tashkil yetadi. Mazmuniga ko‗ra xilma-xil mashg‗ulotlarni o‗tkazishda
vazifalarning
aniq va oydin bo‗lib qolishi, dasturni o‗tishda izchilikka rioya qilish, shuningdek
bolalarning yosh va o‗ziga xos xususiyatlarini hisobga olish shartdir. Mashg‗ulotlar
tuzilishi jismoniy mashqlarning bolalar tomonidan izchil bajarilishidan iboratdir. U
qo‗yilgan vazifalar, asab tizimining ish qobiliyati va bola organizmining har bir
alohida yosh bosqichidagi xususiyatlari bilan belgilanadi. Mashg‗ulot paytida bola
organizmining dinamikasi va uning psixologiyasini nazorat qilish tarbiyachining
asosiy vazifalaridan biridir. Jismoniy tarbiya mashg‗ulotlari o‗zaro bog‗liq uch
qismdan iboratdir:
1. Kirish – tayyorgarlik.
2. Asosiy qism.
3. Yakuniy qism.
Ta‘limiy, tarbiyaviy va sog‗lomlashtirish vazifalari mashg‗ulotning har bir qismi
uchun baravar muhim ahamiyatga egadir. Mashg‗ulot kirish qisminining mazmuni va
vazifalari.
Jismoniy
tarbiya
mashg‗ulotining
birinchi
qismi
qo‗yilgan
vazifalar va uning asosiy
qismidagi mashqlar mazmuniga
ko‗ra turlicha bo‗lishi
mumkin. Mashg‗ulotning bu qismi vazifasi bolalarda unga nisbatan qiziqish va
emotsional kayfiyat paydo qilishdan, diqqatning tayyorgarlik darajasini tekshirishdan,
ayrim harakat ko‗nikmalarini aniqlashtirishdan,
bola organizmini asta-sekin
mashg‗ulotning asosiy qismida kechadigan birmuncha intensiv tez faoliyatga
tayyorlashdan iboratdir. Shu maqsadda bolalarga to‗g‗ri qad-qomatni tarbiyalashga,
yassi tovonlikni oldini olishga yordam beradigan, fazoda hamda jamoada mo‗ljal
olish bilan bog‗liq, bajarilishi ko‗p vaqtni talab qilmaydigan tanish mashqlar va
ularning variantlarini bajarish taklif etiladi. Bunday mashqlarga quyidagilar kiradi:
1.saflanish mashqlari – turlicha saflanishlar va qayta saflanishlar;
2.turli
topshiriqlar
bilan
bajariladigan
yurish
va
yugurish;
3.tarqalib yengil yugurish hamda keyinchalik
katta va kichik davra, kolonna va
hakozo bo‗lib saflanish;
4.turli ko‗rinishdagi va yassitovonlikning oldini olish maqsadidagi yurishlar tovonda,
oyoq uchida, poldagi qalin shnur ustida, narvonda yurish va boshqalar.
Kirish qismi bolalarning kolonnaga uch to‗rttadan bo‗lib, saflanishi, tarqalishi…
bilan yakunlanadi. Bu bolalarni mashg‗ulotning asosiy qismi boshlanishidagi
umumrivoj-lantiruvchi mashqlarni o‗rgatishga o‗tish uchun xizmat qiladi. Bu qism
kichik guruhlarda 2-4
daqiqagacha, o‗rta guruhlarda 3 dan 5 daqiqagacha, katta
guruhlarda 4 dan 6 gacha davom yetadi. Mashg‗ulotning asosiy qismi vazifalari va
mazmuni. Mashg‗ulotning bu qismida bir holatda dastlab bolalarni
umumrivojlantiruvchi mashqlarga, so‗ngra asosiy harakatlarga o‗rgatish va jismoniy
sifatlarni tarbiyalash vazifalari belgilanadi; ikkinchi bir holatda asosiy harakat
mashqlariga o‗rgatish belgilanadi. Bu mashqlar yangi
harakat materiali bilan
tanishtirishni, avvaldan tanish mashqlarni turli variantlardan foydalanib takrorlashni,
mustahkamlanish bosqichidagi harakat ko‗nikmalarini takomillashtirishni ko‗zda
tutadi. Shundan so‗ng barcha bolalarni intensiv harakatga tortadigan qoidali harakatli
o‗yinlar
o‗tkaziladi.
Bolalarning psixik ish qobiliyatining davomsizligini hisobga olib, murakkab vazifalar
asosiy qismning boshida belgilanadi (bolalarni yangi material bilan tanishtirish yoki
juda
murakkab
koordinatsiyali
mashqlarni
bajarish).Umumrivojlantiruvchi
mashqlarni bolalar kichik buyumlar, bayroqchalar, tayoqchalar, chambaraklar,
lentalar, shnurlar bilan bajaradilar. Chunki ular organizmning funksional holatini
yaxshilashga ta‘sir yetadi. Dastlab to‗g‗ri qad-qomatni shakllantirish va nafas olishni
tartibga solish maqsadida qo‗l mushaklari va yelka kamari mushaklarini rivojlantirish
hamda mustahkamlash mashqlari beriladi.
Ikkinchi navbatda gavda uchun, orqa
mushaklarni mustahkamlash va umurtqa egiluvchanligini rivojlantiruvchi (oldinga,
orqaga va yon tomonlarga egilish, gavdani aylantirish) mashqlari beriladi. Uchinchi
navbatda qorin va oyoq mushaklarini mustahkamlovchi (cho‗qqayish, tizzadan
bukilgan oyoqlarni ko‗tarish…) mashqlari beriladi. Shundan so‗ng asosiy
harakatlarni o‗rgatishga o‗tiladi. Bunda ulardan biri bolalar uchun yangi, boshqalari
esa o‗rganish va takomillashtirish bosqichida bo‗ladi. Mashg‗ulotning
umumrivojlantiruvchi mashqlarni o‗rgatish bilan olib asosiy qismi davomiyligi:
kichik guruhlarda 15 dan 18 daqiqagacha; o‗rta guruhda 20 dan 22 daqiqagacha; katta
guruhda 25 dan 28 daqiqagacha bo‗ladi. Umumrivojlantiruvchi mashqlarsiz
o‗tkazilganda esa uning davomiyligi kichik guruhlarda 8-12 daqiqa, o‗rta guruhda 12-
15 daqiqa, katta guruhda 15-20 daqiqani tashkil yetadi. Mashg‗ulotni
yakunlovchi
qismi.Mashg‗ulotning o‗yindan so‗nggi yakunlovchi qismi tobora sekinlashadigan
intensiv suratdagi yurishni o‗z ichiga oladi. U umumiy qo‗zg‗aluvchan ishga yordam
beradi; yurish jarayonida bolalar bir necha nafas olish mashqlarini bajarishlari
mumkin. Ba‘zi hollarda yurish barcha bolalar ishtirokidagi kam harakatli o‗yin bilan
almashtirilishi mumkin. Yurish yoki uni almashtiruvchi o‗yin so‗nggida
mashg‗ulotga yakun yasaladi. Yakunlovchi qism: kichik guruhda 2 dan 3
daqiqagacha, o‗rta va katta guruhlarda 3 dan 4 daqiqagacha bo‗ladi.
Butun mashg‗ulotning davomiyligi:
-kichik guruhlarda 15-20 daqiqa;
-o‗rta guruhlarda 20-25 daqiqani;
-katta guruhlarda 30-35 daqiqani tashkil yetadi.