Jismoniy mashqlar
. Jismoniy tarbiyaning kishiga har tomonlama ta‘sir etuvchi
asosiy o‗ziga xos shaklidir. Ulardan jismoniy tarbiyaning sog‗lomlashtirish, ta‘limiy
va tarbiyaviy vazifalarini hal etishda foydalaniladi: aqliy, axloqiy, estetik va mehnat
tarbiyasini amalga oshirishga xizmat qiladi, shuningdek, ko‗plab kasalliklarni
davolashda vosita hisoblanadi. Musiqa jo‗rligidagi raqs mashqlari organizmning
barcha tizimlariga ta‘sir qiladi, jismoniy fazilatlar (chaqqonlik, tezkorlik va
boshqalar)ni rivojlantiradi, shuningdek, harakatlar nafis, erkin, ifodali bo‗lib boradi,
ijobiy emotsiyalar paydo qiladi, to‗g‗ri qomatni shakllantirishga yordam beradi.
Shuning uchun raqs va o‗yinlarning xilma-xil elementlari (oyoqlarni yonma-yon
qo‗yish kabilar) jismoniy tarbiya vositalari sifatida foydalaniladi. Xilma-xil faoliyat
turlari (mehnat, rasm chizish, va narsa yasash boshqalar)ga kiruvchi harakatlar, agar
qomatni to‗g‗ri tutishiga rioya qilinsa, shuningdek, jismoniy yuklamalar bolalarning
yosh va individual xususiyatlari, sog‗lig‗ining ahvoli, jismoniy rivojlanishi va
tayyorgarligini hisobga olgan holda berilsagina bola organizmiga ijobiy ta‘sir etishi
mumkin. Massaj (silash, surtish, uqalash, shapatilash, titratish) teriga ta‘sir qilib
kishining butun organizmiga ta‘sir etadi. Teri analizatorlarining o‗tkazuvchi yo‗llari
bola tug‗ilguncha yuzaga keladi, shuning uchun yangi tug‗ilgan chaqaloq teri
retseptorlari orqali bo‗ladigan tashqi ta‘sirni ko‗proq qabul qiladi (bolalarda 6
oygacha teri yuzasidagi retseptorlar nisbatan ko‗p bo‗ladi). Massaj qon tomiri
tizimiga ham ta‘sir qiladi. Terida asab kuchlari ta‘siriga javob tariqasida tomir
reflekslari yuzaga keladi, kapilyarlar kengayadi, qon aylanishi kuchayadi, issiqlik
chiqarish ortadi. Shu ma‘noda massaj organizmni issiq havodan, qizib ketishidan
saqlaydi. Massaj ta‘sirida yog‗ va teri bezlarining sektor funksiyasi yaxshilanadi,
muskullarda oksidlanish-qaytarilish jarayoni kuchayadi va ularning qisqarish
qobiliyati ortadi. Massaj limfa tizimiga ta‘sir qilib, suyuqlik oqimini tezlashtiradi.
Bola hayotining ilk kunlaridanoq namoyon bo‗ladigan shartsiz (tug‗ma) reflekslar
uning jismoniy rivojlanishiga ijobiy ta‘sir qiladi. Agar bola qorni bilan yotqizilsa, u
boshini ko‗taradi va buradi, chalqancha yotganda oldinga oladi. O‗ngga
yonboshlatilganda chapga, chapga yonboshlatilganda o‗ng tomonga buriladi.
Bolaning oyoq terisiga qo‗l tekkazilsa emaklay boshlaydi, orqa terisiga tekkizilsa
qayisha boshlaydi. Shunday qilib, shartsiz refkkslar muskullar qisqarishini yuzaga
keltiradi va ulardan bola hayotining birinchi haftasida, hali jismoniy mashqlarni
qo‗llash mumkin bo‗lmagan (qo‗l va oyoqlarni bukuvchi muskullar gipertoniyasi
tufayli) paytda rivojlantirish va umuman organizmga ta‘sir etishda foydalanish
mumkin. Sog‗lomlashtirish ta‘limiy, tarbiyaviy vazifalarni to‗la hal etishning
majburiy sharti: jismoniy tarbiyaning yuqorida sanab o‗tilgan barcha vositalaridan
umumiy tarzda foydalanish hisoblanadi. Turli yosh bosqichlarda ko‗rsatib o‗tilgan
vazifalarning amalga oshirish samaradorligi asosiy va qo‗shimcha vositalarni to‗g‗ri
qo‗shib olib borgan taqdirdagina oshadi. Chunonchi, bolaning dastlabki uch oyligida
gigiyena omillari, tabiatning tabiiy kuchlari, shartsiz reflekslar katta ahamiyatga ega
bo‗ladi. Bola bir yoshga to‗lganida massaj, sust, sust-faol mashqlar, asosiy harakatlar
(emaklash va boshqalar) dan foydalaniladi. Yoshi katta bo‗lgan sari gigiyenik
omillar, tabiat tabiiy kuchlarining roli kamaymaydi, biroq uyqu, ovqatlanish va
boshqalarga, ozroq vaqt sarflanadi va bir- muncha murakkab jismoniy mashqlardan
foydalanish uchun zamin yaratiladi.
Jismoniy tarbiya jihozlari, inventarlari, qo‘llanmalar, atributlar va o‘yinchoqlardan
foydalanish bolalarning jismoniy tarbiyasi samaradorligini oshiradi. Maktabgacha
tarbiya muassasalarining rahbarlari pedagogik, gigiyenik va estetik talablarni hisobga
olgan holda ularni xonalariga, jismoniy tarbiya zaliga, guruhlarning hovlilariga va
jismoniy
tarbiya maydonchasiga to‘g‘ri tanlab qo‘yishni va joylashtirishni
ta‘minlashlari lozim. Bolalar bog‘chasidagi tarbiyaning dastur vazifalariga muvofiq tarzda
barcha asosiy xarakatlarning rivojlanishiga yordam beradigan jihozlar tanlanadi.
Masalan, bolalarni sakrashga o‘rgatish mashg‘ulotlarida qator maxsus qo‘llanmalar jismoniy
sakrab o‘tish uchun zarur narsalar (arqonlar, kubiklar, to‘siq-baryerlar ); sakrab o‘tish
paytida o‘yinchoqlarni osib qo‘yishga kerak bo‘ladigan ustunlar; gimnastik yashigi —
qutisi (tepalikka irg‘ib chiqish, balanddan sakrab tushish); sakrash bilan bajariladigan
harakatli o‘yinlar uchun atributlar («Chivinni tutib ol» va boshqalar) talab etiladi.
Bolalar harakatlari rivojlanishining yosh xususiyatlari va ularning jismoniy
tayyorgarligiga
oid
bilimlarga
asoslangan
holda,
topshiriqlarni
asta-sekin
murakkablashtira borish muhimdir. Masalan, tirmashib chiqishga mo‘ljallangan mashqlar
dastlab qiyaroq narvonchalarda, uncha baland bo‘lmagan tik narvonlarda, keyinroq
gimnastik devorlarda, zinali arqonlarda, langar- cho‘p, arqon, piramida va boshqalarda
o‘tkaziladi. Muvozanatni saqlash bo‘yicha o‘tkaziladigan mashqlar uchun uzun arqonlar,
har xil uzunlik va kenglikdagi taxtalar, taxtachalar, g‘ishtlar, qiya taxtalar, qiya
maydonchalar, har xil balandlikdagi gimnastik skameykalar, hovlilarda har xil
balandlikda to‘nka va xodalar, arg‘imchoq (zanjirli, osma yoki tebranma kursi)lar zarur.
Har xil maqsadlar uchun foydalaniladigan jihozlar alohida qiziqish uyg‘otadi: tebranma
kursilar — qirra yuzasidan yurish, tirmashib chiqish, emaklab tagidan o‘tish, tebranish;
gardish aylantirish, umumrivojlantiruvchi mashqlarni bajarish, uloqtirish (tik
osilganida yoki polga qo‘yilganida); qarama-qarshi devorlarga mustahkamlangan
reykalar, voleybol to‘rlarini, sakrab ushlash uchun shnurlarni osib qo‘yishga; xatlab
o‘tish, tagidan o‘tib yurish uchun arqonlarni osish uchun qulaydir.
Jismoniy tarbiya jihozi va inventarlari mashqlar doirasini kengaytirish, o‘ziga xos
harakat malakalarini shakllantirishga yordam beradi. Masalan, har xil vertikal,
aylanma gorizontal, harakatlanayotgan, harakatli tebranma nishonga irg‘itish; halqa
tashlash (har xil balandlikda joylashgan qiya joylarga, arg‘imchoqlarga halqa
tashlash); juft bo‘lib, kichik guruh bilan mashqlar bajarish (tayoqchalar, langar cho‘plar
shnurlar, katta halqa). Umumirivojlantiruvchi mashqlar to‘plamiga tuzilishi bo‘yicha har
xil harakatlarda foydalaniladigan predmetlar (lentalar, pirpiraklar, ro‘molchalar,
bruslar, jig‘achalar, tayoqchalar va boshqalar) kiradi. Ular umumrivojlantiruvchi
mashqlarning organizmga tahsirini kuchaytirishga yordam beradi. Maxsus tanlangan
inventarlar va o‘yinchoqlar muskulning ayrim guruhlariga maqsadga yo‘naltirilgan
tarzda ta‘sir etish imkonini beradi. Masalan, panja va barmoq muskullarining
rivojlanishiga yig‘ma o‘yinchoqlar, o‘yinchoq vkladishlar, mayda o‘yinchoqlarni, yirik
munchoqlarni terib chiqish yordam beradi. Bu o‘yinlar bolalarga ilk yoshdanoq tavsiya
etiladi. Kattaroq yoshdagi bolalarga mozaykalar (yassi, qo‘ziqorinsimon, hajmli),
konstruktorlar, qoqib kiritadigan o‘yinlar, «Yurkaning bo‘richasi», «O‘z rangini topib
qo‘y» (pildiroq)» «Epchil kalavachilar» va boshqalar tavsiya etiladi. Ushlashning har
xil usullarini taqozo etadigan predmetlar (bayroqchalar, tayoqchalar, halqachalar va
boshqalar) bilan o‘tkaziladigan mashqlar ham foydalidir. Oyoq muskullarini
mustahkamlash uchun g‘o‘lacha va tayoqchalar (o‘ngga va chapga qadam tashlash),
chizmachalar, halqachalar, sharchalar (barmoqlar bilan ushlash uchun), to‘pchalar
(irg‘itish uchun), har xil konstruksiyadagi qirrali taxtachalarni qo‘llaydilar. Bog‘cha
hovlisida yuzi har xil (qum, chim, shag‘allar, bilan) qoplangan yo‘llar quradilar.
Jismoniy tarbiya inventarlari bilan mashq o‘tkazish jismoniy sifatlarni rivojlantirishga
yordam beradi. Chaqqonlikni - kublar, kegli orasidan «ilon izi» bo‘lib yugurish; ko‘z
chamasini -soqqa o‘yini, halqa tashlash, gamachok; kuchni - to‘g‘ri qo‘llarda chilvir
yoki kokilchalarni tarang tortish: bir qo‘ldan ikkinchi qo‘lga tortib o‘tkazish orqali
rivojlantirish mumkin. Jismoniy tarbiya qo‘llanmalari topshiriqni aniqlashtirishga, bolaga
uni ko‘rsatmali, tushunarli (tayoqchani yuqori, shaqildoqni orqaga) shaklda taqdim
qilish, harakatlarni egallash sifatini oshirish imkonini beradi. Ular shuningdek, mushak
sezgilarini shakllantirishga, muskul kuchi hajmini farqlantirish (bosish kuchi - stol
ustida halqa tashlash, «quvnoq qurbaqachalar», zarba - qo‘l spiral boli; silkitish - har xil
shakl va og‘irlikdagi predmetlarni irg‘itishga ham yordam beradi. Yaxshi tanlangan
jismoniy tarbiya inventari jismoniy yuklama hajmini asta-sekin ko‘paytira borish
imkonini beradi. Bunga tana qismlarini snaryadlardagi holatini qayd qilish bilan
bog‘liq bo‘lgan mashqlar, masalan, gimnastik skameyka, gimnastik devordagi mashqlar
yordam beradi. Sport mashqlari va o‘yinlarini o‘tkazish uchun uch xil o‘lchovda
yugurish chang‘ilari va tepaliklardan sirg‘alib tushish uchun qisqa hajmdagi chang‘ilar,
konkilar (mustahkam, keng polosli va uchi yumaloq konkilar), orqa suyanchiqli
chanalar, chana kreslo, katta yoshdagi bolalar uchun har xil konstruksiyadagi chanalar,
g‘ildirakli konki, stol tennisi va kichkina tennis, badminton raketkalar, to‘plar va
volanlar yaxshi sakraydigan basketbol yoki rezinali to‘plari, voleybol to‘plari,
chillaklar va yog‘och to‘qmoqlar to‘plami kerak. Bolalar bog‘chalarida tuzilishi va
jihozlanishi har xil belanchaklar, arg‘imchoqlar, karusellar: shakl ko‘rinishida
yasalgan devorchalardan tashkil topgan (samolyot, ot) o‘yinchoqlaridan foydalaniladi.
Muskul kuchini yuzaga chiqarishga yordam beradigan bu o‘yinchoqlar, ularning eng
foydali tomoni hisoblanadi. Bolalarning o‘zlari mustaqil tebranishiga yordam beradigan
(arg‘imchoq, osma arg‘imchoq)lar ham maqsadga muvofiqdir.
Karusellar barcha yosh guruhlarida: kichik guruhlarda — «Aylanadigan
kreslolar», katta guruhlarda — har xil konstruksiyadagi ko‘p o‘rinli qo‘l yoki oyoq
yordamida harakatga keltiriladigan karusel turniket, qishda — konkilardagi
korusellardan foydalanish tavsiya etiladi.
Harakatli o‘yinlarda xilma-xil predmetlardan foydalanish bolalarni faol
faoliyatga jalb qiladi: «Doirani qarmoq bilan ko‘tar», «Qo‘ng‘iroqni jiringlat» (to‘pni
dumalatish bilan), «Qanotli baliqchi», «Halqani yashir» (halqacha yoki sharchani
arqonga doira shaklida terish), «O‘n ikki tayoqcha» (tashlama taxtasi bilan),
sakrovchi yuruvchilar (ikkita taxtachaga prujina mustahkamlanadi va qayishlar bilan
oyoqlarga kiydirib mahkamlanadi) va boshqalar. Katta bolalar kegli, serso, babki,
lapta o‘yinlarini berilib o‘ynashadi. Syujetli rolli o‘yin (avtobus, uycha) lar uchun
konstruksiya tuzganda, xilma - xil harakatlar bajarilishi ko‘zda tutilgan bo‘lishi kerak.
Jismoniy tarbiya zalida gimnastika yashigi, olib qo‘yiladigan (ilintirib) narvonchalar,
qiyaliklar, taxtalar, traplar, gimnastik skameykalar joylashtiriladigan katta jihozlar
o‘rnashtiriladi. Gimnastika yashigini bo‘laklarga ajratish mumkin. Jismoniy tarbiya
bayramlari va bo‘sh vaqtlarni o‘tkazishda tomoshabinlar o‘tirishi uchun yashik
tribunalar ham bo‘ladi. Taxtalar devorga qadab qo‘yiladigan va tashlab qo‘yiladigan
qilib o‘rnatiladi. Yo‘g‘on arqonlar va karvonchali arqonlar yakkacho‘plarga osib
qo‘yiladi. Ular 90 % burilib javonga yoki ravotchalardagi po‘lat to‘sinlarga
joylashtirilishi mumkin, zarur bo‘lganida ularni qo‘zg‘atish va surish mumkin bo‘ladi.
Snaryadlarga bemalol borish va harakatli o‘yinlarni o‘tkazishga yetarli darajada ochiq
joy bo‘lishi uchun yirik inventar (kublar, nishonlar, yoylar va boshqalar) lar yordamchi
binoda saqlanadi. Jismoniy tarbiya inventarlari, atributlar uchun zalda qator shkaflarga
joylashtiriladi, ularning pastki qismida kichikroq yashik aravachalar (havo bilan
shishiriladigan qoplar, to‘plar, keglilar va boshqalar) joylashadi. Bu yashik
aravachalarda predmetlarni mashg‘ulot bo‘ladigan joyga eltish juda qulaydir.
Chambarak, halqachalarni, arg‘amchilarni osish uchun truba konstruksiyalardan
foydalanadilar: gorizontal shtirlarga tayoqchalar to‘plami qo‘yiladi, yuqorisiga katta
diametrli chambaraklarni va ularning orasiga kichikroqlari qo‘yiladi. Bu predmetlarni
taqsimlab berish uchun bolalarning bo‘yiga va inventarlarning shakliga mos qilib
ustunlar (tayoqchalar uchun tayoqdonlar yoki gorizontal taglik; chambaraklar uchun —
yarim aylana shaklidagi taglik) qilinadi.
M a k t a b ga ch a t a r b i ya yo sh i d a g i bolalarning guruh xonalarida
gimnastik snaryadlari va kichik inventarlar, atributlar, o‘yinchoqlar saqlash uchun jismoniy
tarbiya burchagi joylashadigan jismoniy tarbiya zonasi ajratiladi. Uni jihozlash uchun,
o‘yin jovonidan foydalanish mumkin. Harakatli o‘yinlar uchun atributlarni karobkalar,
paketlarga joylanadi. Inventarlar (o‘rtacha hajmdagi to‘plar)ning bir qismi tortmali
yashiklarga joylanadi. Yuqoriroqqa shtirlarga har xil hajmdagi chambaraklar osib
qo‘yiladi. Arg‘amchi, arqonlar uchun dekorativ ilgaklar mustahkamlab qo‘yiladi.
J i s m o n i y t a r b i y a maydonchasi umumrivojlantiruvchi mashqlar va harakatli
o‘yinlar o‘tkazish uchun usti ochiq maydon, yugurish yo‘lkachasi, sakrash chuqurchasi,
snaryadlar zonasi va sport o‘yinlari uchun maydonchalarni o‘z ichiga oladi. Shu yerning
o‘ziga to‘pni urib qaytarish mashqlariga mo‘ljallangan shit devorlar joylashtiriladi.
Bolalar muassasasi hududining parametri bo‘ylab 10—15 snaryadlar bo‘lishi
mumkin
bo‘lgan to‘siq polosalari (kichik va katta yoshdagi bolalar uchun alohida - alohida)
jihozlanadi. Bu snaryadlar orasida xodalardan yasalgan ko‘prikchalar, to‘nkalar to‘plami,
har xil o‘lchovdagi shinalar, oyoq qo‘yishga (oshib o‘tish uchun) moslashtirilgan teshikli
baryerlar, arqonlarda tortilish uchun mezanalar, qo‘l bilan yurishga mo‘ljallangan
asboblar, muvozanat mashqi uchun zarur bo‘ladigan har xil moslamalar (yotiq va qiya
qo‘yilgan xodalar va boshqalar) bo‘ladi. Qishda qor uyumlaridan to‘siq polosalar,
yaxmalak va qor yo‘llari, mo‘jaz qiyaliklar, ichiga kirib yurish uchun qordan yasalgan
uychalar, qordan har xil labirintlar qilinadi; shuningdek. qor tepaliklari yasaladi, 15—20
m uzunlikda yaxmalak yo‘l tepaliklar quriladi. Irg‘itish uchun qordan yasalgan bo‘yi har
xil to‘nkalar, xodaga o‘rnatilgan nishon, osma nishonlardan foydalaniladi.
Yumaloqlangan, g‘udda qorlar, nam o‘tmaydigan riloflarga to‘ldirilgan qorlarni
irg‘itadilar.
Voleybol, badminton, kichik tennis o‘yinlarini birgalikda o‘ynaydigan
maydonchalar qilinadi. Ustunlarga to‘rlarni tushirib chiqarishga yordam beradigan
moslamalar o‘rnatiladi. To‘rlarga yog‘och to‘sinlar yoki g‘ildirakli metall profillar
mustahkamlanadi. Ustunlar biri ikkinchisidan kelib chiqadigan har xil diametrli (4 va 5,
6 va 7 sm) trubalar yoki sharnirlarda bo‘lishi mumkin. Yuqori ko‘tarilgan holatdagi
to‘rlarning balandligi bola qo‘lini yuqori ko‘targan darajaga yana 10 sm qo‘shilganga
belgilanadi, badmintonda o‘ynash uchun 120—130 sm balandlik talab etiladi, tennisda
o‘ynash uchun esa to‘rni yerdan 3—5 sm balandlikka osiladi.
Basketbol o‘ynash uchun ajratiladigan joy kattalarnikiga nisbatan ikki barobar
kichraytirilgan maydonda bo‘ladi. Yon
tomondagi chiziqda bolalarga o‘yin elementlarini
o‘rgatish uchun bir qancha turli balandlikdagi halqali savatlar qo‘yilgan bo‘lishi kerak.
Stol tennisini yoyib yig‘adigan qilib yasash mumkin. Surilma oyoqlar yordamida
ularning balandligini istalgan holatga moslanadi. Tennis stolining qopqog‘i royal
ilgaklar bilan birlashtiriladigan ikki to‘siqdan iborat bo‘lib, stol oyoqlari yozilib
yuriladigan bo‘ladi, o‘zaro bir-biri bilan juft bo‘lib birlashadi. Tennis raketkalari 120—
130 g og‘irlikda bo‘lishi lozim. O‘yin maydonchasi oldi orqasi va yon tomonlari panjara
bilan to‘sib qo‘yiladi. To‘qmoqni ushlab qolish uchun yer 50 sm baland qilib
ko‘tariladi va unga to‘r to‘siladi. Tepkili mashinalar, velosipedlar, samokatlar,
sportrollerlarda yurishga o‘rgatish uchun markaz bo‘ylab ajratib turadigan halqa yo‘l
jihozlanadi. Ko‘prikcha va yer osti yo‘llari harakatni murakkablashtiradi. Bolalarni
suzishga o‘rgatish maqsadida shamollatish va suzish hovuzlari yoki hovuz vannalar
quriladi.
Qish paytlarida xokkey o‘ynash va bilyard (boshi bolg‘achali dastasi uzun
yog‘och) o‘ynash uchun alohida maydonchalar tashkil etiladi. Muz maydonchalarni
jihozlash (qorlarni tekislash) uchun to‘siqlar, aravachalar, kurakchalarga, muzni
tekislash uchun yashiklarga ega bo‘lish lozim. Muzda belgi chiziqlari sinka yoki anilin
bo‘yog‘i eritmalari bilan o‘tkaziladi. Yugurish yo‘lkachasi yoki aylana bo‘ylab
diametri 10—30 m masofada chang‘i izi, uchrashuv estafetasi uchun esa ikki parallel
chang‘i izi ochiladi. Ilk yoshdagi birinchi guruh hovlisida manejlar joylashadi, bolalar
bedorlikda ana shu manejlarda bo‘ladilar. Yurishni o‘rganayotgan bolalar uchun 20 sm
balandlikda atrofi o‘ralgan yog‘och to‘shama qurib beriladi. Ilk yoshdagi ikkinchi
guruh bolalariga ikki oyoqli narvoncha, pillapoyali ko‘prikchalar, tepaliklar, oshib o‘tish
uchun randalangan xoda, bukr ko‘prikcha har xil tipdagi zambilcha va boshqalar tavsiya
etiladi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning g u r u h m a y d o n c h a l a r i d a
jismoniy mashqlar bilan jamoaviy mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun joy ajratiladi. Hovlini
o‘yin, syujetli (chirmoviq xo‘roz va boshqalar) xarakterda jihozlash maqsadga
muvofiqdir. Jihozlarni joylashtirishda doimiy va olib chiqiladigan inventarlarni oqilona
bog‘lashga intilish kerak. Jismoniy mashqlar o‘tkaziladigan joylar, jihozlar,
inventarlar toza saqlanishi talab etiladi. Uskunalarni saqlash va ularni ozoda tutish,
moylab turish uchun to‘g‘ri sharoitlarni ta‘minlash zarur.Jismoniy tarbiya jihozi,
ayniqsa yirik inshootlar (mezanalar, arg‘imchoqlar) mustahkam, puxta, shaklan
oddiy, bolalarning bo‘yi va imkoniyatlariga mos bo‘lishi lozim. Jarohatning oldini
olish maqsadida mashg‘ulotlar oldidan snaryadlar, ular qismlarining bog‘lanishi,
mustahkamligi sinab ko‘riladi.
YOGOCH
predmetlar randalab pardozlangan, metall
buyumlarning burchaklari dumaloqlangan bo‘lishi kerak. Snaryadlar bir-biridan
xavfsizroq bo‘lgan joyga o‘rnatiladi, predmetlarni irg‘itishga mo‘ljallangan
maydonchalarga to‘siq o‘rnatilishi, muvozanatni, tirmashib chiqish bilan birga
bajariladigan snaryadlar uchun qum yostiqlar qilish ko‘zda tutiladi. Binoda gimnastik
to‘shaklar, yumshoq sintetik material bilan g‘iloflangan gilamchalar, yugurib borish
uchun rezina yo‘llaridan foydalaniladi. Jismoniy mashqlar bo‘yicha mashg‘ulotlar
o‘tadigan joylarni jihozlashda ayrim snaryadlarning shakli, rangi, kattaligi bo‘yicha
o‘zaro mosligi, biio yoki maydonchani bezaydigan ansambl yaratilishini hisobga
olmoq zarur. Yirik jihozlar yorqin, yoqimli kayfiyat ulashuvchi rang, yog‘och
elementlari rangsiz lak, metall elementlari yorqin kulrang, yorqin — havo
ranglardagi nitroemal bilan bo‘yalgani ma‘qul. Irg‘itish uchun to‘siqlar yorqin rangda
bo‘yalgan bo‘lishi kerak. Kichik buyumlarning rang-barang bo‘lishi maqsadga
muvofiqdir. Chunki bolalar buyumlarning shakli, tuzilishi va rangiga qarab ular
to‘g‘risida tasavvurga va tushunchaga ega bo‘ladilar.
|