik gimnastika mashg‗ulotlarini yakka holda va shuningdek, guruh bo‗lib
o‗tkazish mumkin. Bu gimnastika bilan faqat ertalab emas,
balki kunduzi ham
(ovqatlangandan keyin 1,5-2 soat o‗tgach) yoki kechqurun (uxlashdan 1,5-2 soat
oldin) shug‗ul-lanish mumkin. Bolalar, o‗smirlar va o‗rta yoshdagi kishilar
radio orqali eshittiriladigan umumrivojlantiruvchi mashqlar to‗plamini bajarishlari
mumkin. Harxil sport turlari bilan muntazam shug‗ullanadigan kishilar uchim bu
to‗plamiar yuklama bo‗yicha yengil bo‗lishi mumkin.Har bir shaxs gimnastikani
ba‘zi bir qoidalarni bilgan holda o‗z shaxsiy xususiyatlarini hisobga olib,
umumrivojlantiruvchi mashqlar to‗plamini tuzib olsa bo‗ladi. Mashqlar to‗plamini
tuzishda quyidagi qoidalarga rioya qilish lozim.
1.Mashqlar shug'ullanuvchilarning yoshi va jismoniy tayyor-garligiga mos bo‗lishi
kerak. Agar mashqlar juda murakkab bo‗lsa, ko‗ngildagidek bajarilmaydi va ularning
samarasi ham yuqori bolmaydi.Gigiyenik gimnastika quyidagi: xonani shamollatish,
gigiyenik qoidalarga
va
kun
tartibiga
rioya
qilish,
badantarbiya
(suvda
chiniqish) singari
tabiiy
odatlarni
tatbiq
qilishga
yordamlashadi.
Ertalabki gigiyenik gimnastika odam organizmi uchun juda katta ahamiyatga ega, u
organizmning sust holati (uyqu)dan odamning mehnat faoliyati uchun zarur bo‗lgan
faol holatga o‗tishiga yordamlashadi.Uyqu paytida bosh miya qobig‗ining asab
hujayralari dam oladi va ularning mehnat qobiliyati tiklanadi. Uyg‗ongandan
keyin
esa hali o‗chmagan uyqu ta‘sirida bo‗lgan organizm ishga tez kirishib keta olmaydi,
chunki asosiy tarmoq va organlarning faoliyati sust holatda bo'ladi. Ertalabki gigiyenik
gimnastika odamning butun organ va tarmoqlarining ishga faol kirishishiga
yordamlashadi. Faqat to‗g‗ri bajariladigan mashqlar (bunda belgilangan me‘yorga,
ko‗lamga vamushaklarning zo‗riqishiga rioya qilish) shug‗ullanuvchilar orga-nizmiga
ijobiy ta‘sir ko‗rsatadi.Katta yoshdagi kishilar nafas to‗xtab turadigan, zo‗r
keladigan cho‗ziladigan, sakrash va tez-tez egilib turishni talab qiladigan mashqlarni
bajarmasliklari kerak. Ular mashqlarning ta‘sir qilish darajasi va har bir mashg‗ulotda
mashqlar yuklamasi me‘yori to‗g‗risida shifokordan doimiy sur‘atda maslahat,
jismoniy
tarbiya mutaxassislaridan
esa
mashqlarning
ifodasini,
ularning
xususiyatlari va
qo‗llanish
usuli
to‗g‗risida
maslahat
olishlari
darkor.
2.
Tanlab olmgan mashqlar shug‗ullanuvchilarga har tomonlama ta‘sir ko'rsatishi
kerak. Ularning tanasini turli qismlari uchun har xil yo‗nalishda, tezligi va mushakni
ishga solishni o'zgartirib bajarish lozim.
3.Mashqlar to'plamiga to‗g‗ri qomat holatini his qilish, shu-ningdek, har
xil nafas olish
turlari (ko'krak, diafragma va aralash nafas olish)ga oid maxsus mashqlar kiritilishi
zarur.
4.To‗plamga shug‗ullanuvchilaming tayyorgarligi va uni bajarish vaqtiga qarab, 8
tadan 16 tagacha mashq kiritiladi. Ertalabki gigiyenik gimnastika 8-10 mashqdan,
kunduzi bajariladigan gigiyenik gimnastika esa 10-15 mashqdan iborat bo‗ladi.
Gigiyenik gimnastika bilan shug‗ullanishni endigina boshlaganlar uchun mashqlar
miqdori oz bo‗lgani ma‘qul.
Tanlab oiingan mashqlarni to‗plamga qo'shganda quyidagi qoidalarga binoan
joylashtirgan ma‘qul:
1.
Maqsadga muvofiqdir (to‗g‗ri qomatni asrash uchun buning ahamiyati
muhim); To‗plamda birinchi va oxirgi mashqlar to‗g‗ri qomatni tarbiyalashga
qaratilgan bo‗lishi
2.
To‗plamdagi
ikkinchi
muhim jihat shuki
, bunda umumiy ta‘sir ko‗rsatadigan
va odamning barcha organ va tarmoqlarining faoliyatini yaxshilaydigan mashqlar
(yoki ikkita mashq) bo'lishi kerak. Bular, odatda, butun tananing katta guruh
mushaklarini ishga soladigan oddiy. sust sur‘atda bajariladigan mashqlardir.
Bular organizmni bo'lajak kasbga tayyorlash uchun juda zarurdir;
3.
To'plamning navbatdagi mashqlari turli mushak guruhlari (qo‗l, yelka, bo'g‗in,
bel, qorin pressi, oyoq) uchun zarur bo‗lgan doimiy bajariladigan mashqlardir. Bunda
gavdaning turli qismlari birin-ketin ishga kirishishi kerak. Bu mashqlarning ikkinchi
va uchinchi turkumlari jadalroq bajariladi. Mashqlar shu tarzda bajarib borilar ekan,
yuklamani ham asta-sekin oshirib boriladi, natijada turli mushak guruhlari ishga
kirishadi, bu esa mushak kuchi sama-radorligini oshiradi
va faol dam olish uchun
sharoit yaratadi.
Amaliy turlar ta‘rifi:Gimnastikaning amaliy turlariga quyidagilar kiradi:
korxona (ishlab chiqarish)da gimnastika;
kasbiy-amaliy gimnastika;
sport-amaliy gimnastika;
harbiy-amaliy gimnastika;
davolash gimnastikasi;
g) sharqona yakka kurash elementlari.Gimnastika tanlab olingan mutaxassislik,
harbiy faoliyat va u yoki bu sport turida muvaffaqiyatga erishish uchun zarur bo‗lgan
faoliyatni takomillashtirishga qaratilgan. Ishlab chiqarish gimnas-tikasi ishchi
xodimlarni sog‗lomlashtirish va mehnat unumdorligini oshirish uchun xizmat qiladi,
shuningdek, mehnat faoliyati jarayo-nida faol dam olishni ta‘miniaydi. Davolash
gimnastikasi esa terapevtik vositalar bilan birgalikda turli kasalliklarni davolashni va
jarohatlanishdan keyin tez sog‗ayishning samarali vositasi sifatida qo‗llaniladi.Bu
turlar gimnastikaning umumiy yo‗nalishini saqlagan holda insonning ma‘ium
faoliyati vazifalarini aniqroq belgilashga va urn ijobiy hal qilishga imkon berib,
kasbiy faoliyatga maqsadga muvofiq tayyorlanishni yoki ijodiy va yuqori ish
unumdorligi bilan mehnat qilishni ta‘miniaydi.