Velosipedda uchishga o„rgatish metodikasi




Download 2,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/127
Sana14.05.2024
Hajmi2,74 Mb.
#231500
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   127
Bog'liq
MAJMUA BOLALAR JISMONIY TARBIYASI Н.Хусенов

Velosipedda uchishga o„rgatish metodikasi
.Maktabgacha tarbiya muassasalarida 
uch g‗ildirakli va ikki g‗ildirakli velosipedlardan foydalaniladi. Avvalo bolalarni 
velosipedda yurish qoidalari bilan tanishtiriladi. Bolalar ikki yoshdan uch g‗ildirakli, 
besh yoshdan ikki g‗ildirakli
velosipedda yurishga o‘rgatiladi: velosipedga o‘tirishga 
undan tushishga, to‘g‘riga, aylana bo‘lib, «ilon izi» bo‘lib haydash, ortga burish 
topshirig‘i beriladi. Shundan so‘ng bolalarni velosipedda to‘g‘riga haydash, burilishlar 
qilishga (kattalar yordamida) o‘rgatiladi. Velosiped uchishga o‘rgatishda bolalarni 
ketma-ket tarzda mashqlarga o‘rgatish lozim:
-velosiped qismlari bilan tanishish; 
-rulni ushlab velosipedni to‗g‗ri, aylana bo‗ylab haydash; 
-oyoqni o‗rindiq ustidan oshirib o‗tkazib joyida turgan velosipedga o‗tirish (bunda 
o‗rindiq bolaning oyoqlari yerga tegadigan holatga tushirilgan bo‗lishi kerak); 
-oyoqlari bilan yerdan itarilib, to‗g‗ri yo‗ldan velosipedda muvozanat saqlab uchish 
(1 – 2 marta tarbiyachi velosiped egaridan ushlab yordam beradi, keyin bola mashqni 
mustaqil bajaradi); 
-oyoqlarini ko‗tarib, muvozanat saqlab, kichikroq masofani yurib o‗tish (oyoqlar 
yordamida yerdan itarilish bilan tezlik olinadi); 
-oyoqlar bilan yerdan itarilib, to‗g‗ri yo‗ldan kichikroq masofalarni o‗tish (bunda 
avval bir oyoq, keyin har ikki oyoq pedalga qo‗yiladi); 
-oyoqlar bilan yerdan itarilib tezlik olgandan keyin oyoqlarni pedalga qo‗yish va uni 
aylantirish, oyoqni pedaldan olish va ularni yerga tekkizib, velosipedning yurishini 
sekinlashtirib uni to‗xtatish; 
-pedallarni aylantirib, to‗g‗ri yo‗ldan velosiped uchish; 
-katta aylana bo‗ylab uchish; 
-to‗xtash va velosipeddan tushish
-yo‗nalishga hamda boshqa velosipedchilardan 4-5 metrlik masofaga rioya qilib, 
aylana bo‗ylab velosiped uchish. 
Tarbiyachi velosipedga o‗tirishni, qoidalarning bajarilishini, harakatlarni dozalashni 
kuzatib boradi. Agar toliqish alomatini sezsa, bolaga haydashni bas qilishni aytadi. 

Download 2,74 Mb.
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   127




Download 2,74 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Velosipedda uchishga o„rgatish metodikasi

Download 2,74 Mb.
Pdf ko'rish