• 8-9-Mavzu: Maktabgacha ta‟lim tashkilotlarida jismoniy tarbiya bo‟yicha ishlarni Mavzu rejasi: 1.
  • 1.Maktabgacha ta‟lim muassasalarida jismoniy tarbiya bo‟yicha ishni rejalahtirishning ahamiyati.
  • Bolalar jismoniy tarbiya nazaryasi va texnologiyalari




    Download 2,74 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet76/127
    Sana14.05.2024
    Hajmi2,74 Mb.
    #231500
    1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   127
    Bog'liq
    MAJMUA BOLALAR JISMONIY TARBIYASI Н.Хусенов

    “Sog‟lom bola-
    Sog‟lom kelajak” shiori ostida o‟
    tkaziladigan "Gimnastrada" sport festivalining 
    maqsad vazifalari;
    O‘
    zbekiston 
    Respublikasi Prezidentining 
    II-
    muhim tashabbusining bajarilishi 
    yosh 
    avlodni sportga 
    yo‘naltirish va unga shart-sharoitlarni yarati
    sh;
    Jismoniy madaniyat Konsepsiyasini va O‘zbekiston Respublikasining 2019-
    2023 
    yillarda umumiy 
    sportini rivojlantirishni amalga oshirish; 
    O‟zbekiston 
    Respublikasining umumiy sportini aynan maktabgacha tahlim 
    yoshdagi bolalar o‘rtasidagi sportni mashhur qilish: 
    Vatanga muhabbat va Vatanga bo‘lgan milliy g‘ururni uyg‘otish maqsadida 
    Jondor tuman maktabgacha ta‘lim bo‘limi tomonidan ―Sog‘lom bola – sog‘lom 
    kelajak‖ shiori ostida o‘tkazilgan ―Gimnastrada‖ sport festivali 2019 yil 15 oktyabr
    kuni bo‘lib o‘tdi. 
    Unda Bizning 5-sonli DMTT tarbiyalanuvchilari ―Quvnoq arilar‖ jamoasi 
    sifatida faol ishtirok etib ―Eng zo‘r xoreografiya‖ nominatsiyasi bo‘yicha faxrli 1-
    o‘rinni egallab viloyat bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. 
    8-9-Mavzu: Maktabgacha ta‟lim tashkilotlarida jismoniy tarbiya bo‟yicha 
    ishlarni
    Mavzu rejasi: 
    1.
     
    Maktabgacha ta‘lim tashkilotlarida jismoniy tarbiya bo‘yicha ishlarni 
    rejalashtirish.


    2. Rejalashtirish metodikasi 
    1.Maktabgacha ta‟lim muassasalarida jismoniy tarbiya bo‟yicha ishni 
    rejalahtirishning ahamiyati.
    Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini rejalashtirishda eng avallo maktabgacha ta‘lim 
    muassasalari uchun mo‘ljallangan me‘yoriy hujjatlar ―Maktabgacha ta‘limga 
    qo‘yilgan Davlat talablari‖ hamda ―Ilk qadam‖ o‘quv dasturiga asosan bolalar 
    yoshlari doirasida asosiy harakatlar: yurish, yugurish, sakrash, irg‘itish-emaklash, 
    to‘siqlardan oshib o‘tish milliy, harakatli hamda tinch o‘yinlarni nomini bilishi va 
    o‘ynashi zarur deb ko‘rsatilgan. Jismoniy tarbiya yo‘riqchisi tomonidan jismoniy 
    tarbiya mashg‘ulotlarini rejalashtirishda yurish, yugurish, sakrash, uloqtirish, 
    tirmashib chiqish, muvozanat mashqlari kabi asosiy harakatlarni izchil ravishda 
    mashg‘ulotlarga taqsimlab chiqishda ko‘proq qiynaladilar. Ularni rejalashtirish 
    vaqtida faqat mashg‘ulot o‘tkazish shart-sharoitlarini (xona, asbob-uskuna va 
    boshqalarni), bolalarning tayyorligini hisobga olibgina qolmay, shu bilan birga har 
    bir harakat malakasini izchillik bilan shakllantirishga ham e‘tibor berish kerak. Bunga 
    murakkabligi tobora ortib boradigan mashqlar va o‘yinlarni ko‘proq tanlash orqali 
    erishiladi. 
    Mashg‘ulotlar vaqtida asosiy harakatlarning bir-biri bilan maqsadga 
    muvofiqroq ravishda qo‘shib olib borishni ko‘zda tutish, shuningdek, bolalarning 
    yuksak darajadagi faolligini ta‘minlovchi uyushtirish usullarining qo‘llanishi ham 
    katta ahamiyatga egadir. Materialni takrorlash ham muhim rol o‘ynaydi. Ayni bir 
    harakatni taxminan oradan 3-4 hafta o‘tgandan keyin bir takrorlab turgan ma‘qul. Har 
    bir o‘rganiladigan harakat turiga bir nechta (ikki-to‘rt) izchil bajariladigan 
    mashg‘ulotlarni kiritish maqsadga muvofiqdir. Odatda mashg‘ulotlar uchun bolalarni 
    o‘qitishning har xil bosqichlari bilan bog‘liq bo‘lgan mashqlar tanlanadi: 
    topshiriqlarning biri ko‘pincha yangi mashqlarni o‘rganish bilan yoki harakat 
    qismlarini takrorlash bilan bog‘liq bo‘ladi, boshqalari esa malakani mustahkamlash 
    va takomillashtirishga qaratilgan bo‘ladi. Materialni taxminiy taqsimlash rejasida har 
    bir yosh guruhi uchun faqat asosiy harakatlar bilan bog‘liq topshiriqlar, shuningdek, 
    harakatli o‘yinlar berilgan. Mashg‘ulotlar uchun belgilangan umumiy rivojlanish 
    mashqlarining mazmuni mashg‘ulotning asosiy maqsadiga bo‘ysundiriladi, u bolani 


    asosiy mashqlarga tayyorlamog‘i lozim. Yosh guruxlari uchun tuzilgan rejada 
    haftasiga ikki marta o‘tkaziladigan mashg‘ulotdan faqat bittasining mazmuni 
    berilgan. Bu rejalashtirishda birmuncha o‘zgartirishlar bo‘lishi uchun kerakli 
    erkinlikni ta‘min etadi. Ikkinchi mashg‘ulot birinchi mashg‘ulotning mazmunini to‘la 
    takrorlashi ham mumkin. Bolalar o‘tgan mashg‘ulotlarda o‘rgangan harakatlarni 
    takrorlab, faol ravishda mashq qilib olishlariga imkon yaratish uchun shunday 
    qilinadi. Ba‘zan ikkinchi mashg‘ulotning mazmuni qisman o‘zgartiriladi: 
    mashg‘ulotning kirish qismiga boshqa yangi mashqlar kiritiladi yoki 
    umumrivojlantiruvchi mashqlar uchun boshqa mashq tanlanadi, asosiy harakatlarga 
    o‘rgatish vaqtida bolalar jamoasiini uyushtirish uslubi o‘zgartiriladi. Boshqa 
    mashg‘ulotdagi asosiy harakatlar qo‘shimcha takrorlash materiali sifatida kiritiladi. 
    Maktabgacha ta‘lim tashkilotida jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari barcha guruhlarda 
    haftasiga 2 marotaba bolaning fiziologik holatiga qarab hafta kunlariga bo‘linadi. 
    Maktabgacha ta‘lim tashkilotlarida jismoniy tarbiya yo‘riqchisi mashg‘ulotlarni 
    bolalarning yosh xususiyatlaridan kelib chiqqan holda shakllantiradi. 

    Download 2,74 Mb.
    1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   127




    Download 2,74 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bolalar jismoniy tarbiya nazaryasi va texnologiyalari

    Download 2,74 Mb.
    Pdf ko'rish