tayyorgarlik saviyasi va uy vazifalarining bajarilish sifatini tekshirish maqsadida,
odatda, nazorat ishlari olish, savol-javob, suxbat, munozara, amaliy topshiriqlarni
bajartirib ko‗rish x.k. usullarda asosan amaliy darslarda nazorat (joriy nazorat)
qilinadi.
Joriy nazoratda talabaning dars paytida o‗tilgan materiallarni o‗zlashtirishi va
uyga berilgan topshiriqlarni bajarishdagi faolligi, bajarish saviyasi va o‗zlashtirish
darajasi e‘tiborga olinadi.
Ikkinchi tur ishlar fanning ishchi o‗quv dasturida auditoriyadan tashqari
o‗zlashtirilishi belgilangan mavzu bo‗yicha ma‘lumot va axborotlarni mustaqil
ravishda izlab topish, tahlil qilish, konspektlashtirish (yoki referat tarzida
rasmiylashtirish) o‗zlashtirish, ijodiy yondashishni talab qiladigan amaliy
topshiriqlarni bajarish ko‗rinishda amalga oshiriladi. Bu turdagi ishlarni bajarish
jarayoni va o‗zlashtirish sifatining nazorati darsdan tashqari paytlarda, maxsus
belgilangan konsultatsiyalarda amalga oshiriladi.