Umumiy madaniy gigiyenaning omillariga hamma bolalar uchun umumiy bo‗lgan
talablar:
xona kengligi, yoritilishi, shkaflarning, stol, stul, yuvinish xonasi,
yotoqxonada
kravatlarning bolalar yoshiga, bo‗yiga mosligi umumiy madaniy
gigiyenaga kiradi. Shaxsiy madaniy gigiyenik omillarga esa bola shaxsi bilan bog‗liq
bo‗lgan gigiyena, yani bolaning tozaligi, kiyimlarining o‗ziga mosligi, tirnoqlarining
olinganligi, dastro‗molchalarining borligi, o‗z shkafi, o‗z sochiqlari, o‗z kravati, o‗z
o‗rni bo‗lishi kabilar kiradi.
Gigiyena omillari mustaqil ahamiyatga ham ega: ular
barcha organ va tizimlarning normal ishlashiga yordam beradi. Masalan, muntazam
va sifatli ovqatlanish ovqat hazm qilish organining faoliyatiga ijobiy ta‘sir qiladi va
boshqa organlarga zaruriy oziq moddalarning o‗z vaqtida yetib borishini ta‘minlaydi,
bolaning normal rivojlanish va o‗sishiga yordam beradi. To‗laqonli uyqu asab
tizimiga dam beradi va uning qobiliyatini oshiradi. To‗g‗ri yoritish ko‗z kasalliklari
(shabko‗rlik va boshqalar)ning sodir bo‗lishiga yo‗l qo‗ymaydi, bolalarning
maydonchada harakat qilishi uchun qulay sharoit yaratadi. Kundalik rejimiga
qat‘iy
rioya qilish uyushqoqlikka
, intizomlilikka o‗rgatadi.Tabiatning tabiiy kuchlari
(quyosh, havo, suv) jismoniy mashqlarning organizmga ta‘sirini kuchaytiradi va kishi
ish qobiliyatini oshiradi. Quyoshli, ochiq havoda yoki suvda (suzish)
bajariladigan
mashqlar jarayonida ijobiy emotsiyalar paydo bo‗ladi, ayrim organlar va organizm
tizimlarining funksional imkoniyatlari oshadi (ko‗proq kislorod yutiladi, modda
almashinuvi kuchayadi va hokazo).
Quyosh, havo, suv organizmni chiniqtirish, uning yuqori va past haroratga moslashuv
qobiliyatini oshirish uchun foydalaniladi. Bular natijasida
issiqlikni idora qiluvchi
apparat harakatga keladi, ya‘ni kishi organizmi meteorologik omillarning xilma- xil
o‗zgarishlariga o‗z vaqtida javob bera oladigan darajaga keladi. Bunda tabiatning
tabiiy kuchlarini jismoniy mashqlar bilan birga qo‗shib olib borish chiniqish
samaradorligini oshiradi. Tabiatning tabiiy kuchlaridan mustaqil vosita sifatida ham
foydalanish mumkin.
Suv terini kirdan tozalash, kishi tanasiga mexanik ta‘sir etish
uchun qo‗llaniladi. O‗rmon, bog‗lar, xiyobonlardagi shifobaxsh moddalar
(fitonsidlar)ga boy havo mikroblarni yo‗qotishga yordam beradi,
qonni
kislorodga to‗yintiradi, kishi organizmiga yaxshi ta‘sir qiladi. Quyosh nuri teri ostida
D vitaminining saqlanishiga xizmat qiladi, turli mikroblarni o‗ldiradi va kishini turli
kasalliklardan (raxit va boshqalardan) saqlaydi. Organizmga har tomonlama ta‘sir
ko‗rsatish uchun tabiatning barcha tabiiy kuchlarini qo‗llash, ularni oqilona tarzda
birga
qo‗shib
olib
borish
zarur.