Bog'liq MAJMUA BOLALAR JISMONIY TARBIYASI Н.Хусенов
MUSTAQIL TA`LIM TOPSHIRIQLARI “Bolalar jismoniy tarbiya nazaryasi va texnologiyalari” fani yo„nalishida talabalar mustaqil ishini (TMI) tashkil etish bo„yicha USLUBIY KO„RSATMA Kadrlar tayyorlash milliy dasturida chuqur nazariy va amaliy bilimlar bilan bir
qatorda tanlangan sohasi bo‗yicha mustaqil faoliyat ko‗rsata oladigan o‗z malakasini
mustaqil ravishda oshirib boradigan, masalaga ijodiy yondashgan xolda muammoli
vaziyatlarni to‗g‗ri aniqlab, tahlil qilib, sharoitga tez moslasha oladigan
mutaxassislarni tayyorlash asosiy vazifalardan biri sifatida belgilangan.
Ma‘lumki, axborot va bilimlar doirasi tez sur‘atlar bilan kengayib borayotgan
xozirgi sharoitda barcha ma‘lumotlarni faqat dars mashg‗ulotlari paytida talabalarga
etkazish qiyin.
Tajribalar shuni ko‗rsatadiki, talaba mustaqil ravishda shug‗ullansa va o‗z
ustida tinimsiz ishlasagina bilimlarni chuqur o‗zlashtirishi mumkin. Talabalarning
asosiy bilim, ko‗nikma va malakalari mustaqil ta‘lim jarayonidagina shakllanadi,
mustaqil faoliyat ko‗rsatish qobiliyati rivojlanadi va ularda ijodiy ishlashga qiziqish
paydo bo‗ladi.
Shuning uchun talabalarning mustaqil ta‘lim olishlarini rejalashtirish, tadbiq
qilish va buning uchun barcha zaruriy shart-sharoitlarni yaratish, dars
mashg‗ulotlarida talabalarni o‗qitish bilan bir qatorda ularni ko‗proq mustaqil
o‗qishga o‗rgatish, bilim olish yo‗llarini ko‗rsatish, mustaqil ta‘lim olish uchun
yo‗llanma berish oliy ta‘lim muassasasining asosiy vazifalaridan biri xisoblanadi.
―Bolalar jismoniy tarbiyasi‖ fani bo‗yicha talabaning mustaqil ishi (TMI) – fan
dasturida belgilangan ko‗nikma va malakalarning ma‘lum qismi talaba tomonidan fan
o‗qituvchisi tavsiyalari asosida auditoriya va auditoriyadan tashqarida o‗zlashtirishga
yo‗naltirilgan tizimli faoliyat hisoblanadi.
O‗qishning boshlang‗ich bosqichlarida TMIni tashkil etish bir qator vazifalar
bilan bog‗liq. Ayniqsa, birinchi kurs talabalarining oliy ta‘lim talablarga ko‗nikishi
qiyin kechadi. Chunki ular ta‘lim olish jarayonida o‗z mustaqil faoliyatlarini tashkil
qilishni deyarli bilishmaydi. Ma‘lumotlarni qaysi manbadan qanday qilib
topish,ularni taxlil qilish va zarurlarini ajratib olib tartibga solib konspektlashtirish,
o‗z fikrini aniq va yorqin ifodalash, o‗z vaqtlarini to‗g‗ri taqsimlash, shuningdek,
aqliy va jismoniy imkoniyatlarini to‗g‗ri baxolash, ular uchun katta muammmo
hisoblanadi. Eng asosiysi, ular mustaqil ta‘lim olishga ruxan tayyor bo‗lishmaydi.
Shuning uchun xar bir professor-o‗qituvchi dastlab talabada o‗z qobiliyati va
amaliy imkoniyatlariga ishonch uyg‗otishi, ularni sabr-toqat bilan bosqichma-bosqich
mustaqil bilim olishni to‗g‗ri tashkil qilishga o‗rgatib borishi lozim. Talabalar
tomonidan mustaqil ravishda o‗zlashtiriladigan bilim va ko‗nikmalarning kursdan
kursga murakkablashib, kengayib borishini xisobga olgan xolda ularning
tashabbuskorlik rolini oshirib borish zarur. SHunda mustaqil ta‘limga ko‗nika
boshlagan talaba o‗qituvchi tomonidan belgilab berilgan ishlarni bajaribgina qolmay,
o‗zining qiziqishi va qobiliyatiga qarab, o‗zi zarur deb xisoblagan qo‗shimcha
bilimlarini mustaqil ravishda tanlab o‗zlashtirishga o‗rganib boradi.