|
O„yinda rollarni taqsimlashBog'liq MAJMUA BOLALAR JISMONIY TARBIYASI Н.Хусенов O„yinda rollarni taqsimlash
. Tarbiyachi pedagogik vazifalarga amal qilib
(yangi kelgan bolani rag‗batlantirish yoki aksincha, faol bola misolida botir bo‗lish
qanchalik muhim ekanligini isbotlash yoki o‗ziga ishongan bola iltimosini rad etib,
bu rolni qo‗rqib tortinchoq bolaga topshirish) boshlovchi tayin etishi yoki bolalarni
xursand qilgan holda o‗yinga o‗zi kirishib o‗z zimmasiga boshlovchi yoki oddiy
ishtirokchi rolini oladi. Shuningdek, boshlovchi saylashni bolalarni o‗ziga xavola
etishi va ulardan bu rolni mazkur bolaga nima uchun topshirganlarini tushuntirib
berishlarini so‗rashi mumkin. Kichik guruhda boshlovchi rolini tarbiyachini o‗zi
bajaradi. O‗yin jarayonida tarbiyachi bolalar xarakati va o‗zaro munosabatlar,
qoidalarini bajarilishini kuzatib boradi, qisqacha ko‗rsatmalar beradi, bolalarning
hissiy holatlarini boshqarib boradi. Qoidaning ayrim bolalar tomonidan buzilishi
haqida
o‗yinni
qayta
o‗tkazishdan
oldin
gapiradi.
O„yinni yakunlash.
Harakatli o‗yin jismoniy yuklamani kamaytiradigan va
pulsni normal xolga keltiradigan umumiy yurish bilan tugallanadi. Yurishni a
hamiyatiga ko‗ra bir xil bo‗lgan kam harakatli o‗yin bilan almashtirish ham mumkin.
O‗yin tugagan zahoti uni yakunini chiqarish kerak emas: bolaning tez harakatdan
dam olishga asta-sekin o‗tmasligi yurak faoliyatini va butun organizmiga noxush
ta‘sir yetadi. Tarbiyachi o‗yinni baholashida uning ijobiiy tomonlarini ta‘kidlaydi, o‗z
rollarini muvaffaqiyatli bajargan, jasurlik, chidamlilik, o‗zaro o‗rtoqlik yordami
ko‗rsatgan bolalar nomini ataydi va qoidalarning buzilishi hamda bolalarning shu
bilan bog‗liq harakatini kuyinib ko‗rsatib o‗tadi. Katta guruhlarda tarbiyachi bolalarni
harakatli o‗yinlarni mustaqil tashkil etishga tayyorlaydi, bunda o‗yinlarning borishini
va ayniqsa, qoidalarni bajarilishini hamda bolalar o‗rtasidagi munosabatlarni kuzatib
beradi. U bolalarga harakatli o‗yin variantlarini uning mazmuni, qoidasini, o‗yin
harakatlarini o‗zgartirgan holda o‗ylab topish, keyinchalik yangi o‗zi o‗ylab o‗yin
topish kabi topshiriqlar beradi. Katta guruh bolalarida mustaqillik, tashkilotchilik
malakasini tarbiyalash maqsadida tarbiyachi ularga kichik guruh bolalari bilan o‗yin
tashkil etishini taklif yetadi. O‗yin kichik guruh tarbiyachisi kuzatuvi ostida
o‗tkaziladi.
|
| |