|
Bolalar jismoniy tarbiya nazaryasi va texnologiyalariBog'liq MAJMUA BOLALAR JISMONIY TARBIYASI Н.ХусеновAsosiy adabiyotlar
1.Tulenova. X., Xo‗jaev.P, Xo‗jaeva. Meliev.H Jismoniy tarbiya nazariyasi va
metodikasi. T; Iqtisod-Moliya 2012y o‗quv qollanma.
2.Makamjonov.K, Salomov.R, Ikromov.I Jismoniy madaniyat nazariyasi va
metdikasi. Darslik T; Iqtisod-Moliya 2008yil
3.Xujaev I-. Raximkulov K.D, Nigmanov B.B «Xarakatli o‘yinlar va uni o‘qitish
mctodikasi» Cho'lpon nashriyoti Toshkent 2011 y
4.Cтепаненкова Е.Я. Теория и методика физического воспитания и развития
ребенка.Учебное пособия.М..Академия 2001г.
2- Mavzu: Umumrivojlantiruvchi mashqlar va ularning guruhlari.
Mavzu rejasi:
1. Umumrivojlantiruvchi mshqalar va ularning guruhlari.Mashg‘ulotlarda
umumrivojlantiruvchi mashqlardan foydalanish.
2. Dastlabki holatlar.
3.Saflanish mashqlari
Umumrivojlantiruvchi mashqlar bu maxsus mashqlardir. Ular butun
organizmning rivojlanishi va sog‘lomlashishida muhim rol o‘yneydi
va yelka kamari
,
gavda, oyoq kabi yirik muskul guruhlarining rivojlanishi va mustahkamlanishiga,
bo‘g‘imlarning harakatchan bo‘lishiga muskullar taranglashuvi va bo‘shashuvi
jarayonini normallashtirishga yordam beradi.Umumrivojlantiruvchi mashqlarning
vazifasi to‘g‘ri
qad-qomatni shakllantirish
, butun tayanch harakat apparatini
mustahkamlanish va qon aylanish,
nafas olish
, almashinish jarayonlari,asab tizimi
faoliyatini yaxshilahdan iboratdir. Umumrivojlantiruvchi mashqlar harakatlarni idora
qiluvchi oliy motorv markazlari
ishini faollashtiradi
;tezkorlik;chaqqonlik;kuchlar
nisbati;chidamlilik;egiluvchanlilik kabi jismoniy sifatlarni namoyon qilishga yordam
beradi,ijobiy-emotsional kayfiyat uyg‘otadi.
Umumrivojlantiruvchi
mashqlar
bir
necha
guruhga
bo‘linadi:
1.Yelka kamari va qo‘l mushaklarini rivojlantirish va mustahkamlash uchun
mashqlar.
2.Gavda, orqa mushaklarini rivojlantirish va mustahkamlash uchun mashqlar.
3.Oyoq va qorin mushaklarini rivojlantirish va mustahkamlash uchun mashqlar.
|
| |