• Muvozanat saqlash mashqlari.
  • Aralash osilish va aralash tayanishda tirmashib chiqish




    Download 2,74 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet43/127
    Sana14.05.2024
    Hajmi2,74 Mb.
    #231500
    1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   127
    Bog'liq
    MAJMUA BOLALAR JISMONIY TARBIYASI Н.Хусенов

    Aralash osilish va aralash tayanishda tirmashib chiqish.
    Gimnastika 
    devoriga 
    tirmashib 
    chiqish 
    mashqlari: 
    1.Oyoq va qo'llarni navbatma-navbat almashtirib yuqoriga tirmashib chiqish, pastga 
    tushish va yonbosh tomonlarga yurish;
    2.Shuning o‗zi, lekin ikki qo‗l bilan baravariga ushlab tirmashib chiqishyuqoriga 
    sakrab, pastga va yon tomonlarga sakrash (bu mashq bajarilganda muhofazaga 
    e‘tibomi kuchaytirish zarur); 


    3.Devorga orqa bilan turib tirmashib chiqish. 
    Arqonga tirmashib chiqish. Osilgan arqonda aralash osilib tirmashib chiqishning uch 
    usuli mavjud: bukilgan qo‗llarda tirmashib chiqish, uch va ikki harakat usulida 
    tirmashib chiqish. Uch harakat usulida tirmashib chiqish xotin-qizlar va o‗rta maktab 
    yoshidagi bolalar mashg'ulotlarida qo‗llamladi, chunki kuch faqatgina qo‗l va yelka 
    bo‗g‗imi mushaklariga tushmasdan, oyoq mushaklariga ham tushadi. Arqonning 
    qattiqligi va yo‗g‗onligiga qarab, arqon oyoqlar bilan bir oyoqning taqimi va ikkinchi 
    oyoqning tovoni bilan yoki «sirtmoq» qilib ushlanadi. Bunda arqon bir oyoqni soni 
    va boldi-rining tashqarisidan o‗tadi va oyoq kafti ichki tomonlari bilan qisib 
    ushlanadi. Ikki harakat usulida tirmashib chiqish. Ikki harakat usulida tirmashib 
    chiqishning ikki turi mavjud. Birinchi turi (129-rasmda) ko‗rsatilgan. Birinchi usul - 
    qo‗llarga tortilib, oyoqlar tizzada buldladi va ular bilan arqon qisiladi.Ikkinchi usul - 
    oyoqlarni to‗g‗rilab (depsinib) qo'llarni almashtirib, arqonning yuqorisidan ushlanadi, 
    ya‘ni to‗g‗ri qo‗llarga osilish holatiga o‗tiladi. Tirmashib chiqishning bu usuli harakat 
    muvofiqligi bo'yicha uncha murakkab emas.
    Muvozanat saqlash mashqlari. 
    Muvozanat saqlashning zarur sharti umumiy og'irlik 
    marka-zining tayanch maydoni ustida joylashishidir. Tayanch maydoni qanchalik 
    katta bo'isa, muvozanat shunchalik turg‗un bo‗ladi. Muvozanat saqlash mashqlari 
    qomatni shakllantirish uchun katta. ahamiyatga ega, chunki ulami bajarayotganda bel 
    hamda butun gavda mushaklarining faoliyati ancha ortadi.Muvozanat saqlash 
    mashqlari polda yoki balandroq tayanch joyda (gimnastika o‗rindig‗i, yakka xoda), 
    turgan joyda va harakatda bajariladi. Gimnastika mashg‗ulotlarida maxsus muvozanat 
    saqlash mashqlari ko‗pincha balandroq tayanch joyda bajariladi.Turgan joyda 
    bajariladigan mashqlarga: kichik tayanchda oyoq uchlarida, tovonlarda, bir oyoqda 
    tik turishlar, qo‗l, oyoq, gavda harakatlari bilan bajariladigan mashqlar (masalan, bir 
    oyoqda), shuningdek, ikki oyoqda burilishlar, sakrab burihshlar, bir va ikki oyoqda 
    o‗tirishlar 
    kiradi.Balandroq 
    tayanch 
    joyda 
    bundan 
    tashqari, 
    pastroq 
    holatdan balandroq holatga o‗tish va teskarisi - balandroq holatdan pastroq holatga 
    (shu juinladan, yotish holatiga ham) o‗tish, o‗tirgan holatdan siltanib o‗tish mashqlari 
    bajarilishi 
    mumkin.Harakatda 
    bajariladigan 
    mashqlarga 
    quyidagilar: 
    yurishning barcha turlari (oddiy qadam, juftlama qadam, almash qadam, yelka bilan 
    oldinga yurish, ko'zlarni yumib engashib yoki boshni burib yurish), yugurish va raqs 
    qadamlari bilan harakat qilish kiradi. Ushbu mashqlar guruhining ko‗proq qismini 
    qo‗l va gav-daning qo'shimcha harakatlari, to‗xtash, engashish, burilish va h.k.lar 
    bilan yurish tashkil qiladi.To‗siqlarni oshib o‗tish, yuklarni bir joydan ikkinchi 
    joyga ko‗tarib o‗tish, ikki kishi bo‗lib almashib o‗tish va aralash tayanish-larda 
    harakat qilish katta amaliy ahamiyatga ega. Xodada muvozanat saqlash mashqlarini 
    bajarganda arg‗amchilar, tayoqchalar (sakrab o‗tish yoki ostidan o'rmalab o'tish 
    uchun), to‗ldirma to‗plar (ular ustidan hatlab o‗tish uchun) va h.k.lar to‗siq bo'lib 
    xizmat qilishi mumkin.Ko‗tarib o‗tish uchun yuk sifatida to‗ldirma to'plardan foyda-
    laniladi. Yaxshi tayyorgarlikka ega bo'lgan guruhlarda sherigini ko‗tarib o‗tish 


    mumkin. Balandroq tayanch joyda ikki kishi bo‗lib, almashib o‗tishning ikki asosiy 
    usulibor:
    Sheriklardan biri xodaga ko‗ndalang cho‗qqayib, tayanadi yoki qoringa yotish 
    holatini qabul qiladi, ikkinchisi esa uning ustidan hatlab o‗tadi. 
    Xoda ustida sheriklar uchrashganda bir-birining yelkalaridan ushlashib, o‗ng oyoqlari 
    kaftlarining ichki qirralari bir-biriga tekkunga qadar oldinga uzatadilar va bir-birini 
    ushlagancha.

    Download 2,74 Mb.
    1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   127




    Download 2,74 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Aralash osilish va aralash tayanishda tirmashib chiqish

    Download 2,74 Mb.
    Pdf ko'rish