• TOSHKENT — 2015 UO‘K: 37.035.6(075) КВК 74.03 М-90 М-90 M.J.MutaIipova. Xalq pedagogikasi. -Т.: «Fan va texnologiya», 2015,160 bet. ISBN 978-9943-998-15-5
  • UO‘K: 37.035.6(075) KBK 74.03 Taqrizchilar: Sh.Q.Mardonov
  • M. J. Mut alipova




    Download 0.54 Mb.
    bet1/35
    Sana30.10.2023
    Hajmi0.54 Mb.
    #91076
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
    Bog'liq
    xalq
    Sferan boltsman., Faqat ahmoqlargina sakkiz soat uxlaydi (1), Qurbonov Doston RQLK 1-topshiriq — копия, ped-mahorat-fanidan-test-savollari, Magento, MAGNIT MAYDONIDA TASIRCHAN ETUVCHI KUCHLAR, Tashkiliy hujjatlar nima, 1123885.pptx, xasanov javohir tarmoq dasturlash mustaqil ish, Kompyuterni tashkillashtirish @tuit baza (2), 5 lab, 2-Лаборатория, Xorijiy davlatlarda STEAM ta, маруза7

    0‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA 0‘RTA MAXSUS
    TA’LIM VAZIRLIGI

    M.J.MUT ALIPOVA
    XALQ
    PEDAGOGIKASI
    O ‘zbekiston Respublikasi Oliy va о 'rta maxsus ta ’lim vazirligi
    tomonidan 5110900 -pedagogika va psixologiya yo ‘nalishi talabalari
    uchun о ‘quv qo ‘llanma sifatida tavsiya etilgan

    TOSHKENT — 2015
    UO‘K: 37.035.6(075) КВК 74.03 М-90
    М-90 M.J.MutaIipova. Xalq pedagogikasi. -Т.: «Fan va texnologiya», 2015,160 bet.
    ISBN 978-9943-998-15-5
    Mazkur o‘quv qo‘llanma 5110900 - pedagogika va psixologiya bakalavriat yo‘nalishi talabalari uchun moMjallangan bo‘lib, unda xalq pedagogikasining nazariy asoslari, o‘zbek xalqining milliy, ma’rifiy, ma’naviy va madaniy meroslarining barkamol shaxsini tarbiyalashda tutgan o‘rni, bo‘lg‘usi pedagog kadrlarni ta’lim-tarbiya jarayonida xalq pedagogikasi manbalaridan o‘z o‘mida, maqsadga muvofiq samarali foydalanish yo‘llari yoritilgan.
    0‘quv qoMlanma 0‘zbekiston Respublikasi 00‘MTVning 263- sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan «Xalq pedagogikasi» fanining namu- naviy dasturiga asosan yozildi.
    UO‘K: 37.035.6(075) KBK 74.03
    Taqrizchilar:
    Sh.Q.Mardonov - pedagogika fanlari doktori, professor; N.M.Egamberdiyeva - pedagogika fanlari doktori, professor
    ISBN 978-9943-998-15-5
    © «Fan va texnologiya» nashriyoti, 2015.
    SO‘Z BOSHI
    Tarixga nazar tashlaydigan bo‘lsak, o'zbek xalqi ta’lim-tarbiya sohasida o‘ziga xos maktab yaratgan. Zaminimizda zardushtiylik dini hukm surgan paytda ham ma’lum pedagogik mafkura mavjud bo‘lganini «Avesto»ning bizgacha yetib kelgan ayrim sahifalari mazmunidan bilamiz.
    Xalqimizning madaniy-ma’rifiy taraqqiyoti asrlar davomida rivojlanib, takomillashgan va bu jarayonlar xalq pedagogikasida o‘z aksini topa borgan. Bu haqda yurtboshimiz «Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch» asarida bizning ulug‘ ajdodlarimiz o‘z davrida komil inson haqida butun bir axloqiy mezonlar majmuini, zamonaviy tilda aytganda sharqona axloq kodeksini ishlab chiqqanliklarini eslash joizligini ta’kidlaganlar. Demak, xalq pedagogikasi xalq ommasining turli davrlar mobaynida turmush faoliyati jarayonida to‘plagan boy tajribalari, axloqiy, ma’rifiy, ma’naviy yetuklik borasidagi qarashlari va xulosalarini ifodalaydi, etnologiya, etnografiya, etnopsixologiya va etnopedagogika, qadrshunoslik, qadimshunoslik (arxeologiya), udum- shunoslik va xalq og‘zaki ijodining barcha yo‘nalishlarini qamrab oladi, ulardagi axloqiy-ma’rifiy g‘oyalami o‘rganadi. Xalq pedagogikasi asrlar davomida minglab avlodlami tarbiyalash jarayonida yuzaga kelgan ilg‘or axloqiy g‘oyalar va tajribani o‘zida umumlashtirgani uchun faqat tarixiy-madaniy qadriyat sifatidagina emas, balki zamonaviy ta’lim- tarbiya tizimini takomillashtirishda ham muhim ahamiyatga egadir.
    Jamiyatimizda ro‘y berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’ri- fiy o‘zgarishlar o'qituvchilaming kasbiy-pedagogik tayyorgarligi darajasini oshirishni taqozo etayotgan bir paytda ta’lim-tarbiya borasida xalqimiz yaratgan pedagogik qarashlar va g‘oyalar, milliy odob-axloq an’analari, milliy qadriyatlami aks ettiruvchi xalq pedagogikasini ilmiy o'rganish, puxta tahlil qilish va hayotga tatbiq etish hamda kelgusi avlodga yetkazish bugungi kunning muhim va dolzarb masalasidir.
    Mazkur o‘quv qo‘llanma aynan shu masalalarni keng va atroflicha yoritishga mo‘ljallangan. 0‘quv qo‘llanmada xalq pedagogikasi fanining mazmun-mohiyati, tadqiqot obyekti, manbalari, maqsadi va vazifalari, jamiyatimiz hayotida ushbu fanning tutgan o‘mi va amaliy ahamiyati keng qamrovli yoritilgan. Qo‘llanmada xalq pedagogikasi manbalariga kiruvchi xalq og‘zaki ijodi janrlarining tarbiyaviy ahamiyati, milliy urf- odatlar, an’analar, udumlar, xalq o‘yinlari va o‘yinchoqlari, bayram va marosimlaming tarbiya vositasi sifatidagi o‘rni, xalq pedagogikasida oila tarbiyasi, yoshlami tarbiyalashning metod, usul va vositalari, islom dinining odob-axloq, ilm-fan haqidagi ta’limotlari, xalq pedagogikasida xalq amaliy san’ati va hunarmandchiligi, milliy me’morchilik, milliy musiqa, qo'shiqchilik, raqs san’ati va milliy teatrlaming axloqiy tarbiyadagi o‘mi, o‘zbek xalqining muomala madaniyati, axloqiy me’yorlari, xalq pedagogikasida tabiat va inson munosabatlari, sog‘lom turmush tarzi masalalari alohida boblarda o‘z aksini topgan.
    Xalq pedagogikasining tarbiyaviy va didaktik imkoniyatlari va xalq tarbiyaviy an’analaridan o‘quv-tarbiyaviy jarayonda foydalanish masalalari ham yoritilgan.
    Shuningdek, har bir mavzudan keyin nazorat savollari, matnli topshiriqlar, «Bilasizmi?» va «Bu qiziq!» ruknlarida mavzu bo‘yicha qiziqarli ma’lumotlar berilgan.
    Muallif.



    Download 0.54 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




    Download 0.54 Mb.