chalingan bolalardir. Shu bilan birga sog‘liqning xarakterli belgilariga muvofiq
kelgusidagi sog‘lig‘iga unchalik ta‘sir etmaydigan va tuzatishni talab etilmaydigan ba‘zi
morfologik normalardan chetga chiqish tirnoq kasalligi, quloq suprasi va boshqalarning
kam ahamiyatli shakl o‘zgarishilarga ega bo‘lgan bolalar ham shu guruhga kiradi.
I k k i n c h i g u r u h g a biologik va sotsial og‘irlashgan anamnezga ba‘zi funksional
va morfologik o‘zgarishlarga ega bo‘lgan, tez-tez (yiliga to‘rt va undan ortiq) yoki uzoq
muddatga qattiq og‘rib
turadigan, shuningdek, surunkali kasalliklari «tavakkal» bilan
paydo bo‘lib turadigan sog‘lom bolalar ham kiradi.
U c h i n c h i g u r u h surunkali yoki kam uchraydigan tug‘ma patologik
kasalliklarga ega bo‘lgan bolalarni birlashtiradi. Bu guruhga surunkali kasalligi
xurujining o‘tishi xarakteri bo‘yicha og‘ir bo‘lmagan, tashqaridan qaraganda umumiy
holati va o‘zini his qilishi unchalik yomonlashmagan, kamroq (yiliga 1—3 marta)
kasallanadigan bolalar ham kiradi.
T o ‘ r t i n c h i g u r u h g a
surunkali kasalliklar, rivojlanishda nuqsoni o‘rnini
to‘ldirish holatida turadigan tug‘ma kasalligi bo‘lgan bolalar kiradi.
B e s h i n c h i guruh og‘ir surunkali kasalliklari, rivojlanishda nuqsoni o‘rnini
to‘ldirilishi qiyin holatda bo‘lgan, ya‘ni nogironlik bo‘yicha yoki nogironligi bilan xatarli,
―og‘ir tug‘ma‖ kasallikka ega bo‘lgan bolalarni o‘z ichiga oladi.
U yoki bu belgi (yoki ular birga qo‘shilib) bo‘yicha sog‘lig‘i darajasining
o‘zgarishiga qarab shifokor rivojlanishni muntazam kuzatish jarayonida guruhni
o‘zgartirishi yoki uni avvalgi guruhiga qoldirishi mumkin. Bolalarning maktabgacha
tarbiya tashkilotlarida asosan jismoniy mashq mashg‘ulotlari mutlaqo zarar qilmaydigan
sog‘lom bolalar bo‘ladilar.
Bir yoshli bolalar bilan o‘tkaziladigan jismoniy mashqlar va massajlar quyidagi: 1)
harorati yuqori bo‘lgan o‘tkir kasalliklari; 2)
teriga tarqalgan kasalliklari; 3) teri osti-
yog‘li hujayra va mushaklardagi yallig‘lanish kasalliklari; 4) dekompensatsiyali yurak
kasali; 5) uchinchi darajali raxit; 6) qon kasalliklari bilan og‘rigan bolalar uchun
zararlidir.
Individual yondoshishni amalga oshirish maqsadida o‘tkazilgan tadqiqotlar asosida
turli jismoniy tarbiya vositalarini tayinlash uchun shifokor bolalarni ikki guruhga ajratadi:
Asosiy guruh — «Bolalar bog‘chasida ta‘lim-tarbiya dasturi bo‘yicha to‘la hajmda
mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun hech bir chegaralanmaydigan hamda tibbiy va pedagogik
jihatdan aks ta‘sir qilmaydigan guruhlar.
Zaif guruh — jismoniy yuklama va chiniqtiruvchi tadbirlarning me‘yori
va hajmi
bo‘yicha vaqtincha cheklash xarakteriga ega bo‘lgan guruhdir. Zaif guruhga sog‘liqning
II, III va IV guruhida turgan, asosan tez-tez kasal bo‘lib turadigan («jur‘at» guruh), uzoq
kasallikdan keyin asta-sekin sog‘ayib boruvchi bolalar kiradi.
Tez-tez kasal bo‘lib turadigan yoki surunkali kasalligi bo‘lgan bolalar shifokorning
doimiy nazoratida bo‘lishlari zarur. Kasallik xuruj qilgan davrda ular jismoniy tarbiyaning
umumiy dasturi bo‘yicha shug‘ullanishlari kerak. Kasallik o‘tgandan keyingi dastlabki
kunlarda har bir bola uchun mashg‘ulotlar hajmi individual tartibda qiyinroq mashqlarni
bajarishdan ozod etilishi, har bir mashqlarni takrorlash miqdori kamaytirilishi lozim.
Sog‘ligi yaxshilanishiga qarab va funksional sinov natijalarini hisobga olib ish hajmini
asta-sekin oshirib borish kerak. Bola sog‘lig‘ini baholashda tarbiyachi shifokorning faol
yordamchisi bo‘lmog‘i lozim. Kun tartibining turli jarayoni (uyqu, o‘yin, mashg‘ulotlar,
ovqatlanish va boshqa) vaqtida bolalar bilan kundalik muloqotni amalga oshira borib
tarbiyachi har bir bolaning sog‘lig‘i xususiyatlarini hisobga oladi va u yoki bu nuqsonlar,
o‘zgarishlar paydo bo‘lganligini aniqlaydi. Bunday kuzatishlar
individual yondoshishni
ta‘minlashga yordam beradi va hatto bola sog‘lig‘idagi o‘zgarishlarni dastlabki
bosqichlaridayoq aniqlab, bu haqida tibbiy xodimlariga bildirish imkonini beradi.
Maktabgacha tarbiya tashkilotining shifokori bolalar sog‘lig‘i haqidagi bahodan guruh
tarbiyachilarini xabardor qiladi va umumiy hamda harakat rejimi va jismoniy yuklama
hajmiga individual o‘zgartirishlar kiritadi. Guruh tarbiyachilari salomatlik varaqasiga bu
o‘zgartishlarni yozib qo‘yadi va har xil bolaga talabchanlik bilan individual yondoshishni
amalga oshiradi. Maktabgacha tarbiya tashkilotining tibbiyot hamshirasi (guruh
tarbiyachilari bilan birgalikda) bolalar sog‘lig‘i, chiniqtiruvchi tadbirlar, jismoniy mashqlar
bilan mashg‘ulotlar (ertalabki gimnastika, jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari, harakatli
o‘yinlar va boshqalar) tashkil etilishi va o‘tkazilishi ustidan doimiy nazorat o‘rnatadi.
Jismoniy tarbiya mashg‘ulotini ochiq havoda o‘tkazish maktabgacha tarbiya tashkilotining
barcha xodimlari: mudira,
shifokor, tarbiyachilar, tibbiyot hamshiralari, enagalardan
alohida e‘tibor berilishnni talab etadi. Ishni tashkil etishni, mashg‘ulotlarni o‘tkazish uchun
sharoitlar yaratishni, ota-onalar bilan yaqindan aloqa bog‘lashni yaxshilab o‘ylab ko‘rish
zarur bo‘ladi. Davomli kuzatishlar va maxsus tadqiqotlar, yil davomida ochiq havoda
o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarnnng maktabgacha tarbiya
tashkilotiga qatnaydigan
bolalarning sog‘lig‘i uchun mutlaqo zararsiz ekanligini ko‘rsatdi. Markaziy
shifoxonalarning shifokor-mutaxassislari o‘tkazgan chuqur tibbiy ko‘rigi ma‘lumotlari
va sog‘lomlashtirish natijalarining bahosi asosida maktabgacha ta‘lim tashkilotining
shifokori har bir bola uchun individual tadbirlar belgilab beradi. Surunkali kasalliklarga
ega bo‘lgan (yiliga 4 martadan ortiq) kasallanib turadigan bolalar mashg‘ulotlarga yoz
oylarida kirishishlari lozim; ular uchun muskul yuklama dozasini shifokor belgilab
beradi. U shuningdek, bunday bolalarning mashg‘ulotlarga yilning sovuq vaqtlarida
qatnashish imkoniyatlari haqidagi masalalarni ham hal qiladi.
Har bir yosh guruhda mashg‘ulotlarni individual tarzda bajarishga muhtoj 4—5 ta
bolalar bo‘ladi; ularning ko‘pchiligi mashg‘ulotlarni dastur hajmida bajaradilar. Ammo
mashg‘ulotlarni o‘tkazishni boshlashdan oldin bolalarning
jismoniy tayyorgarligi
darajasi ushbu yosh guruh dasturiga muvofiqmi, yo‘qmi, shuni aniqlash muhimdir.
Agar yosh guruhi imkoniyatlariga dastur to‘liq muvofiq emasligi aniqlansa,
mashg‘ulotlarni avvalo yengil mashqlardan yoki avvalgi yosh guruh dasturi bo‘yicha
boshlash, keyin esa, shu yoshdagi bolalar uchun mo‘ljallangan dasturga tezlik bilan
o‘tish mumkin bo‘ladi. Kasallik asoratsiz o‘tib ketganidan keyin, ilgari chiniqqan bolalar
ochiq havoda o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarning 1—2 tasidan ozod etiladilar;
chiniqmagan va sog‘lig‘ida funksional nuqsonlari bo‘lgan bolalar ko‘proq muddat
(2—3 mashg‘ulot) ga qadar ozod etiladilar; surunkali kasalligi bo‘lgan bolalar, asosiy
yoki boshqa kasallarining xurujidan keyin mashg‘ulotlarga faqat shifokor ruхsati bilan
qo‘yiladi.
Mustahkamlash uchun savollar
1. Mamlakatimizda jismoniy tarbiya ustidan amalga
oshiriladigan shifokor nazorati tibbiy
xizmati yagona sistemasining ajralmas tarkibiy qismi ekanligini tushuntiring?
2. Individual yondoshishni amalga oshirish maqsadida o‘tkazilgan tadqiqotlar asosida turli
jismoniy tarbiya vositalarini tayinlash uchun shifokor bolalarni
nechta guruhga ajratadi va
ularning o‘ziga хosligini tushuntiring?
3. Bola sog‘lig‘ini baholashda tarbiyachi va shifokorning hamkorlikdagi faoliyatini
tushuntiring?
4. Maktabgacha tarbiya tashkilotining tibbiyot hamshirasining vazifalarini ayting?