Sakrash mashqlari
.
Katta
maktabgacha
yoshida sakrashga oid
mashqlar
anchagina ko‘payadi. Erdan
anchagina kuchli itarilish, ko‘lni shiddat bilan silkish,
yuqoriga, uzunlikka va hokazolarga sakrashni bajarishning barcha bosqichlarida juda
yaxshi harakat muvofiqligi kuzatiladi.Katta guruh bolalari
beriladigan yuklamalarni
bemalol uddalaydilar, bu o‘rinda mashqlar
miqdorini ham oshirish mumkin, biroq
mashqlarning bajarilish sifatiga e‘tiborni ko‘proq qaratish lozim.
Joyida turib yoki
oldinga siljib ikki oyoqda sakrashni takrorlash bilan birga yugurib kelib
uzunlikka va
balandlikka
sakrash,
kalta
arg‘amchadan
joyida
turib
uzunlikka
sakrash
ham
o‘rgatilib
boriladi.