Asosiy adabiyotlar 1.Tulenova. X., Xo‗jaev.P, Xo‗jaeva. Meliev.H Jismoniy tarbiya nazariyasi va
metodikasi. T; Iqtisod-Moliya 2012y o‗quv qollanma.
2.Makamjonov.K, Salomov.R, Ikromov.I Jismoniy madaniyat nazariyasi va
metdikasi. Darslik T; Iqtisod-Moliya 2008yil
3.Xujaev I-. Raximkulov K.D, Nigmanov B.B «Xarakatli o‘yinlar va uni o‘qitish
mctodikasi» Cho'lpon nashriyoti Toshkent 2011 y
4.Cтепаненкова Е.Я. Теория и методика физического воспитания и развития
ребенка.Учебное пособия.М..Академия 2001г
7- Mavzu: Jismoniy tarbiya bo‟yicha yo‟riqchining ish faoliyati. Mavzu rejasi: 1.Maktabgacha ta‘lim muassalarida jismoniy tarbiya bo‘yicha yo‘riqchiga
qo‘yiladigan malaka talablar.
2.Jismoniy tarbiya bo‘yicha yo‘riqchining kasbiya vazifalariga haqida.
Maktabgacha ta‟lim tashkiloti jismoniy tarbiya yo‟riqchisi 08-01. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta‘lim vazirigining 2018 yil 18
iyundagi 1-MH – son buyrug‘i bilan tasdiqlangan (Adliya vazirligidagi 3 iyul 2018
yilda 3032-son bilan ro‘yхatdan o‘tgan ) ―Ozbekiston Respublikasi ilk va
maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari‖ hamda
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta‘lim vazirligining 2018 yil 7-iyuldagi 4
sonli hay‘at yig‘ilishi qarori bilan tasdiqlangan ―Ilk qadam‖ davlat o‘quv dasturi.
08-02. Jismoniy tarbiya yo‘riqchisining shaхsiy ish rejasi (ish jurnali) quyidagi
bo‘limlardan iborat:
1.Ta‟lim jarayonini o‟tkazish vaqtini taqsimlash jadvali 2.Jismoniy tarbiya yo‟riqchisining yillik ish rejasi. 3. Jismoniy tarbiya yo‟riqchisining oylik ish rejasi 4.Sport musobaqalarini o‟tkazish ish rejasi 1.
Ta‟lim jarayonini o‟tkazish vaqtini taqsimlash jadvali
Jadval ―Ilk qadam‖ maktabgacha ta‘lim tashkiloti davlat o‘quv dasturi asosida MTT
metodisti bilan kelishilgan holda tuziladi va tashkilot rahbari tomonidan imzo va
muhr bilan tasdiqlanadi.