• Referat tayyorlash
  • Ko„rgazmali vositalar tayyorlash.
  • Mavzuni mustaqil o„zlashtirish




    Download 2,74 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet49/127
    Sana14.05.2024
    Hajmi2,74 Mb.
    #231500
    1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   127
    Bog'liq
    MAJMUA BOLALAR JISMONIY TARBIYASI Н.Хусенов

    Mavzuni mustaqil o„zlashtirish. 
    Bolalar jismoniy tarbiyasi fani xususiyati, 
    talabalarning bilim darajasi va qobiliyatiga qarab ishchi o‗quv dasturiga kiritilgan 
    alohida mavzular talabalarga mustaqil ravishda o‗zlashtirish uchun topshiriladi. 
    Bunda mavzuning asosiy mazmunini ifodalash va ochib berishga xizmat qiladigan 
    tayanch iboralar, mavzuni tizimli bayon qilishga xizmat qiladigan savollarga qaratish, 
    asosiy adabiyotlar va axborot manbalarini ko‗rsatish lozim. Topshiriqni bajarish 
    jarayonida talabalar mustaqil ravishda o‗quv adabiyotlaridan foydalanib ushbu 


    mavzuni konspektlashtiradilar, tayanch iboralarning moxiyatini anglagan xolda 
    mavzuga taaluqli savollarga javob tayyorlaydilar. Zarur hollarda (o‗zlashtirish qiyin 
    bo‗lsa, savollar paydo bo‗lsa, adabiyotlar etishmasa, mavzuni tizimli bayon eta 
    olmasa va x.k.) o‗qituvchidan maslahat oladilar. 
    Mustaqil o‗zlashtirilgan mavzu bo‗yicha tayyorlangan matn kafedrada himoya 
    qilinadi. 
    Referat tayyorlash
    . Talabaga qiyinchilik darajasi uning shaxsiy imkoniyatlari, 
    qobiliyati va bilim darajasiga muvofiq bo‗lgan biror mavzu bo‗yicha referat 
    tayyorlash topshiriladi. Bunda talaba asosiy adabiyotlardan tashqari ko‗shimcha 
    adabiyotlardan (monografiyalar, ilmiy, uslubiy maqolalar, internetdan olingan 
    ma‘lumotlar, elektron kutubxona materiallari va x.k.) foydalanib materiallar yig‗adi, 
    taxlil qiladi, tizimga soladi va mavzu bo‗yicha imkon darajasida to‗liq, keng 
    ma‘lumot berishga xarakat qiladi. Zarur xollarda o‗qituvchidan maslaxat va 
    ko‗rsatmalar oladi. Yakunlangan referat kafedrada ekspertlar ishtirokida ximoya 
    qilinadi. 
    Ko„rgazmali vositalar tayyorlash. 
    Talabaga muayyan mavzuni bayon qilish 
    va yaxshiroq o‗zlashtirish uchun yordam beradigan ko‗rgazmali materiallar 
    (taqdimotlar (prezentatsiya), jadvallar, chizmalar, rasmlar, xaritalar, maketlar, 
    modellar, grafiklar, namunalar va x.k) tayyorlash topshiriladi. Mavzu o‗qituvchi 
    tomonidan aniqlanib, talabaga ma‘lum ko‗rsatmalar, yo‗l-yo‗riqlar beriladi. 
    Ko‗rgazmali vositalarning miqdori, shakli va mazmuni talaba tomonidan mustaqil 
    tanlanadi. Bunday vazifani bir mavzu bo‗yicha bir necha talabaga topshirish. 
    Talaba ko‗rgazmali materiallardan foydalanish bo‗yicha yozma ravishda 
    tavsiyalar tayyorlaydi va kafedrada ximoya qiladi. 

    Download 2,74 Mb.
    1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   127




    Download 2,74 Mb.
    Pdf ko'rish