Mashg„ulotlarni o„tkazish metodikasi.
Jismoniy mashqlarni mashg‗ulotlar
uchun
tanlash dastur asosida tuziladigan ish rejasi bo‗yicha belgilanadi. Mashg‗ulotlarni
rejalashtirishda yil fasli o‗tkazish sharoitini hisobga olish lozim. Mashgulotlarda
bolalarni uyushtirish usullari. Tarbiyachi bolalarni uyushtirishning frontal, gurux,
individual kabi turli usullaridan foydalanadi. Frontal usullardan foydalanilganda
bolalarga barcha uchun bir xil tarzda, bir vaqtda bajariladigan mashqlar beriladi.
Frontal usulni mashg‗ulotning istalgan qismida, ayniqsa bolalarni yangi mashqlarga
o‗rgatishda yoki allaqachon tanish mashqlarni takomillashtirishda qo‗llashi maqsadga
muvofiqdir. Bu usul bolalarda harakat uyg‗unligini
tarbiyalashda, ularni barcha
uchun barovar vazifalarni xal etishga birlashtirishda, tarbiyachining bolalar bilan
bevosita aloqaga kirishishda, shuningdek mashg‗ulotlarning
motor zichligini
oshirishda samaralidir. Bolalar mashg‗ulot detallarini o‗rganish va aniqlash
jarayonida navbati bilan harakat qiluvchi uncha katta bo‗lmagan jamoaga bo‗linishi
mumkin. Bunda tartbiyachi mashqning bir yoki ikki gruxga tomonidan bajarilishini
kuzatib borish imkoniyatiga ega bo‗ladi, qolgan bolalar esa o‗z o‗rtoqlari
harakatlarini kuzatadilar va tarbiyachini tinglaydilar. Bundan tashqari, mashqlarni
potok usulida bajarishdan ham foydalaniladi, bunda barcha bolalar aynan bir mashqni
navbatma-navbat,
birin-ketin, to‗xtovsiz potok usulida bajaradilar. Mashqlarni keng
ko‗lamda takrorlash uchun ularni bajarish ikki va uch potokda tashkil etilishi
mumkin. Jismoniy mashqlarni potok usulida bajarish usulini katta va tayyorlov guruh
bolalariga nisbatan qo‗llash maqsadga muvofiqdir. Katta va tayyorlov guruhlarda
jamoaviy usuldan foydalaniladi. U mashg`ulotda tarbiyachining bolalarni o‗rgatish
jarayoni va bolalarning avval orttirgan harakat ko‗nikmalarini takomillashtirish bilan
qo‗shib olib borilgan xollarda qo‗llaniladi. Bunda bolalarning bir jamoasi tarbiyachi
raxbarligida biror-bir xarakatga o‗rgatiladi ikkinchi guruh bolalari (yoki ikkita katta
bo‗lmagan guruh) esa bu vaqtda boshqa mashq turini mashq qiladilar (takroriy).
O‗zlariga avvaldan tanish biroq turli mashqlarni (to‗p o‗yini,
tirishib chiqish,
muvozanat saqlash va boshqalar (shuningdek ijodiy topshiriqlarni bajaradigan ikki
yoki uch guruh bolalar bo‗lishi mumkin. Mashg‗ulot jarayonida har bir bola o‗ziga
berilgan topshiriqlarni tarbiyachi nazorati ostida mustaqil bajarayotganida yakka
yondashish usulidan foydalanish mumkin. Hamma uchun umumiy bo‗lgan mashqlar
detallarini aniqlashtirish maqsadida mashq tarbiyachi chaqirig‗iga ko‗ra yakka tarzda
bajariladi. Bunday usul tarbiyachining alohida e‘tiborini bolalarni yaxshi
uyushtirishni barchani faol kuzatishga jalb etish va topshiriqlar bajarishning
to‗g‗riligini taxlil qilishni, mashqlarni tarbiyachi chaqirig‗iga ko‗ra qayta bajarishga
tayyor turishni talab yetadi. Mashg‗ulotda bolalar faoliyatini to‗g‗ri almashtirib turish
umumiy zichligini ta‘minlaydi. Mashg‗ulotning umumiy zichligi pedagogik jihatdan
o‗zini
oqlagan
vaqtning
mashg‗ulot
davomiyligiga
nisbati
bilan
belgilanadi.Bolalarning
tushuntirishlar, ko‗rsatmalar, og‗zaki instruktsiyalarni idrok
etishi, tarbiyachi namoyish etgan jismoniy mashqlarni bajarish usullarini tushuntirib
berishi jismoniy mashqlarni bajarishi va dam olishi pedagogik jihatdan oqlangan
hisoblanadi.