Bolalar jismoniy tarbiya nazaryasi va texnologiyalari




Download 2,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/127
Sana14.05.2024
Hajmi2,74 Mb.
#231500
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   127
Bog'liq
MAJMUA BOLALAR JISMONIY TARBIYASI Н.Хусенов

Qo'lni to'iqinlatish - 
qo‗lni (qo‗llarni) bukish (o‗zi tomonga) va panjani osiltirishdan 
boshlab, keyin yozish (o‗zidan nariga) bilan bir vaqtda panjani ko'tarishdan iborat 
to‗lqinsimon hara-katlantirish. Panjaning holatini bunday nomlash qabul qilingan: 
odatdagicha (ko‗rsatilmaydi), panja bemalol tutilgan, panja bo‗-shashtirilgan, panja 
ko‗tarilgan. 
Yurish va yugurish 
Yurish 
faqat oyoq, mushaklarini ishga solib qolmasdan u butun 


tana mushaklariga ta‘sir ko‗rsatadi va yurak-qon tomiri hamda nafas olish organlari 
faotiyatini yaxshilaydi.Kuch berish bilan bo'shashish almashinib turadigan mushak-
larning bir tekis ishi xotirjam yurganda organizmning asosiy holatga o‗tishi uchun 
qulay sharoit yaratadi, shu bilan birga, tez yurganda jismoniy yuklama sezilarli 
darajada oshadi.Наг xU saflanishlarda yurish gigiyenik samarasidan tashqari 
jamoa bo‗lib 
harakatlanish 
malakalarini 
egallashga 
ham 
yordamiashadi. 
Gimnastika mashg‗ulotlarida yurishning quyidagi mashqlari qo'llaniladi: sayr qadami 
yoki oddiy qadam, oyoqlar uchida, tovonlarda, oyoq kaftlarining ichki va tashqi 
qirrasida yurish, qo‗llar bilan tizzalarga tayanib yurish, kerishib yurish, «sezilarsiz» 
yurish, tizzalarni baland ko'tarib (oyoqlarni oldinga bukib) yurish, yarim-cho‗qqayib 
va cho‗qqayib yurish, bir oyoqni bukkancha katta-katta qadam bilan yurish, 
qadamlarni juftlab va almashlab yurish, oldinga va yon tomonga oyoqlarni 
chalishtirib 
yurish, 
yurishni 
sak-rashlar 
bilan 
almalashtirib 
yurish. 
Yugurish 

yurishga nisbatan ancha harakatli mashqdir. Shu sababli u harakat 
tayanch apparatiga, yurak-qon tomiri va nafas olish organlariga yurishga nisbatan 
katta ta‘sir o‗tkazadi. Yugurish, tezlik va chidamlilikni takomillashtirishning asosiy 
omillaridan biri hisoblanadi.Yugurishning ifodasi va jadalligi turlicha bo‗lishi 
mumkin, shuning 
uchun 

gimnastika 
darsining 
barcha 
qismlarida 
qo'llaniladi.Gimnastika mashg‗ulotlarida qo‗llaniladigan yugurish mashqlari: oddiy 
yugurish, tizzalarni baland ko‗tarib yugurish, oyoqlarni oldinga, orqaga bukib, 
oldinga, orqaga va yon tomonga siltab yugurish, chalkash qadamlar bilan oldinga, 
yon tomonga yugurish, qo'shimcha harakatlarni bajarib, burilishlar, to‗xtashlar 
bilan, buyumlarni uloqtirish va uni ilib olish uchun yugurish, qavta safla-nib, turli 
to‗siqlarni oshib o‗tib, to‗siqlar ustida yugurish, yugurish va yurishni navbatma-
navbat bajarish va h.k.
 
Tirmashib chiqish mashqlariTirmashib chiqish mashqlari chaqqonlik va epchillikni, 
o‗z kuchiga ishonchni oshirib, muvofiqlashtirish qobiliyatini takomil-lashtiradi. 
Tirmashib chiqish, aralash osilishda va faqat qo'llarda osilish holatlarida bajariladi, 
qo'llarda osilib chiqayotganda ehtiyot bo‗lish zarur, chunki unda asosiy og‗irlik qo‗l 
va 
yelka bo‗g‗imi mushaklariga tushadi. Shuni hisobga olgan holda 
mashg‗ulotlarda faqat qo‗llarda osilib chiqish mashqlarini aralash osilishda 
tirmashib chiqish mashqlari bilan galma-gal bajarish kerak. Aralash osilish 
yordamida tirmashib chiqqanda qo‗l va yelka bo‗g‗imi mushaklariga tushadigan 
og‗irlik ancha kamayadi, biroq mashq bajarganda oyoq va gavda mushaklari 
qatnashgani 
uchun nafas 
olishga 
yaxshi 
sharoit 
yaratiladi. 

Download 2,74 Mb.
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   127




Download 2,74 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bolalar jismoniy tarbiya nazaryasi va texnologiyalari

Download 2,74 Mb.
Pdf ko'rish