|
Bolalar jismoniy tarbiya nazaryasi va texnologiyalariBog'liq MAJMUA BOLALAR JISMONIY TARBIYASI Н.ХусеновGavdaning o’tirish, turishi, yurishdagi odatiy holati qomat deb tushuniladi.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning qomati ularning anatomik-fiziologik
xususiyatlariga bog‘liq xarakterli belgilarga ega bo‘ladi. L. P. Afrikanova
ma‘lumotlariga ko‘ra maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning boshi katta
kishilarnikiga qaraganda oldinga engashganroq bo‘ladi, yelka kamari ko‘krak qafasi
darajasiga turtib chiqmagani holda ozgina oldinga siljigan bo‘ladi, qorin yo‘liga 1—2
sm o‘tadi, umurtqa pog‘onasining egilganligi aniq ko‘zga tashlanmaydi, tos
suyagining qiya burchagi uncha katta emas. Qomat tug‘ma bo‘lmaydi: u
maktabgacha
tarbiya
yoshi
davomida
shakllanadi
va
maktab
yoshida
mustahkamlanadi. Bunda qomatga turli omillar — sog‘lik, qaddi-qomat, nerv-psixika
holati, tarbiya sharoitlari ta‘sir ko‘rsatadi. Qomatning shakllanishiga bolada uni
to‘g‘ri tuta bilish malakalarini tarbiyalashning qomatni muayyan holatda tutib tura
bilish zarurligiga ongli psixik tayyorgarlikning juda katta tarbiyaviy ahamiyati bor.
Qomatni to‘gri tutish faqat estetik ahamiyatga molik bo‘lib qolmay, balki, uning
to‘g‘riligini buzilishi ichki organlarning holatini o‘zgartiradi, yurak-qon tomir va
nafas olish sistemalarining normal ishlashini qiyinlashtirib qo‘yadi. Qomat
buzilishining asosiy sababi tarbiyada nuqsonlarga yo‘l qo‘yilishidir: agar bunda
yetarlicha ahamiyat berilmasa, unda bolada qomatini noto‘g‘ri tutish malakasi tarkib
topib qoladi. Qomatni tekshirishda bola odatda, o‘zini tutishi tabiiy, chiranmay
qo‘llar va gavda muskullarini yengilgina bo‘shashtirib turishi kerak. Bola uch xil
holatda turganda old, yon va orqa tojisimonlaridan ko‘riladi. Old tomondan ko‘rishda
boshning holati (to‘g‘riligi, uning oldinga yoki yon tomonga egilganligi), yelkaning
tashqi chegarasi va darajasi (mutanosibligi, kengligi, siqiqligi) belgilanadi. Ko‘krak
kafasini ko‘rishda uning shakli, mutanosibligi (me‘yordaligi, silindrligi,
bochkasimonligi, tekisligi, botiqligi, torligi, «tovuqsimonligi», nomutanosibligi) qayd
qilinadi. Orqa tomondan ko‘rishda yelka va kurak (yelka ustining nomutanosib
emasligi burchaklarining holati har xil emasmi ekanligiga) holatiga ko‘proq ahamiyat
beriladi. Orqaning shakli muhim ahamiyatga molikdir: u normal, orqa umurtqa
pog‘onasining tabiiy egilganligi, ammo, shuning bilan birga har xil egilish: kifozlar
(bukr), lordozlar (bukilgan) skoliozlar (egri, qiyshiq) formasida bo‘lishi mumkin.
Umurtqa pog‘onasi tabiiy egilishlarining bo‘lmasligiga orqaning yassiligi deyiladi.
Rivojlanishda orqada qoladigan kuraklarni qanotsimon kuraklar deb xarakterlaydilar.
Umurtqa pog‘onasining bo‘yin orqasidan tortib beligacha bo‘lgan joyidagi
egilishlarining bir xilda ko‘proq egilishi dumaloq deb ataladi (maktabgacha tarbiya
yoshdagi bolalarda bunday egilganlik kam uchraydi, ammo oldinga egilib yelkasi
chiqib ketganlik xili ko‘proq kuzatiladi). Yon tojsimondan ko‘rishda gavdannng o‘rta
yo‘ldan oldinga o‘tib qo‘shilib ketganligini, qorin, orqaning shaklini, tos-son suyagini
va tizza bo‘g‘inlarining holatini aniqlaydilar.Rivojlanishda orqada qolayotgan kuraklar,
siqilgan suyaklar, yelka ustining nomutanosibligi, qorinning ko‘krak qafasi
chizig‘idan o‘tib ketishi (3—5 sm ga) maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda
ko‘proq uchraydigan qomat buzilishlar hisoblanadi. Tik turganda tizzaning ichki
yuzasi va devor orqalari bir-biriga to‘g‘ri tegib tursa, bu oyoq shakli ―normal‖
ekanligidan dalolat beradi. Agar tovonlar va oyoq uchlari jipslashtirilganda tizzalar
bir-biriga to‘g‘ri kelmasa, unda oyoqlar
|
| |